Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Sanoatda sirka kislota olish usullari


Download 0.75 Mb.
bet46/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda

Sanoatda sirka kislota olish usullari
Sirka kislota CH3COOH – rangsiz, o’tkir hidli suyuqlikdir. Oshxona sirkasi (sirka kislotasining 5-9% li suvli eritmasi), sirkali essensiya (70-80%), suvsiz yoki muzlatilgan sirka kislota (98-99,8%) holidagi sirka kislotalari mavjud. Acetobacter turkumiga mansub sirka kislotali bakteriyalar etil spirtini oksidlab sirka kislota hosil qilish xususiyatiga egadir. Sanoat sharoitida sirka kislotani mikrobiologik sintez qilish, sirka kislotali bakteriyalarni suyuqlikda uzluksiz o’stirish usulidan foydalanib, ketma ketlikdagi fermentyorlar birikmalarida amalga oshiriladi. Sirka kislota ishlb chiqarishning texnologik jarayonlari quyidagi asosiy bosqichlarni tashkil etadi
1. Ekish materialini olish;
2. Xom ashyolarni tayyorlash;
3. Fermentasiya;
4. Tayyor maxsulotni tindirish va quyish.
Ishlab chiqarishda sirka kislotali bakteriyalarning ikki xil turi Bacterium Sch’tzenbachii va Bacterium curvum qo’llaniladi. Ekish materialini laboratoriyalarda sirka kislotali bakteriyalarni suyuq oziqada kolbalarda, mikrobiologik tebratgichda, so’ngra 30 l. hajmli laboratoriya fermentyorlarida o’stirib olinadi. Sirka kislota olish uchun xom ashyo sifatida etil spirti, rektifikat yoki tozalangan yog’dan foydalaniladi. Sirka kislotali bakteriyalarning hayot faoliyati oziqa muhiti kislotaligig bog’liq bo’ladi. Ularning yaxshi rivojlanishi uchun mo’’tadil rN ko’rsatkichi 3,0-3,2 oralig’ida bo’ladi. Oziqa muhitidagi sirka kislota va etil spirti miqdori ham mikroorganizmlar hayot faoliyatida muhim rol o’ynaydi va katta ta’sir ko’rsatadi. Kislotalarning mo’’tadil miqdori 10% deb hisoblansa, spirt miqdori Bacterium Sch’tzenbachii uchun 6-7% (ob.), Bacterium curvum uchun esa 9-14% (ob.) ni tashkil etadi
Obligat aeroblar
anaerob organizmlar — erkin kislorod boʻlmaydigan sharoitda yashash va rivojlanish qobiliyatiga ega boʻlgan organizmlar. Anaeroblar terminini 1861-y. da yog kislotali bakterial bijgʻishni ixtiro qilgan L. Paster taklif etgan. A. ning obligat va fakultativ guruhlari farq qilinadi. Obligat Anaeroblarda metabolizm kislorod ishtirokisiz boradi, fakultativ Anaeroblar (mas, denitrifikatorlar) anaerobioz holatdan kislorodli muhitda yashashga utishi mumkin. Anaerob muhitda oksidlanish energiyasi kam boʻlganidan Anaeroblar faoliyati tufayli juda koʻp qaytarilish mahsulotlari — spirtlar, yogʻ kislotalari va b. hosil boʻladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling