Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Download 0.75 Mb.
bet68/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
kuch birlikda

Mashg’ulotning maqsadi: mikroblar o‘stirish uchun qattiq oziqali muhit go‘sht-peptonli agar-agar tayyorlash va turli joydagi havodan mikroblarni oziqaga ekish.
Mashg’ulot uchun kerakli asbob va reaktivlar. Petri kosachasi, gaz gorelkasi, chinni stakan, shisha tayyoqcha, go‘sht-peptonli agar-agar (GPA), tarozi, har xil og’irlikdagi toshlar, toza suv, gugurt.
Ishning borishi. Bu mashg’ulotni o‘tkazish uchun go‘sht-peptonli agar-agar talqonidan tarozida 4g tortib olinadi. So‘ngra bitta chinni stakanda 100ml miqdorda o‘lchab suv olinib va unga asta-sekin oz-ozdan go‘sht-peptonli agar-agardan quyilib, shisha tayyoqcha yordamida aralashtiriladi. Bu aralashma gaz gorelkasida pishiriladi. Go‘sht-peptonli agar-agarning suvli aralashmasini sekin-asta qaynatilsa? qizg’ish randa tovlanadi.
Go‘sht-peptonli agar-agar tayyor bo‘lgandan keyin bir nechta sterillangan Petri kosachasi olinib, qopqog’ining bir tomoni sekin ko‘tariladi va tayyor oziqa qo‘yiladi, uning qalinligi 4-5 mm bo‘lishi kerak (12-rasm). So‘ngra Petri idishlari tekis joyga qo‘yilib oziqasi qotiriladi. Oziqa qotgandan keyin Petri idishi olinib, turli sharoitlarda (auditoriyalarda, koridorda, bufetda) 10 daqiqa davomida qopqog’i olingan holda saqlanadi, so‘ngra qopqog’i yopiladi. Petri kosasi raqamlanib ekilgan vaqti, kuni va talabaning ismi-sharifi yozib qo‘yiladi.


12-rasm. Probirkada eritilgan agar-agarni idishga quyish tartibi

Oziqali idishlarda koloniyalar hosil bo‘lguncha 370C haroratda termostatda 24 soat saqlanadi, keyin termostatdan olinib, 48 soat davomida uy haroratida saqlanadi. Shu vaqt davomida Petri kosasidagi oziq muhit yuzasida har bir hujayradan o‘ziga xos koloniyalar rivojlanadi. Kelgusida ana shu mikroorganizmlar koloniyasiga qarab havodagi mikroblar soni va koloniyalar tuzilishini tasvirlab yozamiz.


7-mashg’ulot. HAVODAN EKILGAN MIKROORGANIZMLARNING KOLONIYASIGA QARAB ULARNING MIQDORINI HISOBLASH VA TASVIRLASH . TOZA KULTURANI AJRATISH

Mikroorganizmlar qattiq oziqali muhitda (Petri kosasidagi go‘sht-peptonli agar-agarda) o‘stirilganda bakteriyalar, zamburug’lar ovqatning yuzasida ayrim-ayrim joylashgan to‘plamlar hosil qilib yetishadi. Mikroorganizmlarning quyuq ovqat yuzasida ko‘payib hosil qilgan to‘plamiga «mikrob koloniyasi» deyiladi. Har bir koloniya bir xil mikrob to‘plamidan iborat bo‘ladi. Ana shu koloniyalarga qarab Omelyanskiy usuli bilan 1m3 havodagi mikroorganizmlarning miqdorini hisoblab chiqish mumkin. Turli joydagi havoning tarkibidagi mikroorganizmlarning soni har xil. Shu bilan biz havoning mikroorganizmlar bilan ifloslanish darajasini aniqlagan bo‘lamiz. Mikroorganizmlarning koloniyasi oddiy ko‘z bilan ko‘rinadigan kattalikda va tuzilish jihatidan har xil bo‘lishi mumkin (13-rasm).



Koloniya shakllari:1-yumaloq; 2-yumaloq g’adir-budur; 3-yumaloq atrofi botiq; 4-5 rizoidsimon; 6-cheti rizoidsimon; 7-amyobasimon; 8-ipsimon; 9-qatli; 10 noto‘g’ri;11-konsentrik; 12-murakkab.
Mikrob koloniyasi mikrobning naviga ko‘ra turli shaklda: katta va kichik, har xil rangda bo‘ladi.
Koloniyalarning ustki ko‘rinishi har xil silliq, burishgan, do‘ng, egatsimon, chuqur bo‘ladi. Koloniyalarning cheti ham mikrobning zotiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin. Bir xil mikrob koloniyasining cheti doira shaklida tekis bo‘lsa, ba’zilari arra tishiga o‘xshash bo‘ladi (13-rasm).



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling