Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Viruslarning morfologiyasiga asoslangan guruhlar


Download 0.75 Mb.
bet44/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda

Viruslarning morfologiyasiga asoslangan guruhlar
XIX asrning 80-yillarida quturish kasalligi sabablarini tekshirar ekan, Lui Paster, quturishdan o‘lgan hayvonlarning umurtqa miyasi kasallik manbai va tarqatuvchisi bo‘lishi ehtimolini payqadi. Lekin, u quturishni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni topa olmadi. Paster yuqumli kasalliklarni bakteriyalar tomonidan qo‘zg‘atilishi haqidagi o‘z nazariyasini tugallashidan avval, ushbu kuzatishlar uning barcha kasalliklarni mikroorganizmlar tashiydi degan aqidasiga shubha uyg‘ota olmagan edi. Xususan, quturish bilan bo‘lgan holatda Paster, ushbu yomon xastalik qo‘zg‘atuvchisini, ya’ni, infeksion agentini ko‘rishga shunchaki mikroskopi ojizlik qilmoqda deb ishongan. Va keyinchalik, odatdagidek u haq bo‘lib chiqdi.

1892 yilda rus tadqiqotchisi Dmitriy Ivanovskiy mozaik kasallik bilan zararlangan tamaki o‘simligi barglaridan g‘alati shira ajratib oldi. Ushbu kasallik bilan zararlangan o‘simlik bargida turli o‘lcham va shakldagi g‘uj-g‘uj yashil dog‘lar paydo bo‘lar edi. Ivanovskiy ushbu shirani bakterial filtrdan o‘tqazdi va keyin u bilan sog‘lom o‘simliklarga ishlov berib ko‘rdi. Lekin, bakteriyalardan xalos bo‘lgan shira baribir boshqa sog‘lom o‘simliklarni zararlashda davom etar edi. Ushbu shirani olim filtrlanuvchi virus deb nomlagan.

G‘alati joyi shunda ediki, kasallikni tashuvchi shira suyuqligi ushbu kasallikni qo‘zg‘atuvchi tirik mikroorganizmlardan holidek taassurot uyg‘otar edi (ya’ni, unda mikroorganizmlar ko‘rinmasdi).

Virus so‘zi lotin tilida «zahar» ma’nosini bildiradi. Infeksion kasallik haqida gap ketayotganda, agar uni virulent deb izohlansa, demak bu o‘limgacha olib borishi mumkin bo‘lgan infeksiya bo‘ladi.

Ivanovskiy o‘sha shira bilan tajribalarni davom ettirdi va uni juda-juda mayda g‘ovaklardan iborat filtrdan o‘tkazib, shunday filtrda kasallik tashuvchisi bo‘lgan mikroorganizmlar tutilib qolayotganini aniqladi. Shunga ko‘ra, olim ushbu qo‘zg‘atuvchi-tashuvchi narsa o‘lchami favqulodda kichik mikroorganizm ekanini bilib oldi.

Ivanovskiyning tajribalarini keyinchalik golland botanigi va mikrobiologi Beyernik ham muvaffaqiyatli takrorladi. Lekin u tamaki mozaikasi kasalligi qo‘zg‘atuvchisi tirik organizm ekanini isbotlagan holda, uning eruvchan ekanini ham e’tirof etib, biroz xato qildi.

1916 yilda AQShlik mikrobiolog Allard shirani yanada mayda, o‘ta mayda g‘ovaklardan iborat filtrdan o‘tkazdi va natijada, kasallikni tashimaydigan, toza shira olishga erishdi. Uning filtri virusni tutib qolgan edi. Allardning tajribalari Ivanovskiy va Pasterning ishlarini qat’iy isbotlab berdi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi haqiqatan ham juda mayda o‘lchamli, zarra darajasidagi kichik mavjudot ekani ayon bo‘ldi.

Vanihoyat, 1935 yilda Amerikalik virusolog Uilyam Stenli tamaki mozaikasi kasalligi sababchisi bo‘lgan viruslarni kristall holatida ajratib olishni uddaladi. Bu virusni shuningdek, dastlabki tadqiqotchisi Ivanovskiy sharafiga Ivanovskiy virusi ham deyishadi.

Virusning kristall strukturasini o‘rganish orqali, Stenli, ushbu virus murakkab protein, ya’ni, oqsil molekulasidan iborat ekanini aniqladi. Ko‘plab mamlakatlarning olimlari umumiy sa’y-harakatlari evaziga, viruslar aslida hujayrali organizm emasligi va ular o‘zidan ko‘ra yuksakroq tuzilishga ega boshqa organizmlar hujayralaridagina ko‘payishi mumkinligi aniqlandi.

Hozirgi paytda viruslarning bir necha yuz xillab turi aniqlangan va yildan-yilga yangi-yangi turdagi viruslar kashf etilishi davom etmoqda. Ulardan ayrimlari haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz.

Adenoviruslar – burun-halqum bezlarida uchraydigan turdagi viruslar bo‘lib, ularning nomi ham shundan kelib chiqqan. Ya’ni, yunonchada «bez» ma’nosini beruvchi so‘z adena tarzida yangraydi. O‘pka yallig‘lanishi, adenoidlar hamda, ayrim oshqozon-ichak kasalliklarining qo‘zg‘atuvchisi aynan shu viruslar bo‘ladi.

Gerpes viruslari – turli xil toshma kasalliklari, tutqanoq qo‘zg‘atuvchi kasalliklar manbai. Nomi yunonchada «temiratki» ma’nosini beruvchi hèrpes so‘zidan olingan.



Koksaki viruslari – tana qismlarini falaj va shol qiluvchi viruslar. Masalan poliomiyelit singari xastaliklar shunday virusdan kelib chiqadi. Nomin

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling