Mif va badiiy adabiyot munosabatlari


Bolalar folklorida mifologik elementlar


Download 67.01 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi67.01 Kb.
#205672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ASAD FOLKLOR 52

Bolalar folklorida mifologik elementlar.

Bolalar folklori - bu kichik hajmdagi, bolalarning o'zi va ular uchun tuzilgan va ijro etiladigan janrlarning umumlashtirilgan nomi. Bolalar folklorining janrlariga beshikdan o'spirinlikgacha bo'lgan bola hayotiga hamroh bo'ladigan qo'shiqlar va she'rlar kiradi: rasmlar, ashulalar, teaserlar, beshiklar, kichkina itlar, jumlalar, bolalar bog'chalari va sanoq qofiyalari.

Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932 yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi. Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan.


  1. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida mifologik dunyoqarash unsurlari.

Mahmud  Koshg’ariyning  “Devonu  lug’otit  turk”  asaridagi  she’riy  parchalar

turkiy  xalqlarning  eng  nodir  adabiy  yodgorligi  bo’lishidan  tashqari,  qadimgi  davr  haqida ma’lumot beruvchi asosiy manbadir. Devondagi Alp Er To’nga

nomi bilan bog’liq parchalar tugal bir  asarni  tashkil  etgan  degan  fikrlar  bor.

Alp  Er  To’nga  tarixiy  shaxs  bo’lib,  ayrim manbalarga  ko’ra  eramizdan

oldingi  VII  asrlarda  yashagan bu  shaxs  haqida  ko’plab sarlarda ma’lumot

beriladi. Jumladan, Mahmud Koshg’ariy o’z asarida Alp er To’nganing forscha  nomi  Afrosiyob  ekanini  ta’kidlaydi.  Alp  turkcha  bahodir,  To’nga  yo’lbarsga o’xshash  hayvon.  U  kuchlilikda  filni  yiqitadi.  Er  –shijoatli  odamdir.  Alp  Er  To’nganing ma’nosi “yo’lbars  kabi  kuchli, bahodir  er  kishi  demakdir Uning  asl  ismi Maday bo’lgan. Eronliklar uni Afrosiyob deb atashgan. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida ham  Afrosiyob

Turonning podshosi bo’lganligi, uning mard, jasur va tadbirkor podshoh bo’lganligi haqida ma’lumotlar  beriladi. Umuman, Alp  er To’nga haqida Sharq  adabiyotida  ko’plab  asarlar yozilgan. Mahmud  Koshg’ariyning “Devoni  lug’atit  turk”  kitobida  Alp  er  To’nga  haqida yozilgan  dostondan ko’plab parchalar keltirilgan.  Bularda  Alp  er  To’nganing qahramonliklari, Turon tuprog’ini chet el bosqinchilaridan himoya qilishi, Eron bilan olib

borgan janglari hikoya qilinadi.

Turkiy  xalqlarning  kelib  chiqishi  haqida  bir  necha  afsonalar  bor.  Ulardan  birida quyidagi voqea bayon etiladi: “G’arbiy dengiz qirg’og’ida yashagan turkiylarning otaboblari

qo’shni qabilalar tomonidan  qirib  tashlandi. Faqat o’n yoshli bola yashirinib tirik qoldi. O’sha  yerda  yashaydigan urg’ochi  bo’ri unga  xotin  bo’ldi.  Ochlikdan  qutqarish, dushmanlardan yashirinish uchun  bo’ri  o’sha  bolani  olib  Turfon  tog’lariga  qochib  ketdi.

Tog’da bir g’or  bor  edi. U yerda urg’ochi bo’ri o’nta bola tug’di. Bolalarning  otasi  o’sha qutqarilgan turk edi. Bo’ri bolalari Turfondagi ayollarga uylandi. Har bir boladan bir urug’

kelib  chiqdi.  O’g’illaridan  birining  ismi  Ashin  edi.  Uning  nomi  hamma  qabila  nomini anglatadigan  bo’ldi.  Ashin  boshqa  aka-ukalariga  qaraganda qobiliyatliroq, ham  aqlliroq edi. Shu sababli Ashin yangi qabilaning dohiysi bo’lib qoldi. Urug’ soni asta-sekin bir necha

yuz  kishiga  yetdi.  Ashinning  merosxo’rlaridan  biri,  qabila  dohiysi  Asyan  shad  bo’ri avlodlarini  Turfondan  Oltoy  yerlariga  olib  keldi. Bo’ri  avlodlari  bu  yerda  jujanlarning fuqarosiga aylanib, ularga temir qazib berar edilar. Oltoyda ular turk nomini oldilar.

Afsonaga ko’ra, “turk” so’zi Oltoy tog’ining eng qadimgi nomidan kelib chiqqan”

Yana bir afsonada ham bo’ri kulti amoyon bo’ladi: Turk qabilasining ota-bobolari shajarasi  So saltanatiga borib taqaladi. Bu saltanat Oltoyning shimolida joylashgan edi. Qabila boshlig’i Abanbuning o’n yettita ukasi bor bo’lib, shulardan biri Ichasin Ishid “Bo’ri o’g’li” deb nom olgan edi. So saltanati dushmanlar tomonidan kunpayakun qilindi. Omon Qolganlari qirilib ketdilar. Bo’ri  o’g’li  juda  tadbirkor  edi.  Shu  sababli  imkoniyat  topib, urug’ini qiyin ahvoldan olib chiqdi. Uning o’g’illaridan biri Oqqush bo’lib, Abakan daryosi

bo’ylarida hukmronlik qildi. Ikkinchi o’g’li sa egu saltanatiga asos  soldi. Bu saltanat Kama daryosi bo’ylarida edi. Uchinchi o’g’li esa Chjuchje daryosi bo’ylarida hukmronlik qildi. Katta o’g’li Nudulu shad G’arbiy Sayanga o’rnashdi. Nudulu shadning o’nta xotini bo’lgan. Uning o’g’illari onasining qabilasi nomini oldilar. Eng kichik xotining  o’g’li 

Ashin edi. Nudulu  shad  vafotidan  keyin  taxtga  birontasi  o’tirishi  kerak  edi.Shunda aka-ukalar, kimki kuchli va  epchil  bo’lsa, o’sha urug’ yo’lboshchisi bo’ladi, deb qaror qildilar. Musobaqada Ashin g’alaba  qildi. U Asyan shad nomini olib, urug’ boshi bo’ldi. Uning vafotidan keyin esa o’g’li Tuu taxtga o’tirdi. Tuuning  o’g’li  Tumin  (Bo’min)  turk hoqonligiga asos soldi”





  1. Download 67.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling