Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Anaerobli bakteriyalarga xarakteristika


Download 0.75 Mb.
bet61/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda

Anaerobli bakteriyalarga xarakteristika

Anaeroblar, anaerob organizmlar – erkin kislorod bo‘lmaydigan sharoitda yashash va rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan organizmlar. A. terminini 1861 yilda yog kislotali bakte-rial bijg‘ishni ixtiro qilgan L. Paster taklif etgan. A. asosan prokariot orga-nizmlar orasida keng tarqalgan. Euka-riotlardan achitqilar hamda hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan, ya’ni ikkilamchi tarzda kislorodsiz muhitda yashashga moslashgan, bir hujayralilar haqiqiy A. hisoblanadi. Ko‘p hujayrali A. anaerobioz hayvonlarning ichagi va tana bo‘shlig‘i hamda to‘qimalarida pa-razitlik qiladigan yassi to‘garak chu-valchanglar orasida uchraydi. Anaerob organizmlarda metabolizm kisloroddan boshqa oksidlovchilardan foydalanishga asoslangan. Organik moddalardan foydalanadigan anaerob organizmlar (glikoliz natijasida hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanadigan barcha eu-kari-otlar) spirtlar va yog‘ kislotalar qaytarilishi orqali boradigan har xil tipdagi bijg‘ishni amalga oshiradi. Boshqa A., mas, denitrifikatorlar, te-mir bakteriyalari, oltingugurt bakteri-yalar, metan hosil qiluvchi bakteriyalar esa anorganik oksidlovchilar (nitratlar, oltingugurt birikmalari, karbonat an-gidrid va boshqalar)dan foydalanadi. Almashi-nuv mahsulotlariningxiliga qarab anae-rob bakteriyalar yog‘ kislotali, sut kislo-tali, propion kislotali guruhlarga aj-ratiladi. Fototrof bakteriyalar A.ning boshqa maxsus guruhini tashkil etadi. Kislorodga bo‘lgan talabiga ko‘ra A.ning obligat va fakultativ guruhlari farq qilinadi. Obligat A.da metabolizm kis-lorod ishtirokisiz boradi, fakultativ A. (mas, denitrifikatorlar) anaerobioz holatdan kislorodli muhitda yashashga utishi mumkin. Anaerob muhitda ok-sidlanish energiyasi kam bo‘lganidan A. faoliyati tufayli juda ko‘p qaytarilish mahsulotlari – spirtlar, yog‘ kislotalari va boshqa hosil bo‘ladi. A. muhitdagi kislorod aerob organizmlar tomonidan batamom o‘zlashtiriladigan sharoitda (mas, suv tubidagi balchiqda, ifloslan-gan oqova suvlarda) rivojlanadi. A.dan mikrobiologiya sanoatida spirtlar va organik kislotalar ishlab chiqarish, oqova suvlarni tozalashda keng foydalaniladi. Ay-rim A. og‘ir infeksion kasalliklar (qoqshol, gazli gangrena va boshqalar)ni kel-tirib chiqaradi. Haqiqiy A. bilan birga ayrim umurtqasizlar orasida kislorod tanqisligiga vaqtincha moslashgan turlari ham bor. Ayrim obligat A. kislo-rodga juda sezgir bo‘lganidan kislo-rodli muhitda juda tez halok bo‘ladi. Issiq suvli havzalardan va suvning chuqur qatlamlaridan topilgan A. Yer yuzida paydo bo‘lgan eng qadimgi organizmlar bo‘lishi mumkin.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling