Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Download 0.75 Mb.
bet40/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda

Pektinning parchalanishi

O’simlikning hujayrasini bir-biriga yopishtiruvchi modda pektin moddasini topganlar, bu modda o’simlik hujayralarini bir-biriga yopishtirib tuqimaga aylantiradi. Ana shu hujayra pektin moddasi suvda erimaydi. Ular daraxt po’stida va mevasida ayniqsa ko’p bo’ladi.

Pektin o’zi murakkab polisaxariddan iborat bo’lib, 3 xil tipi bor.

1. Protopstin – bu suvda erimaydigan hujayraro modda

2. Pektin – suvda eruvchi polimer gaakturonktdan iborat

3. Pektin kislota – bu suvda eruvchi

Ana shu 3 xilini ham bir gramm mikroorganizmlar aerob va anaerob sharoitda parchalaydi.

Bu mikroorganizmlar 1 g tuprokda 1 mln.gacha bo’ladi. Bularning eng muhim vakillari qo’yidagilar..

Aerob. Bacillus maccrans, Bac., polymgaca

Anaerob. Clostridiunu pcctinovorunu, Clfelsinoum, Cl.Pcatinolyticum va boshqalar.

Pektin kislota qo’yidagicha parchalanadi.

1) C46H68O46 + 10H2O →4CHO(CHOH)4COOH +C6H12O6+C5H10O5 + C5H10O5 + 2CH3COOH

Pektin galakturon kislota galaktoza arabinoza ksiloza sirka kislota

+2CH3OH metil spirt


So’ngra uglevodlarni bakteriyalar anaerob sharoitda bijg’itadilar:


2) C6H12O6→CH3CH2CH2COOH +2CO2+2H2+X kkal

galaktoza moy kislota

C5H10O5→CH3CH2CH2COOH +CO2 + H2O + X kkal


Ana shu pektinli bijg’ishga qatnashuvchi mikroorganizmlardan anaerob sharoitda ishtirok etuvchi Clostridium avlodidan Cl.pcctinovorum, Cl.fclsincum bunda pektinning bijg’ishida moy va sirka kislota hosil bo’ladi.

Pektinli bijg’ishda ishtirok etadigan bakteriyalar 1895-yili S.N.Vinogiradiskiyning labaratoriyasida Fribes tomonidan ochilgan vaClost.felsineum deb nomlangan.

Keyinchalik Beyernik uniGranulobacter pectinovorumdeb atagan,chunki u granulyozaga xos bo’lgan (yod ta’siridan ko’karish ) reyaksiyani bergan.

Hozirda Clostridium avlodiga kiritiladi.1916-yili yana bir vakil –Clost felsineum ham ma’lum bo’ladi.

Pektinli moddalarni parchalash uchun suvda yoki shuduringda ivitish usuli qo’llaniladi. Birinchi prosess pektinni parchalovchi anaerob bakteriyalarning biokimyoviy aktivligiga, ikkinchisi esa ba’zi aerob bakteriyalar va mog’or zambrug’larning aktivligiga asoslangan.

Tabiiy (sharoitda) ravishda suvda ivitilganda pektin moddalarni parchalashda bir qancha organizmlar ishtirok etib ikki fazadan ibort

1. Ekstraktiv moddalarning achishi,

2. Pektin moddalarning haqiqiy achishi.

Birinchi faza 2 soatdan keyin boshlanib 12-13 soat avj oladi va SO2, N2 hosil bo’lsa, u kunikli achish deyiladi. Bu vaqtda juda ko’p mayda kokklar va ichak tayoqchasiga o’xshash sporasiz bakteriya rivojlana boshlaydi.

Pektin moddalarning haqiqiy achish vaqtida spora hosil qiluvchi anaerob tayokchalar rivojlanadi, birinchi fazasida suyuklik tarkibida yuqorida aytilgandek moy va sirka kislotalari bilan birga sut kislotasi ham hosil bo’lib 50 % moy kislota hisoblanadi.

Bu pektinli bijg’ituvchi mikroorganizmlar asosan 32-380S da yaxshi rivojlanadi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling