Mikrobiologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/40
Sana03.03.2020
Hajmi1.38 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Patogenligi.  Leptospira  bilan  kemiruvchilar  kasallanadi,  lekin
ular bilan yirik va mayda shoxli hayvonlar, cho‘chqa, it, qo‘shtuyoq-
lilar va hatto, yovvoyi hayvonlar ham kasallanishi mumkin. Hayvonlarda
kasallik surunkali shaklda o‘tadi.
Laboratoriya hayvonlaridan leptospiralarga dengiz cho‘chqachasi,
tillarang olmaxonlar sezgirdir. Lekin ularda kasallikni leptospiralarning
ayrim serovarlarigina keltirib chiqarishi mumkin. Kemiruvchilarda ham
kasallik surunkali shaklda o‘tadi va leptospiralar ularning siydigi bilan
ajraladi.
Infeksiya manbai. Infeksiya manbai bo‘lib kasal qishloq xo‘jalik
hayvonlari va kemiruvchilar (asosan, kalamushlar) hisoblanadi. Ular

304
siydigi  bilan  atrofidagi  tuproq,  ochiq  suv  havzalari  (quduq,  ariq,
hovuz),  oziq-ovqatlarni  ifloslantiradilar.
Òarqalish  yo‘li.  Leptospiralar  ifloslangan  suvda  turli  xil  ishlar
olib borilganda, cho‘milganda, kasal hayvonlarni parvarish qilganda,
ifloslangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilganda yuqadi.
Patogenezi. Qo‘zg‘atuvchi organizmga jarohatlangan teri va ko‘z,
og‘iz shilliq pardalari orqali kiradi. Òeri va shilliq qavatlarda birlamchi
belgilar yuzaga kelmaydi.
Leptospiroz sariqlik va sariqsiz shaklda o‘tadi. Organizmga kirgan
leptospiralar limfa yo‘li orqali qonga o‘tadi va qon bilan tanaga tarqaladi.
Parenximatoz  a’zolarga  tushadi,  jigar  va  buyrakda  joylashib  oladi.
Shu vaqt ichida organizmda leptospiralarni parchalovchi antitelolar
hosil bo‘ladi.
Leptospiralar parchalanayotgan vaqtda zaharli modda ajraladi va
bu toksin intoksikatsiya va parenximatoz a’zolarda qon quyilishini
yuzaga keltiradi. Og‘ir hollarda sarg‘ayish va  buyrak funksiyasining
o‘tkir buzilishi (nefrit) hosil bo‘ladi. Leptospiralarga sezgir hayvonlarda
ham buyrak funksiyasining buzilishi yuzaga keladi. Yengil shakllarida
parenximatoz  organlarni  shikastlanganligini  maxsus  usullarda  tek-
shirilgandagina aniqlash mumkin.
Immuniteti. Agglutinin va spiroxetolizinlarning hosil  bo‘lishiga bog‘liq
bo‘lib, 3—4 hafta ichida antitelolar miqdori eng yuqori konsentratsiyaga
(1:1000 va undan yuqori) yetadi. Immunitet uzoq vaqt saqlanadi.
Profilaktikasi.  Kemiruvchilarga  qarshi  tadbirlar,  botqoqliklarni
quritish, oziq-ovqat mahsulotlarini sichqon va kalamushlar chiqindisi
bilan  ifloslanishdan  saqlash  choralarini  amalga  oshirish.  Qishloq
xo‘jaligi  hayvonlarini emlab turish lozim.
Maxsus profilaktikasi bo‘yicha infeksiya o‘chog‘ida ishlayotgan
xodimlarni  emlash  lozim.  Ayrim  leptospiralarning  serovarlarini
qizdirish yo‘li bilan olingan o‘lik leptospiroz vaksinasi qo‘llaniladi.
Davosi.  Penitsillin,  tetratsiklin,  leptospirozga  qarshi  immuno-
globulin (keng tarqalgan leptospira seroguruhlaridan tayyorlangan)lar
qo‘llaniladi.
1. Leptospiralarning morfologik va kultural xossasini bayon eting.
2. Leptospiralarning chidamliligini bilasizmi?
3. Leptospiralarning patogenligi, infeksiya manbai va tarqalish yo‘llari
qanday?
4. Leptospiroz patogenezini izohlang.
5. Leptospirozda immunitet qanday antitelolar hisobiga hosil bo‘ladi?
?
Nazorat  uchun  savollar

305
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALLARI
1. Qon.
2. Siydik.
3. Orqa miya suyuqligi.
4. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari.
5. Murdalardan material.
Tekshirish  materialini  to‘plash
Kasallikning  birinchi
Steril shpris yordamida bilak venasidan
kunlarida qon olinadi.
5 ml olinadi.
Siydik.
Steril kateter bilan steril idishga olinadi.
Orqa miya suyuqligi.
Maxsus igna yordamida steril
idishga olinadi.
Suv,  oziq-ovqatlar.
«Sanitariya mikrobiologiyasi» bo‘limi-
ga qarang.
Asosiy  tekshirish  usullari
1. Mikroskopik.
2. Bakteriologik.
3. Serologik.
4. Biologik.
Mikroskopik usul. Kasallikning 5—7-kunlari qon olinadi. Bemor
qonidan  1—2  ml  olib  natriy  sitrati  bilan  aralashtiriladi  va  1  soat
davomida tindiriladi. Aralashmaning yuza qismidan Paster piðetkasida
1  tomchi  olib  yog‘sizlantirilgan  buyum  oynachasiga  tomiziladi  va
uning usti oynacha bilan yopilib, mikroskopning qorong‘ilashtirilgan
maydonida tekshiriladi. Siydik, orqa miya suyuqligi sentrifuga qilinadi,
cho‘kmasidan surtma tayyorlab, mikroskop ostida tekshiriladi.
Bakteriologik usul. Òekshirish materiallari Ulengut oziqa muhiti
quyilgan 3—5 ta probirkaga ekiladi. Probirkalarni 18—30°C haroratda
3 oyga termostatda qoldiriladi. Leptospiralar oziqa muhitda o‘sgan
bo‘lsa ham muhit tiniq qoladi. Shuning uchun har 5—6 kunda oziqa
muhitidan  olib  ezilgan  tomchi  preparati  tayyorlab,  qorong‘ilashgan
maydonda  tekshirib  turiladi.  Har  bir  probirkadan  3  tadan  preparat
tayyorlash lozim.
Serologik  usul.  Bemordan  kasallikning  4—5-kunlari  qon  olinib,
mikroagglutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Bemorning qon zardobi 1:50
dan 1:1600 gacha suyultiriladi. Antigen sifatida suyuq oziqa muhitida

306
o‘stirilgan mikrob kulturasi (tirik leptospiralar) qo‘llaniladi. Aniqlangan
diagnostik titri 1:100 va undan yuqorida bo‘lsa, reaksiya musbat deyiladi.
Reaksiyaning  natijasi,  albatta,  ezilgan  tomchi  preparati  tayyorlab
qorong‘ilashtirilgan  maydonda  o‘rganiladi.  Mikroskop  ostida
o‘rgimchakka o‘xshash leptospiralar ko‘rinsa, reaksiya musbat deyiladi.
Biologik  usul.  Bemor  qonidan  2—3  ml  olib  dengiz  cho‘chqa-
chalarining qorin bo‘shlig‘i yoki terisi ostiga yuboriladi. 6—10 kundan
keyin  dengiz  cho‘chqachalari kasallanadi. Zararlangan  hayvonlar
1 oygacha kuzatib turiladi. Vaqt-vaqti bilan ulardan qon olib, oziqa
muhitiga  ekib  natija  o‘rganiladi.  Ular  o‘lgandan  keyin  a’zolaridan
material olib, oziqa muhitiga ekib o‘rganish davom ettiriladi.
Bemordan  olingan  siydik  dengiz  cho‘chqachalarining  qorin
bo‘shlig‘ini  yungi  olingan  va  jarohatlangan  terisiga  bir  tomchi
miqdorda tomiziladi. Òomchi qurigandan so‘ng yana shuncha siydik
tomiziladi.  Bu  ish  4—5  marotaba  takrorlanadi.  Hayvonlar  uch  oy
kuzatiladi. Vaqt-vaqti bilan hayvonlardan qon olib, oziqa muhitiga
ekib natija o‘rganiladi, hayvonlar o‘lgandan so‘ng yorib, a’zolaridan
material olib, oziqa muhitiga ekib yana o‘rganiladi.
1. Leptospirozga shubha qilinganda qanday tekshirish materiali olib
tekshiriladi?
2. Asosiy tekshirish usullarini bayon eting.
3. Mikroagglutinatsiyaning natijasi qanday o‘qiladi?
4. Biologik sinamani bayon eting.
Rikketsiyalar
Rikketsiyalar  —  alohida  guruh  polimorf  bakteriyalardir.  Ular
hujayra  ichidagi  parazitlar  bo‘lib  hisoblanadi.  Ular  Ricketsiaceae
oilasiga kiradi. Rikketsiyani birinchi bo‘lib, amerikalik olim Rikkets
aniqlagan va uning o‘zi  shu kasallikdan o‘lgan.
1913-yili chex olimi Provatsek toshmali tif bilan og‘rigan bemor
qonida rikketsiyalarga o‘xshash mikroblarni aniqlagan. U ham toshmali
tifdan o‘lgan. 1616-yilda portugaliyalik olim Rosha—Lima o‘zining
uzoq vaqt tekshiruvlari natijasida Meksika va Yevropa toshmali tif
kasalliklarining qo‘zg‘atuvchisi ham Rikkets aniqlagan mikroblarning
bir turi ekanligini isbotladi. Shuning uchun rikketsiyalarga Rikkets
nomi  berildi.  Epidemiologik  toshmali  tif  qo‘zg‘atuvchisiga  esa
Provatsek rikketsiyalari nomi berildi.
?
Nazorat  uchun  savollar

307
Òoshmali tifni o‘rganishda rus olimlari A.A. Krontovskiy, P.F. Zdro-
dovskiy, E.S. Galinevichlar katta hissa qo‘shgan. Rikketsiyalar orasida
odam,  hayvon  uchun  patogen  turlari  ham  uchraydi.  Rikketsiyalar
keltirib chiqaradigan kasalliklarga rikketsiozlar deyiladi. P.F. Zdro-
dovskiy rikketsiyalarni besh guruhga bo‘ladi:
1. Òoshmali tif rikketsioz guruhi.
2. Kanali toshmali isitma guruhi.
3. Sutsugamushi guruhi.
4. Ku — lixoradka (isitma) guruhi.
5. Paroksizmal rikketsioz guruhi.
Morfologiyasi.  Rikketsiyalarning  sharsimon,  mayda  va  yirik
tayoqchasimon, iðsimon shakllari uchraydi. Rikketsiyalar spora va
kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, Grammanfiy, Romanovskiy—Gimza,
Zdrodovskiy usullarida bo‘yalganda qizil rangga bo‘yaladi.
Kultural  xossasi.  Xo‘jayin  to‘qimasida  bo‘linib  ko‘payadi.  Mik-
roblarning har bir turi xo‘jayin to‘qimasining sitoplazmasida, yadrosida,
vakuolalarida rivojlanadi. Ular o‘ziga sezuvchan hayvonlarning to‘qi-
malarida, tovuq embrionida yaxshi rivojlanadi.
Fermentativ xossasi. Aktiv emas.
Òoksigenligi. Òermolabil endotoksin hosil qiladi.
Antigenligi.  Rikketsiyalar  2  ta  antigen  ishlab  chiqaradi:  guruhli
termostabil va spetsifik termolabil antigenlar.
Chidamliligi. Ku-isitmasidan tashqari, rikketsiyalar yuqori haro-
ratga kam chidamli. Past haroratga va quritishga barcha rikketsiyalar
chidamli va ular antibiotiklarga sezuvchandir.
40-bob. 
ÒOSHMALI  TIF
Epidemik toshmali tif qo‘zg‘atuvchisi Ricketisia provazekii hisob-
lanadi.
Morfologiyasi. Polimorf, sharsimon, gantelsimon, iðsimon shakllarda
uchraydi. Zdrodovskiy usulida bo‘yalganda qizil rangga bo‘yaladi.
Kultural  xossasi.  Xo‘jayini  to‘qimasi  sitoplazmasida  bo‘linib
ko‘payadi,  bitlarning  ichak  epiteliysida,  tomir  endoteliysida  rivoj-
lanadi. Ko‘pincha tovuq embrionining sariqlik qopchasida o‘stiriladi.
8—13 kundan so‘ng bo‘linib ko‘paygan joyida blyashka (pilakcha)
hosil qilib o‘sadi.
Òoksigenligi. Provatsek rikketsiyasi endotoksin hosil qiladi. Sof
holda ajratib olinmagan, yuqori harorat ta’sirida tez parchalanadi,
bu esa uning oqsil tabiatligidan dalolat beradi. Òoksin tomirlarning
endoteliy to‘qimalarini shikastlaydi, natijada kapillarlarning o‘tkazuv-
chanligi oshadi.

308
Antigenligi. Provatsek rikketsiyasi 2 ta antigen saqlaydi: 1. Yuzaki,
termolabil,  kimyoviy  tarkibiga  ko‘ra  liðidopolisaxarid  oqsil  tabiatli
bo‘lib,  tiðospetsifik  emas.  Endemik  toshmali  tif,  Protey  0X
19
,  0X
2
larning antigenlik xossasi bilan umumiydir. 2. Oqsil polisaxarid tabiatli,
tiðospetsifik, hujayraning ichki qismidan ajraladigan antigendir.
Chidamliligi.  Yuqori  harorat  va  nam  sharoitda  Provatsek  rik-
ketsiyasi  tez  nobud  bo‘ladi.  Bitning  qurigan  najasida  uzoq  vaqt
saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi modda ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
Hayvonlar  sezuvchanligi.  Laboratoriya  hayvonlaridan  oq  sich-
qonlar, dengiz cho‘chqachalari, maymunlar sezuvchandir. Maymun-
larda  toshmali  tifning  klinik  belgilari  namoyon  bo‘ladi,  oq  sich-
qonlarda esa zotiljam yuzaga keladi.
Infeksiya manbai. Kasal odam infeksiya manbai hisoblanadi.
Òarqalish yo‘li. Òransmissiv yo‘l orqali tarqaladi. 1909-yili fransuz
olimi Nikol maymunlarda tajriba o‘tkazayotib kiyim bitlari Provatsek
rikketsiyasining tarqatuvchisi ekanligini aniqladi. Keyinchalik bosh
bitlari ham tashuvchi bo‘lishi mumkinligi aniqlanadi.
Yuqish mexanizmi. Bemor qonini so‘rgan bit 4—5 kunlarda zararli
bo‘lib  hisoblanadi.  Shu  vaqt  ichida  bitlarning  ichak  epiteliy
to‘qimalarida  ular  bo‘linib  ko‘payadi  va  to‘qimalarni  shikastlaydi,
ko‘p miqdorda uning najasi bilan tashqariga chiqariladi. Bit teriga
yopishganda uni tishlaydi va shu zahoti rikketsiya saqlovchi najasini
chiqaradi. Odam esa terini qashib rikketsiyalarni shikastlangan terisi
orqali o‘z organizmiga kiritadi.
Patogenezi.  Rikketsiyalar  organizmga  tushgandan  so‘ng  tomir-
larning endoteliy to‘qimalariga o‘tadi. Bu yerda ular bo‘linib ko‘-
payadi  va  to‘qimalarni  nobud  qiladi.  So‘ngra  esa  ko‘p  miqdorda
qonga o‘tadi — rikketsiyemiya yuzaga keladi. Òomirlar yallig‘lanadi
va tromb hosil bo‘ladi. Natijada mayda qon tomirlarining o‘tkazuv-
chanligini  to‘sib  qo‘yadi.  Bosh  miya  tomirlaridagi  tromb  bo‘lgan
joyda  granula  hosil  bo‘ladi  va  meningoensefalitga  xos  yallig‘lanish
yuzaga keladi.
Òoshmali  tif  o‘tkir  boshlanadi.  Yuqori  harorat,  intoksikatsiya,
kuchli bosh og‘rig‘i, rozeola, petexial toshmalar yuzaga keladi.
Immuniteti. Kasallik o‘tgandan so‘ng butun umrga mustahkam
antimikrob va antitoksik immunitet hosil bo‘ladi. Qonda antitelolar,
komplement bog‘lanish antitelolari, agglutininlar aniqlanadi.
Brill kasalligi
Keyingi yillarda toshmali tif bilan og‘rib o‘tgan bemorlar orga-
nizmida  uzoq  vaqtgacha  Provatsek  rikketsiyalari  saqlanib  qolishi
aniqlandi. Organizmning kasallikka qarshi kuchi kamaygan va unga

309
beriluvchan bo‘lgan hollarida  bir  necha  yildan  (10—30)  so‘ng  ham
kasallik  yuzaga  keladi,  ya’ni  epidemik  toshmali  tif  retsidivi  yuzaga
keladi.  Birinchi  bo‘lib  bu  kasallikni  Brill  aniqlagan,  N.  Sinsser  esa
kasallikning qo‘zg‘atuvchisi Provatsek rikketsiyalari ekanligini isbotlab
bergan.  Kasallik  yengil  va  zararsiz  o‘tadi.  Kasallik  diagnostikasida
qo‘llaniladigan  Veyl—Feliks  reaksiyasida  OX
19
  protey  bilan  aggluti-
natsiya  reaksiyasi  manfiy,  Provatsek  rikketsiyalari  bilan  esa  musbat
bo‘ladi. Bundan tashqari, Brill kasalligi — reinfeksiyadir, degan fikrlar
ham bor. Kasallikning yengil o‘tishiga organizmda hosil bo‘lgan immu-
nitet sababchidir deyishadi.
Profilaktikasi. Maxsus profilaktika yuzasidan Provatsek rikketsiya-
larining yuzaki antigenlaridan tayyorlangan konsentrlangan kimyoviy
vaksina qo‘llaniladi. Umumiy profilaktikasi — bemorlarni ajratish va
kasalxonaga yotqizish, bitlarga qarshi kurashdir.
Endemik  toshmali  tif
Bu  kasallikni  qo‘zg‘atuvchisi  1928-yili  X.  Muzer  tomonidan
aniqlangan va uning nomi bilan Muzer rikketsiyalari deb  yuritiladi.
Hozirgi vaqtda ularni R.typhi deb nomlanadi.
Morfologiyasi. Mayda kokksimon (diametri 1 mkm.gacha) yoki
tayoqchasimon (0,3—06x1,5 mkm) mikroorganizmlardir. Provatsek
rikketsiyalariga  nisbatan  polimorf  emas.  Zdrodovskiy  usulida
bo‘yalganda qizil rangga va Grammanfiy bo‘lib bo‘yaladi.
Kultural xossasi. Muzer rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik
qopchasida 35°C haroratda yaxshi rivojlanadi, pilikchalar hosil qilib
o‘sadi.  Bo‘g‘imoyoqlilarning  ichki  epiteliy  to‘qimasi,  yadro  va
sitoplazmasida yaxshi rivojlanadi.
Òoksigenligi. Muzur rikketsiyasi Provatsek rikketsiyasidan farqla-
nadigan endotoksin hosil qiladi va buni neytrallash reaksiyasi natijasida
aniqlash mumkin.
Antigenlik tuzilmasi. Muzer rikketsiyasi 2 ta antigenlik kompleksini
saqlaydi.
1.  Provatsek    rikketsiyasi  hamda  OX
19
  va  OX
2
  bilan  umumiy
termostabil antigeni.
2.  Muzer  rikketsiyasini  Provatsek  rikketsiyasidan  farqlovchi
termolabil, tiðospetsifik antigeni.
Chidamliligi. Muzer rikketsiyasi tashqi muhitga kam chidamli,
lekin qurigan holda past haroratda uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfek-
siyalovchi moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.

310
Hayvonlarning sezuvchanligi. Endemik toshmali tif bilan kemi-
ruvchilar, asosan, sichqonlar va kalamushlar kasallanadi. Laboratoriya
hayvonlaridan dengiz cho‘chqachalari sezuvchan. Material ularning
qorin bo‘shlig‘iga yuborilganda periorxit yuzaga keladi.
Infeksiya manbai. Endemik toshmali tif — zoonoz infeksiyadir.
Òabiatda  infeksiya  manbai  bo‘lib  kalamushlar  va  sichqonlar
hisoblanadi.
Òarqalish yo‘llari. Òransmissiv, alimentar, bilvosita kontakt yo‘llari
orqali tarqaladi. Òashuvchisi bo‘lib kalamush va kanalar hisoblanadi.
Patogenezi.  Endemik  toshmali  tif  qonli  infeksiyadir.  Uning
patogenezi epidemik toshmali tifnikiga o‘xshashdir. Klinik belgilari
va  kasallik  ancha  yengil  o‘tadi.  Kasallik  isitma  va  toshma  toshish
bilan tavsiflanadi. Kasallik endemik xarakterga ega.
Immuniteti. Kasallikdan so‘ng mustahkam antimikrob va antitoksik
immunitet hosil bo‘ladi.
Profilaktikasi. Kemiruvchilarga qarshi kurashish va sanitar-gigiyenik
sharoitlarni yaxshilashdan iboratdir. Maxsus profilaktikasi maqsadida
o‘lik Muzer rikketsiyasini saqlovchi vaksinadan foydalaniladi.
Davosi.  Òetratsiklin  qatoriga  tegishli  antibiotiklar  bilan  davo-
lanadi.
1. Endemik toshmali tifning infeksiya manbai va tarqalish yo‘lini
bilasizmi?
2. Endemik toshmali tif kasalligini oldini olish maqsadida qanday
ishlar olib boriladi?
EPIDEMIK VA ENDEMIK ÒOSHMALI ÒIF DIAGNOSÒIKASI
ÒEKSHIRISH MAÒERIALI
ÒEKSHIRISH USULLARI
Qon.
1. Serologik: a) komplement
bog‘lanish reaksiyasi; b) agglu-
tinatsiya reaksiyasi; d) bevosita
gemagglutinatsiya  reaksiyasi;
e) toksinlarni  neytrallash reak-
siyasi; f) immunoluminessent
usul  qo‘llaniladi.
Bemor venasidan 5—7 ml qon
2. Biologik usul.
steril probirkaga olinadi.
?
Nazorat  uchun  savollar

311
Serologik  usul
Komplement bog‘lanish reaksiyasi. Bemordan olingan qonning
zardobi ajratib olinadi, parallel holda 2 ta antigen—Provatsek va Muzer
rikketsiyalari bilan reaksiya qo‘yiladi. Bu reaksiya epidemik va endemik
toshmali tifni farqlashda qo‘llaniladi. Umumiy sxema asosida bemor
qon zardobi 1:10 dan 1:640 gacha suyultiriladi. 1:100 va undan yuqori
suyultirish darajalarida eritrotsitlar cho‘kma bersa, reaksiya musbat
deyiladi.
Agglutinatsiya reaksiyasi (AR). Òoshmali tifni Brill kasalligidan
farqlash  uchun  agglutinatsiya  reaksiyasi  qo‘yiladi.  Diagnostikum
sifatida Provatsek rikketsiyasi va OX
19
 o‘lik kulturasi qo‘llaniladi. Brill
kasalligida o‘lik protey kulturasi bilan Veyl—Feliks reaksiyasi manfiy
bo‘ladi.
Bundan tashqari, Brill va epidemik toshmali tifni farqlash uchun
quyidagi usul ham qo‘llaniladi. Buning uchun bemor qon zardobi
sistin  bilan  tozalanadi,  chunki  epidemik  toshmali  tifda  7  antitelo
hosil bo‘ladi va  u sistin ta’sirida tez parchalanadi.
Brill kasalligida esa 19 antitelo hosil bo‘ladi va u sistin ta’sirida
parchalanmaydi.  Kengaytirilgan  hajmda  agglutinatsiya  reaksiyasi
qo‘yiladi. Birinchi qatorga sistin bilan tozalangan va ikkinchi qatorga
tozalanmagan qon zardobi suyultirib solinadi. Brill kasalligida ikkala
qatorda ham reaksiya musbat bo‘ladi. Epidemik toshmali tifda birinchi
qatorda reaksiya musbat, ikkinchi qatorda esa manfiy bo‘ladi.
Bevosita gemagglutinatsiya reaksiyasi. Bemor qon zardobi 1:25
dan  1:1600  gacha  suyultiriladi.  Diagnostikum  sifatida  Provatsek
eritrotsitlar  diagnostikumi  qo‘llaniladi.  Bemorning  qon  zardobida
antitelo  bo‘lsa,  1:100  nisbatda  eritrotsitlar  soyabonsimon  cho‘kma
hosil qiladi. Reaksiya qayta qo‘yilganda, titri ortib boradi.
Biologik  usul
Epidemik va endemik toshmali tifni farqlash uchun biologik usul
ham qo‘llaniladi. Buning uchun dengiz cho‘chqachasining erkagiga
tekshirish materiali yuboriladi. Agar tekshirish materialida epidemik
toshmali  tif  qo‘zg‘atuvchisi  bo‘lsa,  dengiz  cho‘chqachalarining
harorati ko‘tariladi.
Agar tekshirish materialida endemik toshmali tif qo‘zg‘atuvchisi
bo‘lsa, dengiz cho‘chqachalarida periorxit (tuxumdonning yallig‘la-
nishi) yuzaga keladi.

312
1. Epidemik va endemik toshmali tifni farqlashda, qanday serologik
reaksiyalardan foydalaniladi?
2. Epidemik toshmali tifni Brill kasalligidan farqlashda qanday serologik
reaksiyadan foydalaniladi?
41-bob.
 
VIRUSLAR
Virusli  kasalliklar  juda  qadim  zamondan  ma’lum  bo‘lsa-da,
virusologiya alohida fan sifatida XIX asr oxirlaridan rivojlana boshladi.
1892-yilda rus botanik olimi D.I. Ivanovskiy tamaki barglarining
mozaik  kasalligini  o‘rganayotganida  bu  kasallikni  bakteriologik
filtrlaridan ham o‘tib ketadigan juda mayda mikroorganizmlar keltirib
chiqarishini aniqladi. Bu mikroorganizmlar filtrlanuvchi viruslar (lotin.
virus—zahar) nomini oldi. Keyinchalik  bakteriologik filtrlardan oquvchi
boshqa mikroorganizmlar ham aniqlanadi va shundan so‘ng  filtr-
lanuvchi  barcha  viruslarni  «viruslar»,  deb  umumiy  nom  bilan  atala
boshlandi.
Viruslarni o‘rganishda ko‘pgina tekshirishlar va munozaralar bo‘lib
o‘tgan. Ayrim olimlar ularni hujayrasiz parazit, tirik mikroorganizm-
larning avlodi desalar, boshqalari bu hujayrali mikroorganizmlarning
evolutsion  o‘zgarishi  natijasida  yuzaga  kelgan,  viruslar  hujayra
elementlaridan ajralib chiqqan sistemalardir, deb taxmin qilishgan.
Viruslarni o‘rganishda M.A. Morozov, N.F. Gamaleya, L.A. Zilber,
M.P. Chumakov, A.A. Smorodinsev, V.M. Jdanov va boshqa olimlar
katta hissa qo‘shishgan.
Viruslar — tirik materiyaning hujayrasiz shakldagi mavjudoti.
Ular juda ham mayda mikroorganizmlardir. V.M. Jdanov viruslar
bilan o‘rta kattalikdagi bakteriyalarni fil bilan sichqonga solishtiradi.
Viruslar  elektron  mikroskop  yaratilganidan  so‘ng  to‘liq  o‘rganila
boshlandi.
Hozirgi  vaqtda  viruslar  kimyoviy,  fizik,  molekular-biologik,
immunobiologik va genetik usullarda o‘rganilmoqda. Viruslar olami
odamlarni,  hayvonlarni,  qurt-qumursqalarni,  bakteriyalarni  va
o‘simliklarni zararlovchi virusga bo‘linadi. Viruslar biologik xossasi va
shakliga ko‘ra turlicha bo‘lsa ham, ular umumiy tuzilishga egadirlar.
Yetilgan viruslar «virionlar» deyiladi.
Mikroorganizmlar bir vaqtning o‘zida DNK va RNKni saqlasa,
virion esa faqat bitta DNK yoki RNK, nuklein kislotasini saqlaydi.
Viruslarda nuklein kislotasi bitta yoki ikkita iðli bo‘ladi. RNK saqlovchi
?
Nazorat  uchun  savollar

313
viruslarning asosi bitta. DNK saqlovchi viruslar esa ikkita iðchadan
iborat  bo‘ladi.  Òarkibidagi  nuklein  kislotasiga  ko‘ra  viruslar  RNK
saqlovchi  va  DNK  saqlovchi  viruslarga  bo‘linadi.  DNK  saqlovchi
viruslarga 5 ta, RNK saqlovchi viruslarga 19 ta oila kiradi.
Bu yerda odam uchun patogen bo‘lgan ayrim viruslargina ko‘rsatildi
(32-jadval).
32-jadval
Viruslarning  tasnifi
Virion tuzilishi. Virion markazida nuklein kislotasi joylashgan, u
kapsid (yunon. kapsa—yashik) bilan o‘ralgan.
Kapsid  oqsil  tabiatli  kapsomerlardan  tashkil  topgan.  Nuklein
kislotasi bilan kapsid birgalikda nukleokapsid, deb ataladi. Yetilgan
viruslar  kimyoviy  tuzilishiga  ko‘ra  nukleokapsiddan  tashkil  topgan
bo‘lib,  atrofida  kapsomer  joylashadi  va  bunday  hollarda  viruslar
tayoqchasimon shaklda ko‘rinadi.
Faglar simmetriyaning murakkab turiga ega bo‘lib, uning  bosh
qismi kubsimon, dum qismi esa tayoqchasimon shaklga ega (sperma-
tozoid shaklda). Yanada murakkabroq tuzilishga ega bo‘lgan ayrim
a
li
O
i
r
a
ll
i
k

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling