“Qadimgi xalqlar mifologiyasi va simvolikasi” kitobining muallifi
F.Kreyseming yozishicha, “ilk diniy e’tiqod tabiatni jonlantirishdan
kelib chiqqan, shu bois, tildagi ayrim ramziy timsollaming mohiyati
ham shu bilan izohlanadi”.
Lingvistik tahlil metodi
Prometey haqidagi yunon mifini tahlil qilgan tadqiqotchi mazkur asotir qahramoni nomining kelib chiqishini qadimgi sanskrit tilidagi “pramathyas” - “parmalovchi” ma’nosini bildiruvchi so‘zga bogiaydi. Bu lingvofolkloristik xulosa qanchalik bahsli boiishidan qat’iy nazar, mifonimlarni tadqiq etish borasidagi dadil qadam hisoblanadi.
Mifshunoslikdagi “lingvistiktahlil metodi”ni chuqur o‘zlashtirgan A.Kun (1812-1881) o‘zining “Olov va ilohiy sharbatning keltirilishi” (1859) asarida “etimologik yo‘nalish”ning asosiy nazariy qarashlari va metodini yoritib berdi.
Meteorologik nazariya
A.Kun o'zining “Miflaming shakllanish bosqichlari” nomli asarida (1873) miflarni paleolingvistik aspektda o‘rganishga doir izlanishlarini davom ettirdi.
U “ko‘pgina miflar momaqaldiroq, chaqmoq, yomg‘ir, shamol, bulut kabi tabiat hodisalarining ilohiylashtirilishi natijasida yuzaga kelgan” degan qarashni ilgari surish orqali “mifologik maktab” ning “meteorologik nazariya” nomli yangi ilmiy konsepsiyasini yaratdi.
A.KUN
Qiyosiy mifshunoslik
Miflarning kelib chiqishi bilan bog‘liq “lingvistik konsepsiya” tarafdorlaridan yana biri M.Myuller (1823-1900) ham A.Kun nazariyasini qoilab-quvvatladi.
Asosan, sanskrit va qadimgi yunon tillarini qiyosiy tadqiq etish bilan shug‘ullangan bu olim o‘z metodikasini mifologiyaga ham tatbiq etdi va folklorshunoslikdagi “qiyosiy mifshunoslik” yo‘nalishini boshlab berdi. Uning “Qiyosiy mifologiya bo‘yicha tajribalar” (1856) nomli asarida etimologik asosi hind-yevropa bobo tilidagi o‘zak leksemalarga borib taqaladigan mifonimlar tahlil qilingan.
U miflarning qadimiy ildizlarini animizm, magik rituallar yoki totemizm bilan emas, balki ibtidoiy odam tilining leksikasidan izladi. Uning fikricha, mifologiyaning yuzaga kelishiga qadimgi odamlar dunyoqarashi va intellektining soddaligi emas, balki ibtidoiy tilning o‘ziga xos tabiati asos bo‘lgan. Ibtidoiy odam tilida narsa-hodisalarni ifodalovchi so‘zlarning ko‘plab sinonimlari mavjud bo‘lgan va davrlar o'tishi bilan ana shunday sinonimlardan ba’zilarining asil ma’nosi unutilgan. Arxaik tilga mansub so‘zlaming
keyingi avlodlar uchun tushunarsiz boMib qolishi, ya’ni semasiologik o‘zgarishIar (M.Myuller ta’biri bilan aytganda, “tilning kasalligi”) esa miflarning kelib chiqishi uchun zamin hozirlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |