Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


HAVODAN EKILGAN MIKROORGANIZMLAR KOLONIYASINI ANIQLASH


Download 0.75 Mb.
bet49/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda

HAVODAN EKILGAN MIKROORGANIZMLAR KOLONIYASINI ANIQLASH
Mikroorganizmlar qattiq oziqali muhitda (Petri kosasidagi go’sht-peptonli agar-agarda) o’stirilganda bakteriyalar, zamburug’lar ovqatning yuzasida ayrim-ayrim joylashgan to’plamlar hosil qilib yetishadi. Mikroorganizmlarning quyuq ovqat yuzasida ko’payib hosil qilgan to’plamiga «mikrob koloniyasi» deyiladi. Har bir koloniya bir xil mikrob to’plamidan iborat bo’ladi. Ana shu koloniyalarga qarab Omelyanskiy usuli bilan 1 m2 havodagi mikroorganizmlarning miqdorini hisoblab chiqish mumkin. Turli joydagi havoning tarkibidagi mikroorganizmlarning soni har xil. Shu bilan biz havoning mikroorganizmlar bilan ifloslanish darajasini aniqlagan bo’lamiz. Mikroorganizmlarning koloniyasi oddiy ko’z bilan ko’rinadigan kattalikda va tuziliish jihgatidan har xil bo’lishi mumkin (13-rasm).gugurt . Ishning borishi: Oziqali Petri kosasida ekilgan mikroorganizmlardan hosil, bo’lgan koloniyalar o’rganiladi. Avvalo idish yuzasidagi koloniyalarning soniga qarab Omelyanskiy usuli bo’yicha 1 m3 havoda mikroorganizmlar hisoblab chiqiladi.
1 m3 havo tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash topish uchun avvalo 100 sm3 oziq muhitdagi mikroorganizmlar koloniyasini aniqlash kerak.
Ya’ni, 10 l havo tarkibida bo’lgan mikroorganizmlar 5 minut ichida 100 sm2 yuzaga tushar ekan. Bu ko’rsatkichni aniqlab olgandan so’ng 1m3 , ya’ni 1000 l havo tarkibidagi mikroorganizmlar soni aniqlanadi. Demak, 10 l havo tarkibida 53 dona mikroorganizm bor. Endi 1m3, ya’ni 1000 l havo tarkibidagi mikroblar sonini aniqlash uchun quyidagi proporsiya tuziladi:
10l-58 1000 l - x X= дона5800 10 58.1000  mikroorganizmlar borligi hisoblab
chiqiladi.
RIBONUKLEIN KISLOTANI MAGNIYLI TUZI
Gram-manfiy va gram-musbat bo’yalishning sababi, mikrob tanasida ribonuklein kislotasi magniyli tuzining bor yo’qligiga bog’liqdir.
Mikroorganizmlarning tanasida ribonuklein kislotasining magniyli tuzi bo’lsa, unda mikrob genitsian-violet bo’yog’i bilan bo’yalganda ham u bo’yoqni o’z tanasida mahkam saqlab qoladi, preparatga spirt bilan ta’sir etilsa ham genitsian-violet tusda bo’yalgan bo’ladi. Bu rangdagi mikroblarni gram-musbat dedik.
Gram-manfiy bo’yaluvchi mikroorganizmlarda esa ribonukloyein kislotasining magniyli tuzi bo’lmaydi. Shuning uchun unday mikroorganizmlar genitsian-violet bo’yog’ini tanasida mahkam saqlab qololmaydi. Preparatatga spirt bilan ta’sir ettirilganda genitsian-violet bo’yog’i mikroorganizmlar tanasidan yuvilib ketadi, och qizil rangga bo’yalib qoladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling