Mikroiqtisodiyot fanidan savolnoma
Download 1.24 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot javoblari (2) (1)
M𝑷𝑳 = ∆𝑸/ ∆𝑳 , 𝑨𝑷 = 𝑸/l
Izokosta chizig`ning parallel siljishi sabablari nimada? Firma byudjetining o`sishi yoki resurslar narxining pasayishi izokostani o`ngga siljitadi, byudjetning qisqarishi va resurslar narxining oshishi izokostani chapga siljitadi. Ko`lam samarasi nimani ifodalaydi? Firmalarning qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati nimalar bilan xarakterlanadi? Qisqa muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish quvvatini o`zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati ham o`zgaradi. Albatta uzoq va qisqa muddatli oraliqlar har-xil mahsulotlar uchun turlicha bo`lishi mumkin Firmaning ichki va tashqi xarajatlarini izohlab bering. Tashqi xarajatlarga tashqi to`lovlar, tashqi mol etkazib beruvchilarga (xom-ashyo, materiallar, elektr energiyasi, gaz) to`lovlar kiradi. Ichki xarajatlar sifatida quyidagilar qaraladi: a) tadbirkorning o`ziga tegishli resurslarga bo`lgan xarajati; b) tadbirkorlik qobiliyatiga to`g`ri keladigan va tadbirkorga tegishli bo`lgan normal foyda Ishlab chiqarish xarajatlari grafikda qanday tasvirlanadi? O`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarqanday farqlanadi? O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajat). O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajat, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajat Umumiy xarajat va o`rtacha xarajatlarning hisoblash usullari farq qiladimi? TC = TFC +TVC(Q). ATC=𝑻/𝑪 Qanday xarajatlarga o`zgarmas xarajatlar deb ataladi? O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatlardir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajatlar). O`zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog`liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta′mirlash, ma′muriy xarajatlar kiradi Qanday xarajatlarga o`zgaruvchan xarajatlar deb ataladi? O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajatlar, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajatlar. O`zgaruvchan xarajatlar Q ga bog`liq funksiya bo`lib, TVC(Q) ko`rinishida yozilishi mumkin Chekli xarajat nimani ifodalaydi? Chekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorqga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha umumiy xarajatdir: 𝑴𝑪 = Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling