Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Javob: firma foydasi 0 ga teng. 3


Download 0.61 Mb.
bet56/117
Sana23.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1795095
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I

Javob: firma foydasi 0 ga teng.
3. Tarmoqda 130 ta firma harakat qiladi. Har bir firmaning umumiy xarajatlar funktsiyasi TC=S3-36S2+384S ko’rinishida berilgan. Bu yerda S ishlab chiqarish hajmi, ming dona hisobida. Uzoq muddatli oraliqda firmalar muvozanat holatda bo’lishlari uchun bozor narxi va tarmoq taklifi aniqlansin.
Echimi:
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashayotgan firmalarning mahsuloti narxi P=minATC bo’lishi kerak. O’rtacha xarajat ATC=TC/S=S2-36S+384=(S-18)2+60 bu funktsiya minimum qiymatga S=18 bo’lganda erishadi va minimum qiymati 60 ga teng bo’ladi.
Tarmoqning taklif hajmi Ss=130×18=2340.
Javob: bozor narxi 60 birlik, tarmoq taklifi esa 2 mln 340 ming donani tashkil etadi.
4. Mukammal raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning o’rtacha xarajatlar funktsiyasi AC=16+0.5×(S-10)2 ko’rinishida berilgan. Tarmoq mahsulotiga bo’lgan talab funktsiyasi SD=1800-50P ga teng. Uzoq muddatli oraliqda tarmoqda nechta firma harakatlanadi?
Echimi:
Uzoq muddatli oraliqda narx P=minATC bo’lishi kerak. O’rtacha xarajatlar minimumini topish uchun uning funktsiya sidan hosila olib 0 ga tenglashtiramiz ATCo(S)=S-10=0 bundan S=10 bo’ladi minATC=AC(10)=16, demak P=16. SS=SD=1800-50P=1800-800=1000 tarmoqning umumiy taklif hajmi har bir firma 10 birlik mahsulot ishlab chiqarsa 1000/10=100 ta firma tarmoqda faoliyat ko’rsatar ekan.
Javob: 100 ta firma.
Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar
1. Fermer xo’jaligi qizil lavlagi ishlab chiqaradi. Fermer xo’jaligining umumiy xarajatlar funktsiyasi quyidagicha:
TC 900 0.02S2
Bu yerda: S – lavlagi hajmi, kg.
1 kg. lavlagining bozor narxi 200 so’m bo’lsa, maksimal foyda olishi uchun fermer xo’jaligi qancha mahsulot yetishtirishi kerak?
2. Raqobatlashuvchi firma kolbasa ishlab chiqaradi. 1 kg kolbasa narxi 4800 so’m. O’rtacha xarajat 1200 24S ga teng.
Aniqlansin:
a) ishlab chiqarish hajmi qancha bo’lganda firma zarar bilan ishlaydi?
b) ishlab chiqarish hajmi qancha bo’lganda firma maksimal foyda oladi?
v) ishlab chiqarish hajmi qancha bo’lganda firma zararsiz ishlaydi?
3. Firma sigaret ishlab chiqaradi, uning 1 yillik xarajatlari berilgan:
Xom-ashyoga sarfi - 400 ming so’m;
Xonalarni yoritish uchun sarfi – 24 ming so’m;
Transport xarajatlari – 120 ming so’m;
Boshqaruv xodimlari ish haqi - 240 ming so’m;
Ishlab chiqarishdagi ishchilar ish haqi – 600 ming so’m;
Uskunaning qiymati – 6 mln.so’m (xizmat ko’rsatish muddati – 10 yil, Amortizatsiya ajratma proportsional ravishda ajratiladi).
Ishlab chiqarish hajmi 1 yilda 3 mln. donaga teng. Bir pachka sigaret narxi 1000 so’m bo’lsa, firmaning o’rtacha o’zgarmas, o’rtacha o’zgaruvchan va o’rtacha umumiy xarajatlari hamda firmaning foydasi topilsin.
4. Raqobatlashuvchi bozorda harakat qiluvchi tipik firmaning xarajat funktsiyasi berilgan:
Mahsulotning bozor narxi 1600 so’m bo’lsa:
a) firma iqtisodiy foyda oladimi yoki zarar ko’rib ishlaydimi?
b) tovarning bozor narxi qancha bo’lganda, firma uzoq muddatli oraliqda normal foyda oladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling