Javob: a) 31360 ming $. b) 2400 ming $ ga kamayadi. c) K>1.25
Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar
1. Davlat chiqindilar uchun ruxsatnoma chiqardi, ya’niy har 1 tonna chiqindi uchun 10 mln so’mlik. Ruxsatnomalar soni 100 ta bo’lganda uni oladiganlar soni 500 kishini tashkil etdi. Atrof muhitni himoya qiluvchi tashkilot tabiatni muhofaza qilish maqsadida 20 ta ruxsatnomani sotib oldi va qolgan ruxsatnomalarning narxi 12.5 mln ga teng bo’ldi. Ruxsatnomalarga talab funktsiyasi topilsin?
2. Ishlab chiqarilishi salbiy tashqi samaraga ega bo’lgan A tovarga bo’lgan talab mazkur formula ko’rinishida berilgan
P=8000-S
taklif hajmi esa,
P=0.5S-1000
A tovarni sotish, harid qilish, ishlab chiqarish va undan foydalanishda ishtirok etmagan uchinchi shaxsning xarajatlari bir birlik tovar uchun 30 pul birlikni tashkil etadi.
a) A tovarga bo’lgan muvozanat narx va muvozanat hajm aniqlansin.
b) aytaylik ishlab chiqaruvchilar tomonidan uchinchi shaxslarga zarar 30 pul birligi hisobida qoplab berildi. SHundan keyingi A tovarga bo’lgan yangi muvozanat narx va yangi muvozanat hajm topilsin.
3. Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradigan zavodning musbat tashqi samarasi funktsiyasi atrof muhitni ifloslantirish uchun to’lovlardan tashqari TSB=50S-S2 ko’rinishga ega. Atrof muhit uchun va boshqa bir qancha xarajatlar TPC=2S+S2 ga teng. Zavodning tabiat va jamiyatga keltiradigan yalpi zarari funktsiyasi TEC=8S ko’rinishida.
a) narx va mahsulot hajmi topilsin.
b) manfiy tashqi samaradan yalpi yo’qotish topilsin.
v) bir birlik mahsulotni muvozanatlashtiruvchi soliq stavkasi aniqlansin.
4. B tovarga bo’lgan talab mazkur formula ko’rinishida berilgan:
SD=400-10P
taklif hajmi esa,
SS=20P-200
Bu yerda S-yillik mahsulot hajmi, ming donada, P-narx, ming so’mda. B tovarni sotish, harid qilish, ishlab chiqarish va undan foydalanishda ishtirok etmagan uchinchi shaxsning xarajatlari TEC=735+6S ni tashkil etadi.
a) B tovarga bo’lgan muvozanat narx va muvozanat hajm aniqlansin.
b) aytaylik ishlab chiqaruvchilar tomonidan uchinchi shaxslarning zarari to’la qoplab berildi. SHundan keyingi B tovarga bo’lgan yangi muvozanat narx va yangi muvozanat hajm topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |