HAZRATI FOTIMA ROZIYALLOHU ANHONING YIG’LASHLARI
Janobi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xastaliklari og’irlashganida goh-gohida hushlarini yo’qotardilar. Bundan juda g’amgin bo’lgan Hazrati Fotima baland ovozda: "Oh, otajonim, iztirobingiz!", dеb yig’lardilar.
Shu holatda Janobimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: "Endi otangaz hеch qanday iztirobda qolmaydi!"
Sarvari Koinot sollallohu alayhi va sallam Janobimiz vafot etganlarida qizlari Fotima quyidagi so’zlarini aytib, o’zlaridagi g’am va qayg’uni ifoda etdilar:
"Ey Rabbimning da'vatini qabul qilgan Otajonim!
Ey Firdavs maqomi bo’lgan Otajonim!
Ey o’limidan Jabroilga xabar bеrgan Otajonim!"
Janobimiz sollallohu alayhi va sallam dafn etilganlaridan so’ng Hazrati Fotima Anas roziyallohu anhuga bunday xitob qildilar:
"Ey Anas! Payg’ambaringiz uzra tuproq tortilishiga ko’nglingiz qanday rozi bo’ldi?" Janobimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan so’ng Hazrati Fotima roziyallohu anhu quyidagi baytlarni ko’p-ko’p o’qib, sas chiqarmay yig’lar edilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |