Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Download 0.75 Mb.
bet60/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda

Töqima kulturasi

Kallusli to’qimalar kulturasida morfogenez deb hujayralarni tashkil bo’lmagan massasidan


to’laqonli strukturalar hosil bo’lishiga aytiladi. Morfogenezni ikki asosiy yo’li ma’lum (3.4 -rasm).
To’qimalar kulturasini u organogenez sifatida (monopolyar tuzilishini hosil bo’lishi, ya’ni
alohida organlarni) ko’rinish mumkin: ildiz, poya, kamroq feoral (gulli) yoki bargli hamda somatik
embriogenez, ko’rinishida (somatik hujayralardan biftolyar zarodish kurtaksimon tuzilmalar
holatida) ko’rinishi mumkin. Organogenezda dastlab alohida organlar regenerasiya bo’ladi, keyin
esa ulardan butun o’simlik paydo bo’ladi. Ildiz organogenezi bundan mustasno. Somatik
embriogenez natijasida organogenezdan farqli o’laroq, ildiz meristemsi hamda tepa qavat
meristemalariga ega bo’lgan kurtak hosil bo’ladi va undan keyinroq butun o’simlik o’sib chiqadi.
Alohida olingan somatik hujayralarni o’z rivojlanish dasturini to’liq bajara olishi va butun
o’simlik organizmi o’sib chiqishi uchun asos yaratib berish xususiyati, o’simlik hujayrasini
totipotentligi deb ataladi. O’simlikni har qanday hujayrasi bir xil potensial imkoniyatlrga ega,
chunki barcha kerakli genlar to’plamiga ega, demak, hujayra zigotaga xos bo’lgan rivojlanish
dasturiga ega. SHuning uchun ham agar gul bargi hujayrasidan yoki poyani o’zaksimon parenxima
yoki har qanday hujayra to’qimalardan kallus olinganda umuman hujayrani har qanday
to’qimasidan butun o’simlik olish mumkin. Ammo, totipotentlik xossalari hamma vaqt ham
namoyon bo’lavermaydi, chunki har xil tipdagi xujaylarni potensial imkoniyatlari bir xil namoyon
bo’lavermaydi. Ulardan ba’zi birlarida genlar kuchli repressiya holatida bo’ladilar va shu sababli
ham totipotentlikni namoyon bo’lishi chegaralangan bo’ladi.

Sianobakteriyalarga umumiy xarakteristika va ularning muhim vakillari

Koʻk-yashil suvoʻtlar (Cyanophyta) — suvoʻtlar boʻlimi. Hujayrasi yadrosiz. Tuzilishi, tarkibi va genetik xususiyatlariga koʻra prokariolarga kiradi. Shuning uchun ular sianobakteriyalar ham deyiladi. Prokariotlar bakteriyalar va sianofitlarga ajratiladi. Koʻk-yashil suvoʻtlar bakteriyalarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan; suvoʻtlarga xos pigmentlari boʻladi. Filogenetik jihatdan eng qad. sodsa tuzilgan oʻsimlik hisoblanadi. Koʻk-yashil suvoʻtlar hujayralari fotosintez qiluvchi organoidlar boʻlib, ularda karotinoidlar va qizil suvoʻtlardagi singari maxsus pigment — fikobiliproteidlar boʻladi. Rangi koʻk-yashil va qizgʻish, bir hujayrali va koʻp qujayrali ipsimon mikroskopik organizmlar; koʻpincha, oʻz. 20 sm boʻladi. Sporalar, akinetalar va iplarning boʻlaqlari orqali koʻpayadi. 3 ta sinfi (hamesifonsimon suvoʻtlar, gormogonsimon suvoʻtlar) mavjud. Yer yuzida keng tarqalgan. 2000 dan ortiqturi maʼlum. Oʻrta Osiyo suv havzalarida ossillatoriya, formidium, lingbiya turkumlariga mansub turlar uchraydi.

Koʻk-yashil suvoʻtlar suv va quruqlik muhitining turli xil sharoitida oʻsadi. Koʻpchilik turlari havodagi erkin azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Koʻk-yashil suvoʻtlar chuchuk suv va dengiz planktoni hamda bentosi tarkibiga kiradi, tuproq yuzasida, harorati 80° gacha boʻlgan qaynoq suvli buloqlarda, bir qancha turlari ohaktosh konlarida oʻsadi. Ular, koʻpincha, boshqa organizmlar: xlorofilni yoʻqotgan bir qujayrali hayvonlar, zamburugʻlar (lishayniklar tanasida), yoʻsinlar, qirqquloqlar, sagovniklar, gulli oʻsimliklar bilan simbiotik munosabatga kirishadi (qarang Simbioz). Havodagi erkin azotni oʻzlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi. Koʻpincha suv havzalarining "gullashi"ga sabab boʻladi. Ayrim turlari (nostok, spiruliva) isteʼmol qilinadi. Yem-xashak va oziq-ovqat oqsili olish maqsadida Koʻk-yashil suvoʻtlarni sanoat miqyosida koʻpaytirish ustida ish olib borilmokda.[1]


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling