Mijozlar va holat jadvali


Download 16.66 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi16.66 Kb.
#1381361
Bog'liq
Nigora


SI-73/22 guruh talabasi: Xurramova Nigora
Mavzu:Ishlab-chiqarish korxonasi uchun AT ishlab chiqish. "Mijozlar va holat jadvali" moduli (yetkazib berish jadvali, to'lovlar va qarzlar).
Ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur bo'lgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini iste'mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element - mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari bo'lishini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va iste'mol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil topadi. Bu bo'limlarning har biri ko'plab xo'jalik tarmoqlaridan iborat bo'lib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlari yaratiladi. Birinchi bo'limning ikkinchi bo'limga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat bo'lmay, balki taqsimot, ayirboshlash va iste'molnya o'z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish - mehnat jarayonida i.ch. re-surslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. I.ch.t.e. eng ma'qul usullarni, zarur asbob- uskunalarni tanlash, turli i.ch. sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini ta'minlash, ishlab chikarish grafiginit buzilishiga yo'l qo'ymaslik, korxona va sexlarda i.ch. estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. I.ch.t.e. dan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.
I.ch.t.e. xalq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, i.ch. ning o'sishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-texnik darajasini ta'minlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni modernizatsiyalash jarayoni, i.ch. bo'g'inlarini boshqarish va nazorat ishlari ham l.ch.t.e. ga kiradi.
Mijozlarga xizmat ko'rsatish-bu xaridorlarga xarid qilishdan oldin, davomida va undan keyin xizmat koʻrsatish. Bu uni mijozlar qiymat zanjirining muhim qismiga aylantiradi. Har bir sanoat turli darajadagi mijozlarga xizmat ko'rsatishni talab qiladi, ammo oxir- oqibat, yaxshi xizmat ko'rsatish g'oyasi daromadlarni oshirishdir. Mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasidagi o'zaro munosabatlarning muvaffaqiyatini idrok etish mijozning shaxsiyatiga moslasha oladigan xodimlarga bog'liq. Mijozlarga xizmat ko'rsatish ko'pincha firmaning strategiyalari va qadriyatlarini aks ettiradigan tarzda amalga oshiriladi. Yaxshi sifatli mijozlarga xizmat ko'rsatish odatda mijozlarni ushlab turish orqali o'lchanadi. Ba'zi firmalar uchun mijozlarga xizmat ko'rsatish firmaning nomoddiy aktivlarining bir qismi boʻlib, uni sanoatdagi boshqalardan farqlashi mumkin. Mijozlarga xizmat ko'rsatishning bitta yaxshi tajribasi mijozning tashkilotga nisbatan butun idrokini o'zgartirishi mumkin.
Mijozlarga xizmat ko'rsatish nafaqat tashkilotning tashqi tomoniga, balki biznes faoliyatini osonlashtiradigan ichki munosabatlarga ham e'tibor qaratadi. Xizmat ko'rsatuvchi firmalar uchun mijozlarga xizmat ko'rsatish sog'liqni saqlash yoki yuridik sohalarda boʻlgani kabi mijozlar bilan yaqin aloqada boʻlganligi sababli muhim rol o'ynaydi. Agar yaqin o'zaro aloqa talab etilmasa, odamlarga e'tiborni jalb qilishning turli usullari mavjud. Bankomatdan pul yechib olayotganda yoki istirohat bog'ida navbatni o'tkazib yuborganda.
Xizmat ko'rsatish sohasidagi evolyutsiya iste'molchilarning ehtiyojlarini aniqladi. Kompaniyalar odatda o'z xodimlarini o'zlarining maxsus xizmat paketlariga rioya qilishlari uchun yo'naltirish uchun siyosat yoki standartlarni yaratadilar. Xizmat ko'rsatish to'plami - bu kompaniya o'z mijozlariga g'amxo'rlik qilish uchun foydalanadigan moddiy va nomoddiy xususiyatlarning kombinatsiyasi.
Holat diagrammasi, muvozanat diagrammasi,
fazoviy diagramma - fizik-kimyoviy sistemaning tarkibi va holat parametrlari orasidagi munosabatning geomet-rik ifodasi. Holat parametrlari - termodinamik sistema holatini ifo-dalaydigan fizik kattaliklar (temperatura, bosim, solishtirma hajm, magnitlanganlik, elektr qutblanish va h.k.). Holat diagrammasi bir yoki ko'p komponentli moddaning muvozanat holatini geometrik tarzda ifodalaydi. Bu holat bir fazali, ikki fazali va ko'p fazali boʻladi. Fazalar gazsimon, suyuq, qattiq, o'ta o'tkazuvchan, segnetoelektrik va boshqa bo'lishi mumkin.
Download 16.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling