Mikro va fon tovush tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradigan elektr
Download 54.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Mikrofon - Vikipediya
Mikrofon Mikrofon (mikro... va... fon) — tovush tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradigan elektr akustik asbob. Tovush kuchaytirib uzatish (eshittirish) uchun qoʻllaniladi. Koʻmirli, elektrodinamikli, kondensatorli, elektretli, pyezoelektrli; tovush uzatish yoʻnalishi jihatdan - yoʻnaltirilmagan, bir tomonga yoʻnaltirilgan (kardioid) va ikki tomonga yoʻnaltirilgan xillari bor. Koʻmirli M.ni birinchi marta rus ixtirochisi M. Mahalskiy (1878) va undan bexabar ravishda P. M. Golubitskiy (1883) yaratishgan. Kumir yoki metall membrana tovush toʻlqinlari taʼsirida tebranib, zichlikni oʻzgartiradi, natijada piston va membranaga tegib turgan kumir kukuni elektr qarshiligini oʻzgartiradi. M. orqali oʻtayotgan tok kuchi oʻzgaradi. Hosil boʻlgan im-pulyelanuvchi (telefonga ulangan oʻtkazgich orqali kelayotgan) tok tele-fondagi membranani M.dagi membranaga mos ravishda tebratadi. Elektrodinamikli M.da yupqa polistirol parda yoki alyuminiydan tayyorlangan diafragma magnit tizimning halqasimon tirqishida joylashgan ingichka simda oʻralgan gʻaltakka biriktirilgan. Tovush toʻlqinlari taʼsirida diafragma tebranganda gʻaltak oʻramlari magnit kuch chiziqlarini kesib oʻtadi va gʻaltakda e.yu.k. hosil boʻladi. Bu e.yu.k. uning qismlarida oʻzgaruvchan kuchlanishni vujudga keltiradi. Kondensatorli M.da tovush toʻlqinlari yupqa metall membranaga taʼsir etib, uning orasidagi masofani oʻzgartiradi, natijada membrana bilan elektr kondensator plastinkalariga oʻxshash metall korpus orasidagi elektr sigʻimi oʻzgaradi. Plastinkalarga oʻzgarmas kuchlanish berilganda kondensator sigʻimi oʻzgarib, unda tok hosil boʻladi. Tok kuchi tovush chastotalarining tebranishiga mos ravishda oʻzgaradi, natijada tovush tebranishlari elektr tebranishlariga aylanadi. Bunday M. tovushni sifatli yozib olish va qayta eshittirish tizimlarida ishlatiladi. Elektretli M. kondensatorli M.ga oʻxshaydi. Unda kondensatorning qoʻzgʻalmas platinalari va oʻzgarmas kuchlanish manbai sifatiga elektret plastina qoʻlllaniladi. Pyezoelektrik M.da tovush toʻlqinlari pyezoelektr xossaga ega boʻlgan modda (mas, segnet tuzi) dan yasalgan plastinkalarga taʼsir etib, ularning sirtida elektr zaryadlari hosil qiladi. Elektromagnitli M.da tovush toʻlqinlari poʻlat yakorga bikr ulangan membranaga taʼsir etadi; membrana oʻzgarmas magnit tirqishida, yakor sirtiga oʻralgan simlardan iborat gʻaltak uchlarida e.yu.k. hosil boʻladi. Pyezoelektr va elektromagnitli M.lar radiohavaskorlik qurilmalari va eshittirish apparatlarida ishlatiladi. Stereofonik radioeshittirish va tovush yozib olish tizimlarida umumiy korpusga zich joilashtirilgan ikkita bir xil M. ishlatiladi. M. telefon aloqada, radio va teleeshittirish, ovozi kuchaytirish hamda tovush yozib olish tizimlarida ishlatiladi. [1] Neumann U87 mikrofoni Manbalar Havolalar Soʻnggi tahrir 23 soat avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Mikrofon&oldid=3177019 " dan olindi Download 54.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling