Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


VIRUSLARNING (VIRIONLARNING) TUZILISHI VA MORFOLOGIYASI


Download 0.75 Mb.
bet72/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
kuch birlikda

VIRUSLARNING (VIRIONLARNING) TUZILISHI VA MORFOLOGIYASI

Viruslar o‘lchami juda kichik, ya’ni 20 nm dan 300 (350) nm gacha bo‘ladi.

Ular sferik (sharsimon), ko‘p qirrali, tayoqchasimon, o‘qsimon, ipsimon, to‘g‘nog‘ichsimon shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Tuzilishi bo‘yicha oddiy (qobiqsiz) va murakkab (qobiqli) viruslar farqlanadi. Ikkalasining ham markazida nuklein kislota (DNK yoki RNK) molekulasi joylashadi va uni oqsil qobiq – kapsid o‘rab turadi. Bunday tuzilma – nukleokapsid deb nomlanadi.

Oddiy viruslar ichki oqsil bilan birikkan nuklein kislota va kapsiddan tashkil topgan, ya’ni nukleokapsiddan iborat.

Murakkab viruslarda nukleokapsid virionning o‘zagi hisoblanib, ustki qismida superkapsid – tashqi qobiq bilan o‘ralgan.

Membrananing ikki lipidli qavatida virusga xos bo‘lgan oqsil – glikoproteinlar joylashgan bo‘lib, o‘simtalar ko‘rinishda tashqariga chiqib turadi. Bu glikoproteinlar - gemagglyutininlar, neyraminidaza, qo‘shiluvchi oqsil va boshqalardan iborat bo‘lib, virionning hujayra retseptorlariga birikishiga va hujayraga kirishiga javobgar hisoblanadi. Ular antigenlik xususiyatiga ega (protektiv antigenlar). Ko‘plab murakkab viruslar superkapsidiga ichkaridan matriks oqsil qavati birikadi (M-qavat), ayrim viruslar boshqa qo‘shimcha tuzilmalarga ham ega (1-rasm).




Oddiy va murakkab viruslarni tuzilish sxemasi.

Himoya oqsil qobig‘i – kapsid bir xildagi oqsil subbirliklaridan tuzilgan. Kapsidning bunday tuzilishi kichik genomga ega viruslar uchun katta biologik ahamiyatga ega, chunki bunda genetik axborot kam sarflanadi. Viruslar kapsidi oqsil subbirliklarining joylashishiga bog‘liq holda spiralsimon yoki kubsimon simmetriya tipida tuzilgan.

Spiralsimon simmetriya tipida vintsimon joylashgan nuklein kislota atrofida virus nuklein kislotasini mustahkam o‘rab turuvchi, ovalsimon struktur oqsil subbirliklari (protomerlar) joylashadi. Bunday simmetriya tipida ko‘p oqsil sarflanadi, lekin tuzilma o‘zining mustahkamligi bilan ajralib turadi. SHakllangan nukleokapsid tayoqchasimon yoki ipsimon shaklida bo‘ladi. Aynan shunday shaklga spiralsimon simmetriya tipidagi oddiy viruslar ega bo‘ladi, masalan: tamaki mozaika virusi – tayoqchasimon, ayrim bakteriofaglar – ipsimondir. Odam va umurtqali hayvonlarni zararlovchi viruslar orasida spiralsimon simmetriyali oddiy viruslar uchramaydi, bu viruslar asosan o‘simliklarda uchraydi.

Spiralsimon simmetriya tipidagi murakkab viruslar (orto-; paramiksoviruslar va boshqalar) superkapsid bilan o‘ralgan zich spiral yoki yumaloq ko‘rinishdagi nukleokapsidga ega bo‘ladi, shuning uchun virion doimo sferik shaklga ega bo‘ladi.

Kubsimon simmetriya tipida tuzilgan viruslar ko‘p qirrali - ikosaedr (yigirma qirrali) ko‘rinishini hosil qiladi.

Kubsimon simmetriyada kapsid sharsimon, ba’zida prizmasimon shakllarga ega kapsomerlardan tuzilgan. Har bir kapsomer besh (pentomer) yoki olti (seksomer) struktur oqsil birliklaridan tashkil topadi. Kubsimon simmetriya asosida, kapsomerlar hosil qiladigan teng tomonli uchburchak kombinatsiyasi yotadi. Bu esa, katta ichki bo‘shliqli yopiq sferik yuzaning shakllanishiga olib keladi.

Kubsimon simmetriyadagi kapsidda spiralsimon simmetriyadagiga nisbatan oqsil kam sarflanadi, natijada u mustahkam bo‘lmaydi va nuklein kislotani to‘liq himoya qila olmaydi.

Virus kapsidlari turli sondagi kapsomerlardan iborat, lekin bir turdagi viruslar uchun kapsomerlar soni doimiy bo‘ladi. Masalan: poliomielit virusi kapsidi 32 ta kapsomerdan, gepatit V virusi kapsidi 180 ta kapsomerlardan iborat.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling