Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati
Tuproq unumdorligini oshirishda dukkakli o'simliklarning ahamiyati
Download 0.75 Mb.
|
kuch birlikda
Tuproq unumdorligini oshirishda dukkakli o'simliklarning ahamiyati.
4 KIRISH Tuproq haqida tushuncha. Tuproqshunoslik fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi. Tuproqshunoslik fanini boshqa ijtimoiy, tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi uning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Tuproqshunoslik fani biologik tabiiy fanlar va qishloq xo„jalik fanlari jumlasiga kiradi. Bu fan tuproqlarning kelib chiqishi genezisi, tuzilishi, rivojlanishi, tarkibi, xossalari va geografik tarqalishi, xususan, tuproqlarning eng muhim xossasi hisoblangan unumdorligiga doir masalalarni o„rganadi. Ularning unumdorligini oshirish tadbirlarini va qo„llaniladigan agrokompleks tadbirlarni o„rganadi. Ma‟lumki, tuproq qishloq ishlab chiqarishining birdan bir vositasi va mamlakatning bitmas-tuganmas tabiiy boyligi hisoblanadi, shu bilan birgalikda kishilik jamiyati uchun zaruriy oziq mahsulotlarni va turli xom ashyolar yetishtirib beruvchi asosiy hamda yagona bir manba hisoblanadi. Tuproq ma‟lum sharoitdagi turli tabiiy faktorlar va tirik organizmlarning o„zaro ta‟siri natijasida yer yuzida turlicha tog„ jinslaridan hosil bo„ladi. Tog„ jinslarini har xil tabiiy omillar ta‟siri ostida chuqur o„zgarishlarga uchragan tog„ jinsidan unumdorligi bilan farq qiladigan tabiiy tarixiy tanaga tuproq deb tushunamiz. Tuproq qoplami ikki uslubda - tarixiy geomorfologik hamda geokimyoviy usullar yordamida o„rganiladi. Dala va laboratoriya sharoitida, tuproq profili, morfologik, kartografik, statsionar, eksperimental, vegitatsiya, modellar usuli yordamida aniqlanadi. Demak, tuproq ko„p komponentli, murakkab ko„p funksiyali, ko„p fazali ochiq sistema bo„lib, tirik organizmlar va jonsiz tog„ jinslari, minerallarning o„zaro ta‟sirida hosil bo„lib, mustaqil tabiiy tanani tashkil etadi. V.V.Dokuchayev birinchi bo„lib tuproqning paydo bo„lish omillari va ketadigan jarayonlarning ilmiy nazariyasini yaratdi. Dokuchayevning ta‟rifi bo„yicha “Tuproq, deganda suv, havo hamda turli tirik va o„lik organizmlar ta‟sirida tabiiy ravishda o„zgargan tog„ jinslariga aytiladi”. Tuproq unumdorligi - o„simliklarning suv va oziq moddalar, shuningdek, zarur sharoitlar bilan ta‟min etish xususiyati tuproqning asosiy va tog„ jinslarining farq qiladigan sifati va xossalaridan biridir. Tuproq unumdorligini to„liq va har tomonlama o„rganish, uni oshirish, qishloq xo„jalik fan yutuqlaridan foydalangan holda unumdorlikni oshirish va yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish asosiy va muhim vazifadir. Demak, tuproq o„zining unumdorlik xususiyati bilan tog„ jinsidan farq qiladi. O„simlik hayoti uchun zarur bo„lgan oziqaviy moddalar, suv, havo va issiqlik qay darajada bo„lishiga qarab, unumdorlik turli tuproqlarda turlicha bo„ladi. Masalan, serchirindili, donador strukturali tuproqlarda o„simlik hayoti uchun zarur sharoit qulayligi sababli uning unumdorligi yaxshi bo„ladi. Tuproqlarni mukammal o„rganish, ulardan foydalanish usullarini, beriladigan turli o„g„itlarni to„g„ri qo„llash, melioratsiya va sug„orish kabi agrotexnikaviy 5 tadbirlarni amalda joriy etish tuproq unumdorligini oshirish yo„li bilan ekinlardan yanada ko„proq hosil olish kabi muammolarni hal etish tuproqshunoslik fani oldida turgan hozirgi zamonning eng muhim vazifalari hisoblanadi. Chunki, tuproqlar bizni yediradi, kiydiradi, to„ydiradi, demak, shunday ekan, tuproqlarimizni asrab avaylash biz tuproqshunoslarni oldidagi eng asosiy vazifamizdir. Ota bobolarimiz diyorimiz tuproqlarini zar, suvini kavsar deb aytishlari bejiz emas. Masalan, qora tuproqlarni chirindisi 8-10 foizni tashkil qiladi. O„zbekiston tuproqlarning chirindisi 1-1,5 foizni tashkil qiladi, lekin hosildorlik jihatidan bu tuproqlar bir xil. Chunki O„zbekiston tuproqlarining xossa va xususiyatlari juda yaxshi (tuproqning singdirish sig„imida kalsiy elementining ko„pligi, ser karbonatliligi) hisoblanadi. Tuproq mustaqil tabiiy jism bo„lib, o„ziga xos tuzilishga, tarkibga va bir qancha xossa va xususiyatlarga ega. Tuproq yer sharining barcha qobiqlari hayotida katta rol o„ynaydi va quyidagi qator vazifalarni bajaradi: 1. Tuproqning bioekologik vazifasi. Tuproq ekologiya manbayi va muhiti bo„lib, unda ko„plab organik moddalar to„planadi. Tuproqdagi ko„p sonli makro va mikroorganizmlar yer sharidagi barcha tirik organizmlarning ajralmas qismidir. 2. Tuproq qoplamining bioenergetik vazifasi. Tuproqlarda o„simliklar har yili yerda taxminan n *10 darajali 17 kkal miqdorda kimyoviy aktiv energiya to„playdi. Chirindi va organik qoldiqlarda to„planadigan bu energiya tuproqdagi turli organizmlarning yashash faoliyati va tuproq paydo bo„lishidagi kechadigan jarayonlarni borishi uchun sarflanadi. 1 gr. tuproq biomassasi oksidlanganda va yonganda 2-3 kkal issiqlik energiyasi ajraladi. Yerdan noto„g„ri foydalanish uni turli kasalliklarga duchor qilish natijasida unumdorlik pasayadi va bioqatlamdagi muvozanat buziladi. Demak, dehqonchilik madaniyatini ko„tarish kerak, bu tuproq qoplamining bioenergetik vazifasidan to„g„ri foydalanish imkonini beradi. 3. Tuproq qoplamining azot oqsili to‘plash vazifasi. Tuproq o„simlik tarzidagi ekologik sistema. Atmosferadagi molekular azotni to„plab, ularni aminokislotalar va oqsillarga aylantirish xusuiyatiga ega. 1 tonna chirindi 15-40 kg azotni to„plash uchun yetarli bo„lgan energiya manbayiga ega. Yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlaridagi azotning biologik fiksatsiyalanishi har yili 140 mln tonnani tashkil qiladi. 4. Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi. Tuproqda to„planadigan biologik yig„ilma turli kimyoviy elementlar va ular birikmalarning manbayi ham hisoblanadi. O„simlik ildiz sistemasi tuproqning pastki qatlamida S, N, N, O, P, Ca, S, K, Mg, Al, Si, Zn ni surib oladi va tuproq qatlamlarida to„plash imkonini beradi. O„simlik-hayvonot olami mikroorganizmlar sistemasi tuproqda turli oziq moddalarni tuplanishini va tabiatdagi biogeokimyoviy aylanishida katta rol o„ynaydi . 6 5. Tuproq qoplamining gidrologik vazifasi. Tuproqda atmosfera yog„inlaridan to„planadigan bug„simon suvlar kondensatsiyalanib quyuqlashadi va erkin suvga aylanadi. Natijada bu suvlar tuproqning pastki qatlamlariga sizib o„tadi va sizot suvlarini hosil qiladi. Quruq iqlimli yer osti suvlari oqimi qiyin bo„lgan maydonlarda yuqori minirallashgan suvlar to„planib tuproqlarning sho„rlanishiga olib keladi. 6.Tuproq qoplamining atmosfera va gaz tarkibiga ta’siri vazifasi. Fotosintezda karbonat angidridning birikishida, azotning to„planishi, kislorod va vodorodning to„planishida dinetrifikatsiya, disulfikatsiya, oksidlanish qaytarilish nafas olish va hokazo. Kishilar tuproqni insoniyat tarixida, qadim zamonlardan beri o„rganib kelganlar va bu insoniyat tarixi bilan o„zaro chambarchas bogliqdir. Tuproq to„g„risidagi dastlabki ma‟lumotlar eramizdan 3-4 ming yil ilgari xitoylar, greklar va rimliklar yozib qoldirgan asarlarida uchratiladi. Eramizdan 4 asr oldin yashagan faylasuf Aristotel va botanik Teofast asarlarida tuproqning xossalari va o„simliklarning oziqlanishi haqida ilk ma‟lumotlari yozilgan. Markaziy Osiyo, jumladan, Eronda istiqomat qilgan buyuk allomalarimizdan Beruniy, Ibn Sino asarlarida va “Qobusnomada” Avestoda tuproq to„g„risida, uni sug„orish, ishlov berish va hosildorlikni oshirish masalalari, turli kimyoviy zaharli moddalardan Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling