Mikro va fon tovush tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradigan elektr


Download 54.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi54.39 Kb.
#1060411
Bog'liq
Mikrofon - Vikipediya



Mikrofon
Mikrofon (mikro... va... fon) — tovush tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradigan elektr
akustik asbob. Tovush kuchaytirib uzatish (eshittirish) uchun qoʻllaniladi. Koʻmirli,
elektrodinamikli, kondensatorli, elektretli, pyezoelektrli; tovush uzatish yoʻnalishi jihatdan -
yoʻnaltirilmagan, bir tomonga yoʻnaltirilgan (kardioid) va ikki tomonga yoʻnaltirilgan xillari bor.
Koʻmirli M.ni birinchi marta rus ixtirochisi M. Mahalskiy (1878) va undan bexabar ravishda P. M.
Golubitskiy (1883) yaratishgan. Kumir yoki metall membrana tovush toʻlqinlari taʼsirida tebranib,
zichlikni oʻzgartiradi, natijada piston va membranaga tegib turgan kumir kukuni elektr qarshiligini
oʻzgartiradi. M. orqali oʻtayotgan tok kuchi oʻzgaradi. Hosil boʻlgan im-pulyelanuvchi (telefonga
ulangan oʻtkazgich orqali kelayotgan) tok tele-fondagi membranani M.dagi membranaga mos
ravishda tebratadi. Elektrodinamikli M.da yupqa polistirol parda yoki alyuminiydan tayyorlangan
diafragma magnit tizimning halqasimon tirqishida joylashgan ingichka simda oʻralgan gʻaltakka
biriktirilgan. Tovush toʻlqinlari taʼsirida diafragma tebranganda gʻaltak oʻramlari magnit kuch
chiziqlarini kesib oʻtadi va gʻaltakda e.yu.k. hosil boʻladi. Bu e.yu.k. uning qismlarida oʻzgaruvchan
kuchlanishni vujudga keltiradi.


Kondensatorli M.da tovush toʻlqinlari yupqa metall membranaga taʼsir etib, uning orasidagi
masofani oʻzgartiradi, natijada membrana bilan elektr kondensator plastinkalariga oʻxshash
metall korpus orasidagi elektr sigʻimi oʻzgaradi. Plastinkalarga oʻzgarmas kuchlanish berilganda
kondensator sigʻimi oʻzgarib, unda tok hosil boʻladi. Tok kuchi tovush chastotalarining
tebranishiga mos ravishda oʻzgaradi, natijada tovush tebranishlari elektr tebranishlariga
aylanadi. Bunday M. tovushni sifatli yozib olish va qayta eshittirish tizimlarida ishlatiladi.
Elektretli M. kondensatorli M.ga oʻxshaydi. Unda kondensatorning qoʻzgʻalmas platinalari va
oʻzgarmas kuchlanish manbai sifatiga elektret plastina qoʻlllaniladi.
Pyezoelektrik M.da tovush toʻlqinlari pyezoelektr xossaga ega boʻlgan modda (mas, segnet
tuzi) dan yasalgan plastinkalarga taʼsir etib, ularning sirtida elektr zaryadlari hosil qiladi.
Elektromagnitli M.da tovush toʻlqinlari poʻlat yakorga bikr ulangan membranaga taʼsir etadi;
membrana oʻzgarmas magnit tirqishida, yakor sirtiga oʻralgan simlardan iborat gʻaltak uchlarida
e.yu.k. hosil boʻladi. Pyezoelektr va elektromagnitli M.lar radiohavaskorlik qurilmalari va
eshittirish apparatlarida ishlatiladi. Stereofonik radioeshittirish va tovush yozib olish tizimlarida
umumiy korpusga zich joilashtirilgan ikkita bir xil M. ishlatiladi. M. telefon aloqada, radio va
teleeshittirish, ovozi kuchaytirish hamda tovush yozib olish tizimlarida ishlatiladi.
[1]
Neumann U87 mikrofoni
Manbalar
Havolalar


 
Soʻnggi tahrir 23 soat avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Mikrofon&oldid=3177019
" dan 
olindi

Download 54.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling