Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati
Yuqumli kasalliklarning qòzģatuvchilari
Download 0.75 Mb.
|
kuch birlikda
174. Yuqumli kasalliklarning qòzģatuvchilari Ko‘pgina virus kasalliklari – eng ko‘p tarqalganlari ham, kam tarqalgan – ekzotiklari ham birqancha ming yillardan buyon, odamzod paydo bo‘lgan davrdan buyon ma’lumdir. Ammo u kasalliklarni odamlar viruslar qo‘zg‘atishinigina bilmas edilar. Bu kasalliklarni tarqatuvchilarini qadigi rim tilida “virus” – zahar (otrava), “kasallik qo‘zg‘atuvchi zahar” nomi bilan atalgan. Bu kasalliklarni sirlarini bilishga qiziqqan tadqiqodchilarni virusologlar deb, fanni esa virusologiya deb atashgan.
Birinchi virus kasalligini aniq-ravshan tavsiflagan olim bu grek vrachi Gippokrat bo‘lgan. Meditsina tarixini o‘rganuvchi tarixchi olimlar uning ilmiy ishlarini analiz qilib tepki (svinka) kasalligini simptomlarini to‘la-to‘kis ta’riflab bergan: kasallikni rivjlanish davrlarini, uning yuqumliligini, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarga yuqumliligini tavsiflagandir. Olimlar ko‘p yillar davomida ma’lum kasallikni mikroorganizmlar emas balki viruslar qo‘zg‘atishini bilgunlaricha juda ko‘p yillar o‘tadi. Bu ishni amalga oshirish uchun butunlay boshqacha birqancha metodik ishlanmalar ishlab chiqiladi. Bu metodik ishlanmalar viruslarni organizmga qanday qilib kirishini va u yoki bu simptomlarni paydo qilishini, kasal odamdan sog‘ odamga o‘tishini isbot qilganlar. Uzoq vaqtgacha vrachlar va mikrobiologlar o‘z mulohazalarida virus va mikroblarni bir xil degan fikr asosida yuritar edilar. “Odamni bilim darajasi uni fikrlash yo‘llarini belgilaydi”degandek, olimlar viruslar ham mikroblar kabi yashashi va ko‘payishi kerak deb fikrlar edilar. Ammo viruslar olami mikroblar olamiga diametralь qarama qarshi ekanligi, ularni organizmlari umuman o‘xshamasligini, ularni fiziologiyasi, strukturalari va ko‘payish usullari har xil edi. Bu fikrni onglab etish uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Yуkimli kasalliklarning kuzgatuvchilari. 1981 yilda aniqlangan “Odam immun tanqisligi virusi” (SPID kasalligi) ham virus kasalliklariga kiradi. Viruslar juda tez o‘zgaruvchanlik - yuqori mutatsiyalanish xususiyatiga egaligi ular yuqtirgan kasalliklarni davolashni mushkullashtiradi (masalan gripp virusi). Kuchsizlantirilgan (attenuirlangan) mikroorganizmlarni yoki mo‘‘tadil ( bir-biriga yaqin, nopatogen) shtammlardan tayyorlangan vaksinalarni odam organizmiga yuborish muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. Viruslarni Erning flora va faunasi vakillari bilan genetik bog‘liligi bor. Oxirgi tadqiqodlar bo‘yicha 30% dan ortiq odam genomidagi axborotlar virusga o‘xshash elementlar va transpozonlar tomonidan kodlantirilgan. Viruslar yordamida genlarni gorizontal o‘tishi ro‘y berishi mumkin, ya’ni genetik axborotni ota-onadan o‘g‘ilg-qizga va h., emas, balki qarindosh bo‘lmagan osoblar orasida (yoki ikki har xil turga mansub) o‘tishi mumkin. Primatlarning genomida retroviruslar tomonidan kiritilgan sinsitin oqsili borligi aniqlandi. 30 yillar oxirida va 40 yillar boshlarida viruslarni o‘rganish shunchalik oldinlab ketdiki ularni tiriligi haqidagi fikrlar tushib qiolib, viruslarni organizm holatida shakllandi (Burnet.F.,1945). Bunga asos bo‘lib viruslarni boshqa organizmlar (hayvonlar, o‘simliklar, sodda hayvonlar, zamburug‘lar va prokariotlar) kabi ko‘payish xususiyati irsiyat va o‘zggaruvchanlikga ega ekanligi , o‘zi yashab turgan tashqi muxit o‘zgarshiga moslashishi tabiiy va sun’iy tanlashni ta’minlovchi biologik evolyusiyaga podverjennostligi.. 1796 yili Eduard Djenner chechak virusiga qarshi emlashni kashf etdi, 1885 yili Lui Paster qutirishga qarshi vaksinani ishlab chiqdi. Ba’zi yuqumli kasalliklarni mikroblar tomonidan emas, viruslar qo‘zg‘atishiga ishonch hosil qilish uchun olimlarga juda ko‘p yillar kerak bo‘ldi. Buning uchun mutlaqo yangi metodik ishlanmalar asosida viruslarni tarqalishi, organizmga kirishi, u yoki bu simptomlarni hosil qilishi va kasal organizmdan sog‘ organizmga o‘tishini o‘rganish usullarini ishlab chiqish kerak bo‘ldi. Viruslar olami mikroblar olamiga dimetralь qarama-qarshi olam bo‘lib, ularni fiziologiyasi, strukturalari va ko‘payishi bir-biridan tubdan farq qilishi aniqlandi. Viruslarni har tomonlama o‘rganishda zamonaviy texnikani, fizika, ximiya metodlarini keng ko‘lamda qo‘llash kutilmagan qonuniyatlarni ochdi. Smorodinsevning (1979) ma’lumotlari bo‘yicha 80 foyiz yuqumli kasalliklar viruslar tomonidan qo‘zg‘atilishi aniqlandi. Angliya sut sog‘uvchilarining ko‘pincha mol chechagi bilan engil-elpi kasallanib, odam chechagi bilan og‘rimasligi vrachlar e’tiborini jalb etdi. Kuzatishlar natijasida angliyalik Eduard Djenner chechak bilan og‘rimaslik yo‘lini topdi. U mol chechagi pufakchalari ichidagi suyuqlikdan odamlarni emlashda foydalanadi. Emlagan kishilar mol chechagi bilan engil kasallansada, og‘ir kasallik bo‘lgan odam chechagi bilan umuman kasallanmagan. Djener bu metodni vaktsinatsiya deb atadi ("vaktsa"-lotincha sigir degan ma’noni bildiradi). Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling