Mikrobiologiya mavzu : allergiya va anafilaksiya. Shartli potogen mikroorganizmlar


Tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar


Download 56.02 Kb.
bet2/3
Sana06.02.2023
Hajmi56.02 Kb.
#1170729
1   2   3
Bog'liq
аллергия

Tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar
Anafilaksiya (lotincha ana — qarshi, phylaxis — himoya) — bu begona antigenlarni qayta yuborilgandan keyin shok yoki unga yaqin holatni tez namoyon qiladigan yuksak sezuvchanlikdir.Anafilaksiyani yuzaga keltiruvchi moddalarning anafilaktogenlar deyiladi. Ularga begona oqsillar, bakteriya toksinlari, mikrob hujayrasining polisaxaridlari, turli xil dorivor moddalar, ya'ni to'la qimmatli antigenlar va gaptenlar kiradi.
Anafilaksiya mexanizmi. Anafilaktogen (masalan, ot zardobi dengiz cho'chqachasiga yuborilganda) birinchi safar yuborilganda o'ziga xos sensibilizatsiyani yuzaga keltiradi. Antitelolar (loE) hosil bo'ladi, ular 10—12 kundan keyin maksimal titrda to'planadi. Bu antitelolar qonda aylanib yurib qisman hujayra tanasiga singadi. Begona oqsilning sensibilizatsiyani yuzaga keltiruvchi birinchi dozasini sensibilizatsiyalovchi doza deyiladi. Bu uncha katta boimagan dozadir (dengiz cho'chqachasi uchun ot zardobidan 0,01—0,001 ml) Sensibilizatsiya antigenni parenteral (oshqozon-ichak yo'li) yuborilganlganda yuzaga keladi. Lekin u antigen ichak yoki o'pka shilliq qavati orqali o'tayotganda ham yuzaga kelishi mumkin. Yuzaga kelgan allergik nolat uzoq vaqt bir necha oy va hatto yillab saqlanishi mumkin.
Ana shu anafilaktogenni qayta yuborilganda tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiya turi — anafilaktik shokni yuzaga keltiradi, uning ta’sirida hayvon nobud bo'ladi. Anafilaktik shokning kelib chiqish shartlari quyidagilardan iborat:
1..Qayta yuboriladigan doza sensibilizatsiyalovchi dozadan 100 marta ortiq bo'lishi lozim.
2.Bu doza to'g'ridan-to'g'ri qonga yuborilishi lozim.
Anafilaksiya patogenezida organizmga begona oqsil yoki bosh anafilaktogen kirganda unga javoban hosil bo'lgan antitelo asosiy roi o'ynaydi. Bu antitelolar qisman hujayra — nishon deb nomlarma! hujayralarda adsorbsiyalanadi. Allergenning hal qiluvchi dozasini qayta yuborilganda, u shu hujayra yuzasidagi antitelolar bilan reaksiyaga kirishadi, hujayra membranasining yaxlitligi buziladi. Bu hujayradan ko'plab gistamin moddasining ajralishiga va anafilaktik shokni yuzaga kelishiga olib keladi. Qonda aylanib yurgan antitelo va antigenlarnim bog'lanishi pretsipitatlarning hosil boiishiga sabab bo'ladi, shuningdek, mediatorlar faolligini yuzaga keltiradi.

Download 56.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling