Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Download 0.75 Mb.
bet57/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda

175. Viruslarning òrganish usullari
Viruslarni oʻrganish usullari Viruslarning asosiy tarkibi nuklein kislota va oqsildan iborat. Oddiy viruslar faqat shulardan tashkil topadi. Murakkab viruslar tarkibida esa qo‘shimcha lipidlar va uglevodlar bo‘ladi.
Nuklein kislotaning (NK) turiga qarab viruslar DNK-genomli va RNK-genomliga bo‘linadi. Viruslarning nuklein kislotasi hujayra nuklein kislotalaridan farqli ravishda, har xil tuzilishga va shaklga ega bo‘ladi. Nuklein kislotaning turi asosiy taksonomik belgilardan biri hisoblanadi.
Virus DNKsi odatda ikki ipli, ba’zan bir ipli bo‘ladi.
Ikki ipli DNK halqasimon, chiziqli ikki uchi yopiq yoki chiziqli ikki uchi ochiq bo‘ladi.
Virus RNKsi ko‘pincha bir ipli bo‘ladi, lekin genomning bir bo‘lagini tutgan ikki ipli RNKlar ham mavjud.
Bir ipli RNK to‘liq chiziqli, bo‘lakli (segmentli) chiziqli, halqasimon bo‘ladi.
Musbat genomli (RNK+) va manfiy genomli (RNK-) RNK farqlanadi.
Musbat RNK bir vaqtning o‘zida genom va axborot RNK (i-RNK) vazifasini bajaradi hamda yangi avlod genomi sintezi uchun matritsa bo‘lib xizmat qiladi.
Manfiy RNKga (RNK-) faqat genom vazifasi xos, bundan tashqari u genom va axborot RNK (i-RNK) sintezi uchun matritsa vazifasini bajaradi.
Virus nuklein kislotasining asosiy xususiyati yuqumlilik hisoblanadi, ya’ni virusning boshqa komponentlari qatnashmasa-da, u xo‘jayin hujayrasida produktiv infeksiyani chaqirishga qodirdir. YUqumlilikni viruslarning DNK si va musbat RNK si keltirib chiqaradi.
Virus oqsillari strukturali va strukturasiz oqsillarga bo‘linadi:
Strukturali oqsillar virion tarkibiga kiradi, bular:
kapsid oqsillari – kapsidni shakllantiradi;
ichki oqsillar – kapsid bilan genomni biriktiruvchi va reproduksiya jarayonida qatnashuvchi genom oqsili va fermentlar (polimerazalar);
M – qatlamni shakllantiruvchi va virion yig‘ilishining yakuniy bosqichlarida qatnashuvchi murakkab viruslarning matriks oqsili;
superkapsidning yuza oqsillari – virionning hujayra retseptorlariga birikishi va ularning hujayraga kirishiga javobgar glikoproteinlar.
Strukturasiz oqsillar reproduksiya jarayonini ta’minlash uchun zararlangan hujayrada sintezlanadi va ular virion tarkibiga kirmaydi, bular:
virusindutsirlangan fermentlar - virus genomini trasnkripsiya va translyasiyasiga xizmat qiladi
regulyator (boshqaruvchi) oqsillar
noturg‘un oqsillar – virionning strukturali oqsillarini shakllantiruvchi boshlang‘ich oqsillar
fermentlar, modifitsirlangan virus oqsillari (proteazalar, proteinkinazalar va boshqalar).
Lipidlar – zararlangan hujayraning hujayrali, yadroli va boshqa ichki membranalaridan ajralib virionning tarkibiga o‘tadi va superkapsidning asosiy komponenti hisoblanadi, virionning turg‘unligini ta’minlaydi. Detergent yoki efir bilan ishlov berish virionning buzilishiga, natijada lipidlarning yo‘qolishiga olib keladi.
Uglevodlar – hujayraviy kelib chiqishga ega va virusning yuza oqsili – glikoproteinlar tarkibiga kiradi, superkapsidning tashqi yuzasiga oqsillarni tashish vaqtida ularning glikolizlanishi hujayra fermentlari tomonidan amalga oshadi, bunda hujayra oqsillari membranadan ajralib chiqadi.

VIRIONNING KIMYOVIY TARKIBI

Viruslarning asosiy tarkibi nuklein kislota va oqsildan iborat. Oddiy viruslar faqat shulardan tashkil topadi. Murakkab viruslar tarkibida esa qo‘shimcha lipidlar va uglevodlar bo‘ladi.
Nuklein kislotaning (NK) turiga qarab viruslar DNK-genomli va RNK-genomliga bo‘linadi. Viruslarning nuklein kislotasi hujayra nuklein kislotalaridan farqli ravishda, har xil tuzilishga va shaklga ega bo‘ladi. Nuklein kislotaning turi asosiy taksonomik belgilardan biri hisoblanadi.
Virus DNKsi odatda ikki ipli, ba’zan bir ipli bo‘ladi.
Ikki ipli DNK xalqasimon, chiziqli ikki uchi yopiq yoki chiziqli ikki uchi ochiq bo‘ladi.
Virus RNKsi ko‘pincha bir ipli bo‘ladi, lekin genomning bir bo‘lagini tutgan ikki ipli RNKlar ham mavjud.

Bir ipli RNK to‘liq chiziqli, bo‘lakli (segmentli) chiziqli, halqasimon bo‘ladi.


Musbat genomli (RNK+) va manfiy genomli (RNK-) RNK farqlanadi.
Musbat RNK bir vaqtning o‘zida genom va axborot RNK (i-RNK) vazifasini bajaradi hamda yangi avlod genomi sintezi uchun matritsa bo‘lib xizmat qiladi.
Manfiy RNKga (RNK-) faqat genom vazifasi xos, bundan tashqari u genom va axborot RNK (i-RNK) sintezi uchun matritsa vazifasini bajaradi.
Virus nuklein kislotasining asosiy xususiyati yuqumlilik hisoblanadi, ya’ni virusning boshqa komponentlari qatnashmasa-da, u xo‘jayin hujayrasida produktiv infeksiyani chaqirishga qodirdir. YUqumlilikni viruslarning DNK si va musbat RNK si keltirib chiqaradi.
Virus oqsillari strukturali va strukturasiz oqsillarga bo‘linadi:
Strukturali oqsillar virion tarkibiga kiradi, bular:
kapsid oqsillari – kapsidni shakllantiradi;
ichki oqsillar – kapsid bilan genomni biriktiruvchi va reproduksiya jarayonida qatnashuvchi genom oqsili va fermentlar (polimerazalar);
M – qatlamni shakllantiruvchi va virion yig‘ilishining yakuniy bosqichlarida qatnashuvchi murakkab viruslarning matriks oqsili;
superkapsidning yuza oqsillari – virionning hujayra retseptorlariga birikishi va ularning hujayraga kirishiga javobgar glikoproteinlar.
Strukturasiz oqsillar reproduksiya jarayonini ta’minlash uchun zararlangan hujayrada sintezlanadi va ular virion tarkibiga kirmaydi, bular:
virusindutsirlangan fermentlar - virus genomini trasnkripsiya va translyasiyasiga xizmat qiladi
regulyator (boshqaruvchi) oqsillar
noturg‘un oqsillar – virionning strukturali oqsillarini shakllantiruvchi boshlang‘ich oqsillar
fermentlar, modifitsirlangan virus oqsillari (proteazalar, proteinkinazalar va boshqalar).
Lipidlar – zararlangan hujayraning hujayrali, yadroli va boshqa ichki membranalaridan ajralib virionning tarkibiga o‘tadi va superkapsidning asosiy komponenti hisoblanadi, virionning turg‘unligini ta’minlaydi. Detergent yoki efir bilan ishlov berish virionning buzilishiga, natijada lipidlarning yo‘qolishiga olib keladi.
Uglevodlar – hujayraviy kelib chiqishga ega va virusning yuza oqsili – glikoproteinlar tarkibiga kiradi, superkapsidning tashqi yuzasiga oqsillarni tashish vaqtida ularning glikolizlanishi hujayra fermentlari tomonidan amalga oshadi, bunda hujayra oqsillari membranadan ajralib chiqadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling