Mikrobiologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/40
Sana03.03.2020
Hajmi1.38 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
kana, burga, chivin va b.), infeksiya mikrobi qonda bo‘lganda, shu
usulda yuqadi. Bunga bezgakning Anofeles chivinlari orqali yuqishi,
toshmali va qaytalama tiflarning bit orqali yuqishi misol bo‘la oladi.
6. Mexanik yo‘l — pashsha, suvaraklar orqali yuqishi. Ular o‘z
oyoqlarida qo‘zg‘atuvchilarni tashiydi. Masalan, gepatit, dizenteriya
va b.
7.  Infeksiya  tuproq  orqali  o‘tishi  mumkin,  masalan,  qoqshol,
gazli gangrena shu orqali tarqaladi.
8. Vertikal yo‘l orqali — ona homiladorlik vaqtida yuqumli kasallik
bilan kasallansa, homila ham shu kasallik bilan kasallanishi mumkin,
masalan, gepatit, sil, zaxm va b.
Kirish  darvozalari — bu  patogen  mikroorganizmlarni  xo‘jayin
organizmiga  kiradigan  a’zo  va  to‘qimalar.  Masalan,  ich  terlama
qo‘zg‘atuvchisi faqat og‘iz orqali tushgandagina, gonokokk qo‘zg‘a-
tuvchisi faqat ko‘z va jinsiy yo‘l shilliq qavatiga tushgandagina kasallikni
keltirib chiqaradi. Agar boshqa yo‘l orqali organizmga kirsa, kasallik
keltirib chiqarmaydi va mikroorganizmlar nobud bo‘ladi.
Ayrim mikroorganizmlar, masalan, toun (chuma), tulyaremiya,
kuydirgi xo‘jayin organizmning turli qismlaridan kirib, kasallik keltirib
chiqarishi mumkin. Bunday hollarda kirish darvozalari bu kasallikning
shakllarini belgilab beradi (teri, o‘pka, ichak shakllari va b.).
Organizmning kirish  darvozalari  ikkiga bo‘linadi: teri va shilliq
qavatlar.  Jarohatlangan  teri  orqali  organizmga  qo‘zg‘atuvchi  kirib
kasallikni keltirib chiqaradi, masalan, qoqshol, gazli gangrena va b.
Jarohatlanmagan teri (teri teshikchalari) orqali organizmga mikroor-
ganizm kirib, kasallik keltirib chiqaradi. Masalan, furunkul, karbunkul,
milkak va b.
Shilliq qavatlar — ko‘z shilliq qavati orqali (masalan, konyunk-
tiva), quloq shilliq qavati (otit), burun shilliq qavati (griðp), og‘iz
shilliq  qavati  (ich  terlama),  jinsiy  a’zolar  shilliq  qavati  (zaxm)
orqali organizmga mikroblar kirib, kasallik keltirib chiqaradi.
Organizmga kirgan qo‘zg‘atuvchilar limfogen, gematogen, nerv
tolalari va to‘qimalar orqali tarqaladi.
Infeksion kasalliklarning kechish
dinamikasi
Infeksion  kasalliklar  dinamikasi  bir  necha  davrlar  yig‘indisini
tashkil etadi. Infeksion kasalliklar boshqa «yuqumsiz» bilangina emas,
balki qanday o‘tishi va klinik belgilari bilan ham farq qiladi. Infeksion
kasalliklar infeksiya yuqqandan keyin darrov yuzaga chiqmaydi, bu

99
yashirin davr, deb ataladi. Bu qo‘zg‘atuvchisi organizmga kirganda,
toki, biron-bir kasallik belgilari paydo bo‘lguncha davrni o‘z ichiga
oladi.  Bu  davrda  qo‘zg‘atuvchilar  organizmda  bo‘linib  ko‘payadi,
toksinlari to‘planadi. Bu davr turli kasalliklarda turlicha muddatda o‘tadi.
Masalan, qorin tifi — 14 kun, skarlatina (qizilcha) va bo‘g‘mada 5—7
kun,  ko‘kyo‘talda  —  8  kun,  qizamiqda  10—11  kun,  griðpda  2—3
kun, quturishda oylab va moxov kasalligida 30 yillab cho‘ziladi.
Inkubatsion (yashirin) davrdan keyin darak beruvchi simptomlar
(prodromal) davri boshlanadi. Bu davrda barcha kasallikka xos klinik
belgilar namoyon bo‘ladi (bosh og‘rishi, harorat ko‘tarilishi, holsizla-
nish, toliqish, ishtaha yo‘qolishi va b.). Bu davr bir necha soatdan
3 kungacha davom etadi. Bu davrda taxminiy tashxis qo‘yiladi. Asosiy
klinik belgilarning rivojlanish davri har bir mikroorganizm turiga qarab,
har qanday kasallikning o‘ziga xos klinik belgilari yuzaga keladi. Bu
davrda ko‘pincha harorat ko‘tarilishi, nafas a’zolari, hazm qilish a’zolari,
yurak-qon tomir sistemasi funksiyasining buzilishi, toshma toshishi,
qon tarkibining o‘zgarishi va boshqalar yuzaga keladi. Infeksiya  turiga
qarab, bu davr turlicha muddat davom etadi.
Infeksion kasalliklar klinik tekshirishlar yo‘li bilan emas, labo-
ratoriyada (mikrobiologik) tekshirish usullarini tatbiq etish yo‘li bilan
ham aniqlanadi. Bundan tashqari, laboratoriyada tekshirish usullari
infeksion kasallikni barvaqt aniqlashga imkon beradi, bu esa bemorni
sog‘lom kishilardan o‘z vaqtida ajratish uchun shartdir.
Sog‘ayish davri — kasallik belgilarining yo‘qolishi organizm fiziologik
funksiyasini tiklanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik to‘la tuzalishi,
vaqtida davolanmagan va o‘zboshimchalik bilan davolangan hollarda
surunkali shaklga o‘tishi, o‘lim yoki nogironlik bilan tugashi mumkin.
Infeksion jarayonning shakllari
Qo‘zg‘atuvchining organizmga kirish yo‘liga qarab, ekzogen va
endogen  infeksiyalar  tafovut  etiladi.
Ekzogen infeksiya — organizmga tashqi muhitdan qo‘zg‘atuvchi
tushishi natijasida yuzaga keladigan infeksiya.
Endogen infeksiya (autoinfeksiya) organizmning o‘zidagi mikroor-
ganizmlar ta’sirida yuzaga keladigan infeksiyadir.
Bunday qo‘zg‘atuvchi organizmga kerakli flora tarkibida uchray-
di. Ular organizmning himoya xossasi susayganda kasallik kelib chiqishga
sababchi  bo‘lib  hisoblanadi.
Kasallikning kechish muddatiga ko‘ra, o‘tkir va surunkali infek-
siyalarga  bo‘linadi.  O‘tkir  infeksiya  qisqa  vaqt  (bir  haftadan  bir

100
oygacha)  davom etishi bilan xarakterlanadi. Masalan, griðp, qizamiq,
vabo, ich terlama va b. Surunkali infeksiya uzoq vaqt (oylab, yillab)
davom etadi. Masalan, bezgak, zaxm, sil, brutselloz va b. Agar infek-
siya bir turdagi mikroorganizm ta’sirida kelib chiqsa, monoinfeksiya
deyiladi. Organizmga bir vaqtning o‘zida 2—3 xil mikrob yuqishi natijasida
kelib chiqadigan infeksiyaga aralash infeksiya  deyiladi.
Asosiy kasallikka (masalan, griðpga) qo‘shimcha boshqa infeksiya
qo‘zg‘atuvchisi  yuqishi  (masalan,  stafilokokk  yoki  streptokokk)
natijasida yuzaga keladigan infeksiyaga ikkilamchi infeksiya deyiladi.
Biror  infeksiyani  boshdan  kechirgan  kishi  shu  kasallikning  takror
yuqishi natijasida yana o‘sha infeksiya bilan kasallansa, reinfeksiya
deyiladi, masalan, saramas, so‘zak va b.
Retsidiv — organizmda qolgan qo‘zg‘atuvchilar  hisobidan kasallik
belgilarining qaytarilishidir (masalan, qaytalama tif, bezgak va b.), bunda
organizmga  qaytadigan  qo‘zg‘atuvchi  tushmaydi.  Birlamchi  infeksiya
tugaguncha  shu  infeksiyani  qo‘zg‘atgan  mikrob  turi  takror  yuqsa,
superinfeksiya  deyiladi,  masalan,  bezgak.  Ayrim  infeksion  kasalliklar
yashirin, kasallik belgilarisiz o‘tishi mumkin. Infeksiyaning bunday
turi latent infeksiya deyiladi, masalan, sil kasalligi belgisiz o‘tadi.
Kasallikning yana bir belgisiz o‘tadigan turi mikrob tashuvchanlik
hisoblanadi. Bu kasallikdan so‘ng klinik tuzalish davri boshlanadi,
kasallanib  o‘tgach  organizmda  qo‘zg‘atuvchilar  qoladi  va  tashqi
muhitga chiqariladi. Masalan, ich terlama, dizenteriya tayoqchalarini
tashuvchilar. Ayrim hollarda mikrob tashuvchi bemor yoki patogen
mikroblar kasallik tashuvchilar bilan kontaktda bo‘lganda, sog‘lom
odamlarda ham yuzaga kelishi mumkin.
Organizmda qo‘zg‘atuvchining joylashishiga ko‘ra, quyidagilarga
bo‘linadi:  infeksiya  o‘chog‘i  —  mikroblar  mahalliy  joylashadi,  bu
joydan tashqariga tarqalmaydi. Masalan, angina, furunkulyoz va b.
Umumlashgan  (tarqalgan) — mikrobning  agressiv  kuchi  organizm-
ning himoya mexanizmini yengib, qo‘zg‘atuvchi mahalliy o‘choqdan
chiqib butun organizmga tarqaladi.
Infeksiya qo‘zg‘atuvchisining ma’lum vaqtda qonga o‘tib tarqalishi,
lekin bo‘linib ko‘paymaslik holatiga bakteriyemiya deyiladi. Infeksiya
qo‘zg‘atuvchisining qonda uzoq vaqt saqlanib, bo‘linib ko‘payishiga
sepsis yoki septitsemiya (lotin. sepsis — yiringli qon) deyiladi. Masalan,
toun, kuydirgi, yiring chaqiruvchi kokklar va b.  Sepsisda kasallik belgilari
bir xil bo‘ladi, qo‘zg‘atuvchining turiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Sepsis natijasida turli xil a’zolarda yiringli o‘choqlar hosil bo‘ladi,
bu  septikopiyemiya  deyiladi.  Qonda  toksinlarning  aylanib  yurishi
toksinemiya, viruslarning aylanib yurishi virusemiya deyiladi.

101
Infeksion  kasalliklarning  tarqalish
yo‘llari
Infeksion kasalliklar yuqumliligi bilan tavsiflanadi va aholi orasida
keng tarqalishi mumkin. Yuqumli kasalliklar aholi orasida to‘rt shaklda
tarqaladi.
Epidemiya — infeksiyaning  ma’lum  hududda  (tuman,  qishloq,
shirkat  xo‘jaligi, shahar) tarqalish shakliga aytiladi. Epidemiya haddan
tashqari keng tarqalib, butun mamlakatlarni va hatto qit’alarni o‘z
girdobiga olsa, pandemiya deyiladi. Masalan, X va XIV asrda toun
pandemiyalari, XIX asrda Osiyo vabosining bir necha pandemiyalari
bo‘lgan. 1918—1919-yillarda griðp pandemiyasi (ispanka) ro‘y berib,
butun dunyo bo‘yicha 20 mln.dan ortiq kishi o‘lgan, 1957-yilda esa
yer  yuzi  aholisining  qariyb 
1
/
3
  qismi  griðp  bilan  og‘rigan.  XX  asr
vabosi bo‘lmish OITS ham, 2000-yildagi griðpning tarqalishi ham
bunga misol bo‘la oladi.
Infeksion kasalliklarning yakka-yakka uchraydigan turiga sporadik
tur deyiladi, masalan, qoqshol, gazli gangrena va b.
Nihoyat,  infeksion  kasalliklarning  yana  bir  tarqalish  shakli —
endemiya ham bor. Muayyan joyda infeksiya manbai borligiga ko‘ra
yoki  infeksiyani  tashuvchi  hasharot  o‘sha  joyda  o‘zi  uchun  qulay
sharoit topganligiga ko‘ra, ana shu joyda infeksiyaning uzoq davom
etishi epidemiya deyiladi. Ba’zi joylarda bezgak (Anafeles) chivinlarining
bolalashi uchun qulay botqoqliklar borligi, yomon jarohat, pappata-
chi isitmasi (iskabtopar chivinlar, flebotomuslar borligi) va boshqa
kasalliklarning epidemiya shaklida tarqalganligi misol bo‘la oladi.
Infeksion kasalliklarning paydo bo‘lish va tarqalish sabablarini
o‘rganish boshqa infeksiyalarni yo‘q qilish imkonini beradi. Aholini
sog‘lomlashtirishga  qaratilgan  profilaktik  tadbirlar,  infeksiyaning
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan sharoit tug‘dirish — eng asosiy vazifadir.
Aholi yashaydigan joylarni sanitariya jihatidan obod qilish, suv
manbalarini  qo‘riqlash,  oziq-ovqatlarni  sanitariya  nazoratidan
o‘tkazish,  infeksion  kasalliklarni  barvaqt  aniqlash,  bemorlarni  tez
ajratib qo‘yish va kasalxonaga yotqizish, tevarak-atrofdagi kishilarni
tekshirib,  batsilla  tashuvchilarni  aniqlash  kabi  umumiy  tadbirlar
infeksion kasalliklarga qarshi kurashda birinchi darajali ahamiyatga
ega.
Bemorning  chiqindilarini,  buyumlarini,  binoni  dezinfeksiya
qilish, dezinfeksiya (infeksiya tashuvchi hasharotlarni yo‘q qilish) va
deratizatsiya (kemiruvchilarni yo‘q qilish) katta ahamiyatga ega.
Aholi o‘rtasida sanitariya maorifini keng yo‘lga qo‘yish g‘oyat
muhim  tadbirlardan  hisoblanadi.  Sanitariya  maorifining  vazifasi

102
infeksion kasalliklarning mohiyatini, sabablarini, tarqalish yo‘llarini
va oldini olish usullarini, xususan, shaxsiy gigiyena, ayniqsa, qo‘lni
toza tutish, turar joy, hovli va tevarak-atrofdagi hududni sanitariya
jihatidan obod qilishning ahamiyatini, sanitariya postlarning rolini va
shunga o‘xshashlarni tushuntirib berishdan iborat.
1. Infeksion jarayon nima?
2. Patogenlik va virulentlik nima?
3. Ekzo- va endotoksinlar qanday farqlanadi?
4. Infeksiya qo‘zg‘atuvchisining tarqalish mexanizmi qanday?
5. Infeksion jarayonning kelib chiqishi va kechishida mikroorganizm-
lar, tashqi muhit omillari qanday rol o‘ynaydi?
6. Infekson kasalliklarning rivojlanish dinamikasi qanday?
Biologik tekshirish usullari
Laboratoriya hayvonlari ustida olib boriladigan tekshirish usuliga
biologik  tekshirish  usuli  deyiladi.  Bu  tekshirishlarning  maqsadi:
tekshirish materiallaridan mikroorganizmlarni ajratib olish, ayniqsa,
oziqa muhitga ekib ajratib olishning iloji bo‘lmagan hollarda, masalan,
virusli kasalliklar, rikketsiya va mikroblar bilan ifloslangan tekshirish
materiali, sof kulturani ajratib olish, sun’iy oziqa muhitida mikrob-
larning  bo‘linib  ko‘payishi,  ajratib  olingan  mikroorganizmlarning
xossalari (virulentlik va b.)ni aniqlashning iloji bo‘lmagan hollarda bu
usul qo‘llaniladi.
Eksperimental  yuqtirish  ayrim  infeksion  kasalliklarni  tiklash,
infeksiya va immunitetga tegishli qator savollarning yechimini topishda,
immunologik preparatlarning beradigan natijalarini, ularning reaktivlik
va ogohlantiruvchi xossalarini aniqlashga yordam beradi.
Laboratoriya  hayvonlarini  tanlashda,  uning  tekshirilayotgan
infeksiyaga sezuvchanlik darajasini e’tiborga olish, bu qo‘zg‘atuvchi
tabiiy sharoitda uning organizmida kasallik keltirib chiqarmasligini
bilish  lozim.
Laboratoriya  hayvonlarining  turlari
Òajriba  uchun  ko‘pincha  oq  sichqonlar,  kalamushlar,  dengiz
cho‘chqachalari, quyonlar tanlanadi. Ayrim maxsus tekshirishlarda
laboratoriya hayvonlaridan maymunlar, mushuklar, itlar, otlar, yirik
va mayda shoxli hayvonlar, yovvoyi hayvonlar (olmaxon, yumron-
qoziq,  yovvoyi  kalamushlar,  dala  sichqoni),  shuningdek,  qushlar
?
Nazorat  uchun  savollar

103
(tovuq, kaptar va b.) tanlanadi. Maxsus laboratoriyalar ham mavjud
bo‘lib,  ularda  aseptik  sharoitda  o‘stirilgan  mikrobsiz  hayvonlarda
tekshirish ishlari olib boriladi. Mikroorganizmlarning mikrobsiz hayotini
o‘rganadigan fanga «Gnotobiologiya» deyiladi. Òekshirish maqsadlaridan
biri shuki, mikroorganizmlarda fiziologik va patologik jarayonlarda
normal hamda o‘zgargan mikrofloraning rolini o‘rganishdir.
Laboratoriya hayvonlarini saqlash
Òajriba uchun qo‘llaniladigan hayvonlar maxsus sharoitlarda saq-
lanadi.  Buning  uchun  maxsus  xona—vivariy  mavjud.  Vivariyda
laboratoriya hayvonlari qafaslarda yoki bankalarda saqlanadi. Har bir
tur hayvon alohida saqlanadi. Vivariy xonasi issiq, yorug‘ va quruq
bo‘lishi lozim. Ularni tabiiy sharoitda parvarish xonalarida urchitiladi.
Parvarishxonadan keltirilgan hayvonlar karantin xonasiga o‘tkaziladi.
Vivariy  qator  maxsus  va  qo‘shimcha  xonalar:  karantin,  sog‘lom
hayvonlar saqlanadigan, yuqtirish va jarrohlik xonasi, oshxona va boshqa
xonalardan iborat.
Òalabga javob beradigan vivariy xonalarining ikki eshigi bo‘lishi
lozim,  bundan  infeksiya  tarqalib  ketgan  hollarda  foydalaniladi.
Hayvonlarning umumiy holati har kuni tekshirib turiladi. Ulardagi
barcha o‘zgarishlar (holsizligi, ishtahasining yo‘qligi, infiltrat hosil
bo‘lishi) yoki ularning nobud bo‘lishi maxsus jurnalga yozib qo‘yiladi.
Vivariy xonalarini tozalashga maxsus kiyimlar: xalat, fartuk, rezina
qo‘lqop, ro‘mol va shiðpak kerak bo‘ladi. Agar o‘ta xavfli infeksiya
bilan ishlanayotgan bo‘lsa, qo‘shimcha kleyonkali fartuk, rezina etik,
yengcha,  niqob  ko‘zoynaklar  kiyilishi  lozim.
Òozalashni qafas va bankalardagi kasallangan  va o‘lgan hayvonlarni
ko‘rishdan  boshlanadi.  So‘ng  suv  va  ovqat  solingan  idishlar  olinib,
ovqat  qoldiqlaridan  tozalanadi,  yaxshilab  yuviladi,  shisha  idishlar
qaynatiladi. Shundan so‘ng maxsus metall qirg‘ichlar bilan qafasdagi
axlat tozalanadi va ovqat solinadigan idishlar joyiga qo‘yiladi. Haftasiga
bir marta qafas va bankalar issiq suv bilan yuvilishi, dezinfeksiya qilinishi
yoki avtoklavda zararsizlantirilishi lozim. Qafaslar tozalangandan so‘ng
xona tozalanadi. Shundan so‘ng barcha axlatlar pechkada yondiriladi.
O‘lgan  hayvonlar  yoriladi  va  ular  ham  nazoratchilar  (shifokor  yoki
laborant) yordamida hamda ishtirokida yondiriladi. Vivariyda ishlaydigan
xodimlar qo‘llarini yaxshilab dezinfeksiya qilishlari va yuvishlari lozim.
Hayvonlarni  ovqatlantirish
Hayvonlarni to‘liq va to‘g‘ri ovqatlantirish katta ahamiyatga ega.
Har bir tur hayvonni ovqatlantirish me’yori Sog‘liqni saqlash vazir-

104
ligi tomonidan ishlab chiqilgan me’yor asosida ovqatlantiriladi. Bu
me’yorga  donli  aralashmalar,  sabzavot-mevalar,  xashak,  pichan,
hayvon mahsulotlari va boshqalar kiradi.
Mahsulotlar miqdori va xarakteri hayvonning turiga, tajribaning
maqsadiga bog‘liq. Hayvonlarni yaxshi saqlamaslik, to‘g‘ri va to‘liq
ovqatlantirmaslik ularni kasallikka moyil qilib qo‘yib, tajriba noto‘g‘ri
chiqadi.
Hayvonlarni tajribaga tanlash va tayyorlash
Òajribaga  har  qanday  hayvonni  bir  parvarish  xonasidan  olgan
ma’qul. Òajribaga ma’lum tur, zot, jins, yosh va bir xil og‘irlikdagi
hayvonlar tanlanadi. Òanlangan hayvonlar toza qafas yoki bankaga
solinadi.
Qafas  ichiga  xashak  yoki  qiðiq  solinadi.  Mayda  hayvonlarni,
masalan, oq sichqonlarni 5—6 tadan qilib qafasga solishimiz mumkin.
Hayvonlar boshqa xonalarga qafas yoki bankalarga solib olib chiqiladi.
Òajribadan  oldin  hayvonlarning  og‘irligi  va  harorati  o‘lchanadi.
Haroratni  o‘lchash  uchun  simobli  termometr  ishlatishdan  oldin  u
zararsizlantiriladi, quruq qilib artiladi va vazelin surtib, to‘g‘ri ichakka
kiritiladi. Òermometrni kiritish chuqurligi hamma hayvonlarda bir xil,
masalan, dengiz cho‘chqachalarida 3,5 sm. Shuning uchun termometr
rezinali halqasigacha kiritiladi. Harorat 5 daqiqa davomida o‘lchanadi,
natija maxsus jurnalga yoziladi.
Hayvonlarga belgi (markirovka) qo‘yish
Òajribaga olingan har bir hayvonga turiga qarab belgi qo‘yiladi.
Masalan, oq sichqon va kalamushlarga turli qismlari — boshi, yelkasi,
oldingi o‘ng oyog‘i, chap oyog‘i va boshqa qismlari to‘yingan spirtli
bo‘yoqlar — fuksin, gensian binafshasi, kaliy permanganat, xrizoidin
va boshqa bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladi. Bo‘yalgan qismi jurnalga
raqam bilan yozib qo‘yiladi. Masalan, oldingi o‘ng oyog‘i — ¹ 3.
Yirik  hayvonlar,  masalan,  quyon,  dengiz  cho‘chqachalari  va
boshqalarning esa quloqlariga uch raqamli metall tamg‘achalar taqiladi.
Bu tamg‘achalarning markazi kengaygan va ikki chetida uchli tishcha-
lari bo‘ladi. Òamg‘ani quloqqa taqishdan oldin 2—3 soat spirtga solib
qo‘yiladi va hayvonning qulog‘i spirt bilan artiladi, so‘ngra quloqqa
taqiladi va ikki chetidagi tishlari bilan mahkamlanadi. Parrandalar va
qushlarning oyog‘iga raqam yozilgan halqachalar taqiladi.

105
Laboratoriya  hayvonlarini  zararlash
Òajriba o‘tkazishdan oldin hayvonlar qafaslardan olinadi. Ular
tishlab  yoki  tirnab  olmasliklari  uchun  kalamush  va  sichqonlar
dumidan ushlanadi, quyon va dengiz cho‘chqachalari esa yelka teri-
sidan ushlanadi. Harakatini chegaralash uchun ular fiksatsiya qilinadi,
buning uchun turli xil taxtalar, qutili bokslar, plastinkalar va boshqalar
qo‘llaniladi.
Òekshirish  materiali  hayvonning  qayeriga  yuborilishiga  qarab
tanlanadi. Masalan, quyonning quloq venasiga modda yuboriladigan
bo‘lsa, boshi chiqib turadigan qutili boksdan, qorniga yuboriladigan
bo‘lsa, taxtadan, oyog‘iga yuboriladigan bo‘lsa, turli qismlari ochiladi-
gan qutili bokslardan foydalaniladi.
Oddiy usullardan biri sochiqqa o‘rab fiksatsiya qilishdir. Sichqon-
larni dumidan ushlab aylantirilganda, ular boshi aylanganidan hara-
katlana olmaydi. Shundan chap qo‘l bilan sichqonning yelka terisidan
ushlanib, kichik barmoq bilan esa dumi siqiladi. Bu maqsadda boshqa
usullardan  ham  foydalanish  mumkin.  Laboratoriya  hayvonlarini
zararlash uchun qo‘llaniladigan asboblar (igna, shpris, pinset, skalpel
va b.) sterilizatsiya qilingan bo‘lishi kerak.
1. «Biologik usul» deb nimaga aytiladi?
2. Laboratoriya hayvonlarini tajribaga tayyorlashda nimalarga e’tibor
berish  lozim?
3. Òajribaga qanday hayvonlar olinadi?
4. Vivariy xonasi qanday talablarga javob berishi va qanday bo‘limlardan
iborat bo‘lishi kerak?
5. Laboratoriya hayvonlari qanday belgilanadi?
6. Laboratoriya hayvonlari nima uchun va qanday fiksatsiya qilinadi?
7. Hayvonlarni zararlash uchun asboblar qanday tayyorlaniladi?
Laboratoriya hayvonlarini zararlash usullari
Òekshirish  materiallarini  teri  osti,  teri  ichi,  teri  usti,  mushak
orasi,  qorin  bo‘shlig‘i,  venaga,  og‘iz  orqali,  nafas  yo‘li  orqali,
ko‘z va boshqalarga yuboriladi.
Òekshirish materialidan teriga yuborishdan oldin, albatta, hayvon
juni olib tashlanishi lozim. So‘ngra teri yoki yodning spirtli eritmasi
bilan yaxshilab artiladi va zararlovchi material yuboriladi.
?
Nazorat  uchun  savollar

106
Ò e r i   o s t i g a .   Quyonlarning  yelka  qismi,  dengiz  cho‘chqa-
chalarining qorin yoki biqin terisi ostiga, sichqon va kalamushlarning
yelka qismi terisi ostiga yuboriladi. Òanlangan qismdagi teri ikki barmoq
markaziga ushlab olinib, biroz yuqori ko‘tariladi, buklama markaziga
tekshirish materiali yuboriladi.
Ò e r i  i c h i g a — bu usuldan allergik sinamalarini qo‘yishda keng
foydalaniladi.  Ko‘rsatkich  va  katta  barmoqlar  yordamida  teri
taranglashtiriladi va ignaning kesilgan qismi yuqoriga burchak hosil
qilib kiritiladi. Dori yuborilgan joyda biroz shish hosil bo‘ladi va u tez
tarqab  ketadi.
Ò e r i   u s t i g a  material tomizilib, teri maxsus kesuvchi uskuna
bilan qirqiladi.
M u s h a k  o r a s i g a  y u b o r i s h .  Òekshirilayotgan material son
muskuli orasiga yuboriladi. Buning uchun chap qo‘lning ko‘rsatkich
va  bosh  barmog‘i  bilan  muskul  ushlanib,  o‘ng  qo‘l  bilan  burchak
ostida igna kiritiladi.
Q o r i n  b o ‘ s h l i g ‘ i g a  y u b o r i s h . Bunda hayvonning boshi
pastga qilib ushlanadi (ichki a’zolari diafragmaga yaqinlashishi uchun).
Igna qorinning pastki qismiga kiritiladi, o‘rta chiziqdan  biroz  chek-
lanish lozim, bu ichakni zararlanishdan saqlaydi.
V e n a  i c h i g a  y u b o r i s h .  Bunda hayvon turiga qarab vena
tanlanadi: quyonlarning quloq venasiga, sichqon va kalamushlarning
dum venasiga, dengiz cho‘chqachasining yuragiga yuboriladi, chunki
ularning venasiga tushib  va  uni topib bo‘lmaydi. Dengiz cho‘chqa-
chasining yuragiga dori yuborish uchun avval barmoq yordamida
igna kiritiladi. Igna yurakka kirganda shprisda qon ko‘rinadi, shunda
tekshirish materialini yuborish mumkin bo‘ladi. Vena va yurakka
material yuborilayotganda shprisda havo bo‘lmasligi kerak.
H a z m   q i l i s h   a ’ z o s i g a   y u b o r i s h . Buning bir qancha
usullari bor. Masalan, tekshirish materiali oziq-ovqatga aralashtirib
yedirilishi, zond yordamida yuborilishi mumkin.
N a f a s  y o ‘ l i  o r q a l i  y u b o r i s h .  Òekshirish materiali shpris
yordamida  burun  bo‘shlig‘iga  yuboriladi.  Efirga  namlangan  paxta
hayvonga hidlatiladi, bunda hayvon chuqur-chuqur nafas oladi va
burunga tomizilgan materialni ham nafas yo‘liga kiritadi.
Ikkinchi usulda hayvon osmonga qaratib yotqiziladi va tekshirish
materiali piðetkada uning burun bo‘shlig‘iga tomiziladi.
K o ‘ z  s h i l l i q  p a r d a s i g a  y u b o r i s h .  Birinchi usulda ko‘z
qovog‘i ochilib, piðetkada tekshirish materiali tomiziladi. Ikkinchi
usulda  igna  yordamida,  konyunktiva  ostiga  tekshirish  materiali

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling