Mikroiqtisodiyot fanining mazmuni va predmeti


Download 49.35 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi49.35 Kb.
#1141330
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot fanining mazmuni va predmeti

MAVZU :"MIKROIQTISODIYOT FANINING MAZMUNI VA PREDMETI”

MUNDARIJA
Kirish___________________________________________1
1.Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash_______6
2.Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot_________________13
3.Mikroiqtisodiyotning ahamiyat______________________20
4.Bozor va uning vazifasi____________________________25
Xulosa___________________________________________34
Foydalanilgan Adabiyotlar___________________________37

Kirish
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.


B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, haridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.
Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud. B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi B.ga boʻlinadi.
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B. hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, haridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.
2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. B.lar qad. Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. B. maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat B.larining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq B.lar rivojlangan ("suq", "asvok", "chorsu"; Turkiya va Eronda "xon", "bediston" nomi bilan yuritilgan).
Yevropada B.lar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi markaziy B., 1850 va boshqalar). Rossiyada ixtisoslashgan B. ("Gostiniy dvor")lar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma boʻlgan (SanktPeterburgdagi B., 1761— 85; Yaroslavldagi B., 1813—18 va boshqalar).
Oʻrta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (Qarnob choʻl yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu B.i atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu B.i gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu B.i (1598—1602)ning toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. B.larda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baʼzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib haridorlarga sotilgan. Maye, Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (Toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqa Oʻrta asrda Toshkentning markaziy B.ida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva B.ida 260 doʻkon, Urganchda 300, Qoʻngʻirotda 315, Xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta B.lar boʻlib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. B.da savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan.
B. doʻkonlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday B.lardagi yirik karvonsaroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (mas, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qoʻqonda 10 dan ortiq karvonsaroylar boʻlganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan maʼlum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar koʻp boʻlgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa aʼzolarining eng obroʻli katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. Oʻz navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi doʻkonlardan oʻzining oqsoqolini (baʼzi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, haridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baʼzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.
Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yoʻl qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva B.i karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar B.ga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va boshqa joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon B.i alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro Bozor mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.
Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo boʻlishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yoʻl ochib berdi. Jumladan Oʻzbekistonda B. iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi anʼanaviy savdoni yangi zamonaviy uslub va vositalar bilan boyitib, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojiga katta yoʻl ochib berdi. Mustaqil Oʻzbekiston barcha chet el mamlakatlari bilan oʻz manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatdi va bu sohada yangiyangi yoʻllarni topishda tinmay izlanmoqda. OʻzRda B. faoliyatini rivojlantirish yoʻlida juda koʻp yangi savdo uyushmalari, konsern va firmalar paydo boʻlmoqda, davr talabiga javob bera oladigan isteʼdodli ishbilarmonlar safi koʻpaymoqda. B.lar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi yirik shaharlarning markazida meʼmoriy yechimlari oʻziga xos milliy anʼanalar asosida yaratilmoqda. B.lar shaharni bogʻlab turuvchi asosiy shohkoʻchalar, yirik savdo inshootlari majmuasi va turar joy massivlari, temir yoʻl, avtovokzal yaqinida va mikrorayonlar markazida joylashtirilmoqda. B.lar anʼanaviy qator ustunli bostirmalar, gumbazli, toq va tim, soyabonsimon, oynaband uslubida barpo etilmoqda. Bularda sotuvchi va haridorlarga qulaylik yaratish maqsadida savdo rastalarining atrofida doʻkonlar, madaniymaishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mujassamlashtirilgan holda qurilmoqda. B. hududida koʻp tarmoqli savdo doʻkonlari, choyxona, dehqonlar mehmonxonasi, muzlatkichli omborxonalar, yuk koʻtargich, nonvoyxona va boshqa mavjud. Toshkentdagi "Eski joʻva", "Oloy", "Qoʻyliq" B.lari, Buxoro bozori, Samarqanddagi "Siyob", Urgutdagi "Urgut" va boshqa anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlikni oʻzida mujassamlantirgan eng yirik B.lardan.
Hozir Oʻzbekistonda B. asosiy sotiladigan mahsulotlarga koʻra dehqon bozori (k x. mahsulotlari), buyum B.i, ulgurji B., mol (chorva mollari) B. kabi asosiy turlarga boʻlinadi.
Mikroiqtisodiyot - iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.
Jahon statistikada uy xoʻjaliklariga birgalikda yashovchi kishilar guruhlari yuritadigan umumiy xoʻjalik sifatida qaraladi. Odatda, bunday xoʻjalik oila, yaʼni erkak va ayol nikohiga yoki qonqarindoshlikka asoslangan kichik guruhdir. Uy xoʻjaligi vazifalariga: 1) ishlab chiqarish omillarini (masalan, ishchi kuchini) sotishdan va mol-mulkdan (uy-joy va yerdan ijara haqi, bankka qoʻyilgan pul foizi, aksiya daromadi) daromad olish; 2) uy xoʻjaligini yuritish (yordamchi qishloq xoʻjaligida ishlash, isteʼmol mollari va xizmatlarni harid qilish, oziq-ovqat mahsulotlarni uyda tayyorlash, moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish); 3) bolalarni tarbiyalash; 4) «tashqi» iqtisodiy aloqalar (davlatga soliq toʻlash, transfert toʻlovlar olish, xorij bilan iqtisodiy aloqalar, shu jumladan, xorijdan pul joʻnatmalari, posilkalar olish) kiradi. Mikroiqtisodiyot oʻrganadigan yana bir manba tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik tashkilotlari — korxonalardir. Bunday tashkilotlar jismoniy va yuridik shaxslar (firmalar) egaligida boʻlishi mumkin.
Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar sirasiga isteʼmolchilar, xodimlar, kapital qoʻyuvchilar, yer egalari, firmalar, umuman, amalda iqtisodiyotning faoliyat koʻrsatishida muhim rol oʻynaydigan har qanday tadbirkor kiradi. Mikroiqtisodiyot quyi boʻgʻinlarda iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun qabul qilinishini, masalan, isteʼmolchilar tovarni harid qilish toʻgʻrisida qarorni qay tarzda qabul qilishini va ularning tanloviga narxnavo va daromadlar oʻzgarishlari qanday taʼsir koʻrsatishini; firmalar ish oʻrinlari sonini qanday rejalashtirishi; xodimlar qayerda va qancha ishlashni qanday hal etishini izohlab beradi.
Mikroiqtisodiyotning muhim jihati — xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yirikroq tuzilmalar — bozorlar paydo boʻlishi jarayonidagi oʻzaro munosabatlaridir. Mikroiqtisodiyot ayrim sanoat tarmoqlarining tarixiy taraqqiyoti va milliy iqtisodiyotning shakllanishi mantigʻini tushunishga yordam beradi. U ayrim tovarlarga narxnavo qanday belgilanishini, yangi zavodlar qurilishida muayyan sohani va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qanday mablagʻlar ajratilishini va nima uchun investitsiya qilinishini, har yili aniq qancha tovarlar ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot yakka tovar ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar faoliyatini oʻrganar ekan, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlayotgani va rivojlanayotganini, ularning faoliyatiga hukumat siyosati mamlakatlardagi iqtisodiy sharoitlar qanday taʼsir etayotganini ochib beradi.
Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash
Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va alohida iste`molchilar qay darajada foydalanishini o`rganadi. Ko`pchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan sub`ektlar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni va o`zaro xatti-harakatlarini o`rganishdir: ular qancha ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil bo`lganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va xizmatlar bo`lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo`jaligi o`zining har bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham o`zining har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori darajasi bilan ta’minlay olmaydi
Tovar aylanishi bozor bilan uzviy bog'liqdir. Bozor tovar ishlab chiqarish va birja kategoriyasidir.
Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda bozorning bir nechta ta'riflari mavjud:
bozor - bu tovar ishlab chiqarish va muomalada bo'lish qonunlariga muvofiq tashkil etilgan birja, tovar birjasi munosabatlarining to'plami;
- bozor - bu xaridor va sotuvchilarning o'zaro munosabati mexanizmi (boshqacha aytganda, talab va taklifning nisbati);
- bozor mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni bog'laydigan mamlakat ichidagi va davlatlar o'rtasidagi almashinuv sohasi.
Bozor - bu birja sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmui bo'lib, u orqali tovarlarni sotish va ular tarkibidagi mehnatning ijtimoiy xususiyatini yakuniy tan olish amalga oshiriladi. Shu bilan birga, pul bozorda tovar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy mehnat xarajatlarini hisobga olish va hisobga olishning o'ziga xos ijtimoiy shaklidir.
Ushbu ta'rif ikki xil jihatlarga qaratiladi: birinchidan, bozor nafaqat sotib olish va sotish joyi va jarayoni. tovarlarni pulga yoki tovarlarga tovarlarga almashtirish. Bozor bir vaqtning o'zida tovarlarni sotib olish va sotish natijasida vujudga kelgan sotuvchi va xaridor, ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi munosabatlar tizimidir. Ko'zga "ko'rinmas" bo'lgan bunday munosabatlar ijtimoiy (ijtimoiy) xususiyatga ega va shuning uchun ular ijtimoiy-iqtisodiy deb nomlanadi.
Ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqaruvchisining mehnatining foydaliligi yoki ahamiyati, mahsulotni kimdir sotib olganida va unga pul to'laganda (yoki boshqa mahsulotga almashtirilganda) uning yakuniy tan olinishini oladi. Agar bu amalga oshmasa, unda bunday mahsulot va uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat keraksiz va foydasiz bo'ladi.
Bundan kelib chiqadiki, bozor bu narsa (xizmat) yaratishga sarflangan mehnatni tan olgan holda tovarlarni pulga va pulga tovarlarga almashtirish bilan bog'liq bo'lgan odamlar o'rtasidagi almashinuv sohasidir.
Bozor nafaqat umumiy iqtisodiy kategoriya, balki insoniyat jamiyatining tabiiy-tarixiy rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, madaniy va iqtisodiy hayotni birgalikda tashkil etishning ko'p asrlik an'ana boyliklarini o'zida singdirgan xalqlar rivojlanishining tarixiy, milliy, madaniy, diniy, psixologik xususiyatlari. Bu zamonaviy bozor va turli mamlakatlardagi bozor tizimining xususiyatlarini aniqlaydi. Bozor barcha tsivilizatsiyalarda bo'lib o'tdi, ammo ularda uning roli sezilarli darajada farq qiladi.
Bozor - bu ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida alohida ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi aloqa usuli. Bu quyidagicha namoyon bo'ladi:
1) bozor tovar egalariga iqtisodiy hayotning barcha sohalari va sohalaridagi ishlar to'g'risida ma'lumot beradi;
2) tovarlarning jamoat uchun foydaliligini belgilaydi;
3) ishlab chiqarish dasturlaridagi o'zgarishlarning yo'nalishi va xususiyatini ko'rsatadi.
Bozorning mohiyati uning asosiy funktsiyalarida ochib beriladi. Funktsiya bu hodisaning mohiyatini namoyon qilish vositasidir. Bu iqtisodiy jarayon yoki hodisaning ob'ektiv, barqaror va bir ma'noli xususiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadini namoyon qilish usuli.
Bozor funktsiyalari quyidagilardan iborat:
1. Narxlar - tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatini va ularni sotish narxlarini aniqlash;
2. Reproduktiv - reproduktiv jarayonning uzluksizligini (xususan, ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasidagi munosabatni), milliy iqtisodiy tizim yaxlitligini va uning jahon iqtisodiyoti miqyosida boshqa milliy iqtisodiyot bilan aloqalarini ta'minlash;
3. Rag'batlantirish - tovarlarni va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy zaruratga nisbatan individual xarajatlarni kamaytirish, tovarlar va xizmatlarning kommunal foydasini, ularning sifati va iste'mol xususiyatlarini oshirish uchun rag'batlantirish. Rag'batlantiruvchi funktsiya hal qiluvchi darajada tarmoqlararo va tarmoqlararo raqobat, shuningdek talab va taklif o'rtasidagi nisbatning o'zgarishi natijasida namoyon bo'ladi;
4. Tartibga soluvchi - iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlari o'rtasidagi munosabatlarga ta'sir etuvchi, talab va taklifni, jamg'arish va iste'molni va boshqa nisbatlarni samarali yo'naltirish;
5. Narxlar darajasi bo'yicha ishlab chiqarishni oqilona boshqarish;
6. Raqobat - alohida davlatlar va jahon iqtisodiyoti doirasidagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi raqobatni shakllantirish.
7. Sanitarizatsiya - iqtisodiy tizimni raqobat mexanizmi orqali samarasiz va nochor korxonalardan tozalashni ta'minlash;
8. Axborotli. Doimiy o'zgarib turadigan narxlar, ssudalar bo'yicha foiz stavkalari orqali bozor ishlab chiqaruvchilarga bozorga etkazib berilayotgan tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur miqdori, assortimenti va sifati to'g'risida xolis ma'lumot beradi. O'z-o'zidan amalga oshiriladigan operatsiyalar bozorni yirik iqtisodiy kompyuterga aylantiradi, u o'z ichiga olgan butun iqtisodiy makonda umumlashtirilgan ma'lumotlarni yig'adi va qayta ishlaydi. Bu har bir kompaniyaga o'zgaruvchan bozor sharoitlari bilan o'z mahsulotlarini doimiy ravishda tekshirish imkoniyatini beradi.
9. Kommunikativ. Bozorning kommunikativ funktsiyasining mohiyati shundan iboratki, bozor bozor mexanizmining ehtiyojlar, qiziqishlar, talab va taklif kabi tarkibiy qismlari orqali ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri va teskari munosabatlarni ta'minlaydi; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar - ishlab chiqaruvchilar-sotuvchilar va xaridor-xaridorlar, bo’sh mablag’larning egalari va ushbu mablag’larga muhtoj shaxslar, ishchilar va ish beruvchilarning iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish; ishlab chiqarish hajmi va tuzilishini samarali talab hajmi va tuzilishiga muvofiqlashtirish; chuqur ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyati natijalari bilan almashish; turli xil tovarlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondiradigan ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro foydali texnologik va iqtisodiy aloqalar.
10. Baholash funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulotning bozor qiymatini belgilaydigan ijtimoiy zarur bo'lgan xarajatlar bilan taqqoslashdan iborat. Ikkinchisi, talab va taklif nisbati bo'yicha moslashtirilganda, bu bozor narxidir. Bu ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy ahamiyatini va ularni ishlab chiqarishga sarflangan ishchi kuchini belgilaydigan bozor qiymati.
11. Taqsimlash funktsiyasi birja orqali vositachilik asosida ekvivalentlik printsiplari bo'yicha taqsimlash jarayonlarini ta'minlaydi, xususan: iqtisodiy (moddiy, mehnat, pul va moliyaviy) resurslarni ishlab chiqaruvchi-sotuvchi-ishlab chiqaruvchilar o'rtasida tarmoq va hududiy qismlarga taqsimlash; ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish, ularni aniq iste'molchilar-xaridorlarga etkazish, ya'ni. samarali talabning tarkibi va dinamikasiga muvofiq tovarlarning harakati; bozorning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari daromadlarini shakllantirish (foyda, ish haqi va boshqalar), keyinchalik o’z faoliyatining natijalari almashish jarayonida ularni taqsimlash va qayta taqsimlash.
12. Vositachi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida iqtisodiy jihatdan izolyatsiya qilingan ishlab chiqaruvchilar bir-birlarini topishlari va o'z faoliyatlari natijalarini almashishlari kerak. Bozor bo'lmasdan, ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan ishtirokchilari o'rtasidagi bu yoki boshqa texnologik va iqtisodiy bog'liqlik qanchalik foydali ekanligini aniqlash deyarli mumkin emas. Raqobat yetarli darajada rivojlangan oddiy bozor iqtisodiyoti sharoitida iste'molchi eng yaxshi etkazib beruvchini (mahsulot sifati, narx, etkazib berish muddati, sotishdan keyingi xizmat va boshqa parametrlar nuqtai nazaridan) tanlash imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, sotuvchiga eng mos xaridorni tanlash imkoniyati beriladi.
Bozorning barcha funktsiyalarini ularning yaxlitligida amalga oshirilishi uning jamiyatning iqtisodiy tizimidagi rolini belgilaydi.
Bozor amaldagi tizim sifatida tegishli mexanizm (tashkilot) mavjudligini nazarda tutadi.
Iqtisodiy mexanizm - tashkiliy tuzilmalar va boshqaruvning o'ziga xos shakllari va usullari majmui; shuningdek, muayyan sharoitlarda ishlaydigan iqtisodiy qonunlar amalga oshiriladigan huquqiy normalar; ko'payish jarayoni. Menejmentning bozor mexanizmi - bu tovar-pul munosabatlari rivojlangan, mulkchilikning barcha shakllari va tadbirkorlik turlari rivojlanish uchun teng imkoniyatlarga ega bo'lgan iqtisodiy jarayonlar va tartibga solish usullari tizimi, davlatning iqtisodiyotdagi roli cheklangan.
Bozor mexanizmi - bu bozor iqtisodiyotining uchta asosiy muammolarini hal qilish uchun iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar o'zaro o'zaro raqobat asosida bozor (va undagi narxlarning harakati) o'zaro ta'sir qiladigan iqtisodiyotni tashkil etish shakli: nimani ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish. Shu bilan birga, asosiy vazifa qoladi: bularning barchasi tadbirkorlar uchun qanchalik foydali.
Menejmentning bozor mexanizmini shakllantirish bozor munosabatlarini ta'minlaydigan ma'lum iqtisodiy sharoitlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bularga quyidagilar kiradi:
1) mulkchilik shakllari va boshqaruv shakllarining zaruriy xilma-xilligi;
2) narxlarni belgilash erkinligi;
3) tanlash erkinligini ta'minlash;
4) tadbirkorlik faoliyati erkinligi;
5) turli xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida raqobat kurashining mavjudligi muhimdir;
6) davlat tomonidan iqtisodiy, huquqiy va ma'muriy tartibga solishning rivojlangan tizimi mavjudligi; ishlab chiqilgan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va uni amalga oshirishning etarli mexanizmlari mavjudligi, monopol tendentsiyalarni susaytirishi;
7) bozor infratuzilmasi zarur.
Bozor mexanizmining asosiy elementlari narx, taklif va talabdir.
Talab va taklif nisbati mahsulotning bozorda narxini belgilaydi. Narx iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun bozorning holati to'g'risida ma'lumot beradi va shu bilan bozorda iqtisodiy ob'yektning xatti-harakatlarini oldindan belgilab beradi. Narx tovarning mavjudligi shakli, uning o'lchovidir. Shuning uchun bu keng ma'noda tovar qiymatining pul ko'rinishidagi ifodasidir, ya'ni. va mehnat qiymati, foydalanish qiymati va almashinuv qiymati.
Tovar ayirboshlash sharoitida ishlab chiqarish bozorda tovarlarni etkazib berish va tovarlarga bo'lgan talab tomonidan iste'mol bilan ifodalanadi.
Boshqacha qilib aytganda, taklif ushbu tovarni sotuvchilarning yoki ishlab chiqaruvchilarning yig'indisini, talab esa xuddi shu tovarning xaridorlari yoki iste'molchilarini (individual yoki samarali) anglatadi.
Talab va taklif ob'ektiv zarur bo'lgan bozor kategoriyalaridir. Ular orqali ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasidagi munosabatlar namoyon bo'ladi. Talab va talab pirovardida birja asosida ishlab chiqarish va iste'molni yuzma-yuz keltirib chiqaradi.
Talab - bu pul bilan ifodalangan ijtimoiy ehtiyojning miqdori. Talab bu bozorda tovarlarga bo'lgan ehtiyoj. Talab har doim pul bilan ifodalanadi, ya'ni. aholi va korxonalar uchun to'lov vositalari. Faol talab tovarlarni sotishning mumkin bo'lgan hajmini aniqlaydi, ya'ni u bozor imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Taklif bu bozorga yakuniy sotish uchun kiradigan tovarlar to'plami. Taklif deganda bozorda bo'lgan yoki unga etkazib beriladigan mahsulot tushuniladi. Bundan kelib chiqadiki, tovarlarni etkazib berish ularni ishlab chiqarish va tovar zaxiralariga bog'liq.
Bozorda tovar aylanishining normal jarayonini ta'minlash uchun talab va taklif o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'lishi kerak. Aynan mana shu bozorni tartibga solish. Birinchidan, talab va taklifning nisbati narx darajasining shakllanishiga bevosita ta'sir qiladi. O'z navbatida, ushbu nisbat mavjud narxlarga qarab o'zgarib turadi. Shuning uchun narx omili talab va taklif o'rtasidagi o'zaro ta'sirga faol ta'sir qiladi.
Qisqa muddatli istiqbolda talab va taklifni tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: narx o'zgarishi; manevr zaxiralari.
Istiqbolda talab va taklif quyidagi omillar bilan tartibga solinadi: mehnat unumdorligining o'zgarishi; ijtimoiy takror ishlab chiqarish hajmi va nisbatlaridagi o'zgarishlar; shaxsiy iste'mol tarkibidagi o'zgarishlar; aholining pul daromadlari dinamikasini tartibga solish.
Iqtisodiyot uchun talabning taklifga nisbatan haddan tashqari ortiqligi va tovar taklifining talabga nisbatan ortiqcha bo'lishi ham bir xil darajada g'ayritabiiydir. Birinchi holda, tovarlarning surunkali etishmasligi bo'ladi, ikkinchi holatda - aylanma kanallarda tovar massalarining pasayishi, ularning haddan tashqari ko'payishi.
Bozor munosabatlarining subyektlari sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar), xaridor (iste'molchilar) va turli vositachilardir. Ular: davlat (hukumat), korxonalar (firmalar) va uy xo'jaliklari bo'lishi mumkin. Bozordagi ob'ektlar bu sotiladigan barcha turdagi tovarlar (tovarlar va xizmatlar, ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositalari, moliya va boshqalar).
Bozor mexanizmi - bu bozorning asosiy elementlari: taklif, talab va narxlarning o'zaro bog'liqligi va o'zaro ta'siri mexanizmi.
Bozor mexanizmining o'ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog'liq bo'lib, u talab va taklifga ta'sir etuvchi asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Xususan, talab narx bilan teskari bog'liq: mahsulot narxining oshishi bilan unga bo'lgan talab, qoida tariqasida, pasayadi va aksincha.
Shu bilan birga, aholining talabi faqat tovarlarning chakana narxlariga bog'liq bo'lib, ulgurji yoki xarid narxlarining o'zgarishi chakana narxlar o'zgarguncha aholining talabiga bevosita ta'sir ko'rsatmaydi. Ulgurji narxlarning o'zgarishi korxonalarning ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan talabiga ta'sir qiladi.
Narx, taklif va talab o'rtasidagi munosabatlarga qo'shimcha ravishda to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi, ya'ni. talab talabga, talab esa talabga javob beradi. Masalan, bozorda yangi yuqori sifatli tovarlarning taklifi har doim ularga bo'lgan talabni rag'batlantiradi va ma'lum tovarlarga bo'lgan talabning o'sishi oxir-oqibat ushbu tovarlarga bo'lgan talabning o'sishini talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'zlarining iqtisodiy faoliyatlarida bozor parametrlariga asoslanadilar, ularning eng muhimi talab, taklif, muvozanat narxi. Bu bozor munosabatlarining asosi, bozorning yadrosi.
Ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlarning iqtisodiy holati ko'plab omillar ta'sirida o'zgarib turadigan bozor sharoitlariga bog'liq. Bunday holda talab va taklif o'rtasidagi ma'lum bir nisbat juda muhim rol o'ynaydi. Ko'pincha xaridor va sotuvchilarning taqdirini belgilaydi.
Bozor kon'yunkturasi - har qanday vaqtda bozorda paydo bo'ladigan iqtisodiy sharoitlar majmui, bunda tovarlar va xizmatlarni sotish jarayoni amalga oshiriladi.
Bozor sharoitlari bozor holatini tavsiflovchi iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan belgilanadi: talab va taklifning nisbati, narx darajasi, bozor sig'imi, iste'molchilarning xarid qobiliyati, tovar-moddiy zaxiralar holati va boshqalar.
Bozor kon'yunkturasini butun iqtisodiy qayta ishlab chiqarish jarayonini belgilovchi va hozirgi vaqtda iqtisodiyotning umumiy holatini (va nafaqat bozorni) tavsiflaydigan iqtisodiy sharoitlar va xususiyatlar to'plami bo'lgan milliy iqtisodiy kon'yunkturadan ajratish kerak.
Bozor mexanizmiga yondashuv uning ishlashi va ishlatilishining asosini tashkil etuvchi iqtisodiy qonunlarni tushunishni nazarda tutadi. Ushbu qonunlar quyidagilardir: qiymat (foyda) va foyda qonuni, tushayotgan talab, taklif, talab va taklifning o'zgarishi, raqobat, foyda va boshqalar.
Foyda o'zgarishi - bu bozor barometri signalizatsiya ishlab chiqarishidir. Tovar ishlab chiqaruvchi o'zining iqtisodiy faoliyatida daromadni ko'paytirish manfaatlariga amal qiladi. Foyda narxlarga, ishlab chiqarishning o'sishi va tezligiga bog'liq
kapital aylanmasi. Korxonalarning foyda olishga yo'naltirilganligi, muvozanatli bozor sharoitida va tanqis iqtisodiyot sharoitida, jamoaviy egoizm paydo bo'lganda va korxona faoliyatida foyda roli gipertrofiyaga uchraganida.
Bozor mexanizmi turli xil narxlar orqali amalga oshiriladigan qiymat, qiymat, foyda qonuniyatlariga asoslanadi: ekvivalent birja narxlari (nafaqat foyda, balki jamiyat ma'lum bir tovar yoki xizmatni ishlab chiqarish uchun to'lashi kerak bo'lgan xarajatlar bilan belgilanadi), muvozanat, monopoliya , kamsituvchi, mintaqaviy va boshqa narxlar.
Resurslarni cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov muammosini qo`yadi:

nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish?

qanday texnika va texnologiyani qo`llash?

  • ishlab chiqarilgan kim tomonidan mahsulot iste’mol qilinadi?


Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida - ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yo`llarini o`rganish turadi.


Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini ko`zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech
nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko`pincha inson bir iqtisodiy ne’matningma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi.
Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo`lgan 3 metr mato bo`lagidan yo ko`ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham sizda ham ko`ylak, ham kamzul tikish imkoni yo`q. Bu vaziyatda tanlash kerak bo`ladi. Bu tanlov yo ko`ylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni ko`zda tutadi. Ko`ylakni tanlash qarori kamzulga ega bo`lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi ko`ylakning qimmati kamzulga ega bo`lib, olish mumkin bo`lgan foyda va quvonchlarga teng. Unda ko`ylakning muqobil qiymati borligi aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati ko`ylak bo`ladi.
Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini o`rganib, mikroiqtisodiyot fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam resurslarni sarflab, o`zining eng ko`p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir. Bu ko`plab yo`llar ichidan inson cheklangan resurslardan yaxshiroq foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan bo`lganida, tanlov mumkin bo`lmasdi. Agar cheklanganlik bo`lmaganida, unda tanlov kerak bo`lmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror bilan cheklanmasdan, ularning ko`piga egamiz. Tanlov resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`llari o`rtasida boradi va resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`li kam xarajatlarda eng yuqori natijani ta’minlovchi yo`l bo`ladi.
Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan voqealarni tushuntirish bilan shug’ullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda iste’mol etiladigan xomashyo narxi o`zgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan bo`shatish yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma ularning qanchasini bo`shatish yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shular mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.
Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab chiqarish maqsadida firma, ish kuchi, kapital qo`yilmalar hajmi va xomashyoning rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qo`llaydi. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari bo`lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining o`zgarishiga, va shuningdek, bo`lg’usi o`z mahsulotining narxiga ko`ra firma ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.
1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
Mikroiqtisodiyot fani firma va uy xo`jaliklarining qarorlarini va ularning maxsus bozorlardagi o`zaro aloqalarini, firma va uy xo`jaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilishi va ularning bozordagi o`zaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik ularning hatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham o`rganadi. Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham bog’liqdir, chunki, butun dunyoda sodir bo`layotgan iqtisodiy o`zgarishlar o`sha alohida individual sub’ektlarning iqtisodiy munosabatlarining mahsulidir. Makroiqtisodiy o`sishni mikrodarajadagi munosabatlarning uyg’unlashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Misol qilib olsak, makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xizmatlardan olinadigan daromad solig’ining ta’sirini o`rganishlari uchun, ular har bir xo`jalik yurituvchilarning tovar va xizmatlarni ayirboshlashga bo`lgan salohiyatini bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir biriga aloqador bo`lib o`xshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki, ikkisi turli savollarga javob bo`ladi, har bir fanning o`zini alohida usullari mavjud bo`lib, ikkovi ham alohida fan sifatida bir biridan ajralgan holda o`rganiladi.
Mikroiqtisodiyot ayrim sub’ektlar faoliyati bilan bog’liq. Bular jumlasiga iste’molchilar, ishchilar, kapital, yer egalari, firmalar, ya’ni aslida iqtisodiyot amal qilishida muhim o`rin tutuvchi individ yoki xo`jalik sub’ektlari kiradi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotning quyi bosqichda qanday qilib va nima sababdan xatti-harakat amalga oshirilishini tushuntirib beradi. Masalan, iste’molchi nima uchun tovar sotib olishga jazm qildi; narx va daromad o`zgarishi tovar tanlashga qanday ta’sir etdi; firma ishchilari sonini qanday rejalashtiradi, ular qaerda, qancha ishlashi lozimligini aniqlaydi, shu kabilarni mikroiqtisodiyot tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyotning yana boshqa bir muhim jihati tarmoqlarda, masalan sanoat tarmoqlarida bozorlardan tashkil topgan eng yirik tuzilmalar hosil bo`lishida iqtisodiyot sub’ektlarining o`zaro munosabatlarini o`rganishdir. Mikroiqtisodiyot shu narsani, masalan, amerika avtomobil sanoatining tarixiy rivojlanish mantiqini, avtomobil bozorida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qanday o`zaro munosabatga kirishishlarini anglab olishga yordam beradi. Bu fan avtomobillarga narx qanday belgilanishini, avtomobil kompaniyalar yangi zavodlar qurilishiga qanday mablag’larni investitsiya qilishlarini, yiliga qancha avtomobil ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot ayrim firmalar va iste’molchilar faoliyatini o`rgangan holda sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday faoliyat ko`rsatishini, bularning faoliyatiga boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy sharoit va hukumat siyosati qay yo`sinda ta’sir etishini ochib beradi. Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko`rinishi o`zaro farqlanadi: a) pozitiv mikroiqtisodiyot;
b) normativ mikroiqtisodiyot
Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning
aloqadorliklarini o`rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo`lishi kerak, degan savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar importiga kvota belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida nima o`zgaradi? Bu avtomobillardan foydalanuvchilarga va avtomobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar paydo bo`ladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi. Mikroiqtisodiyotda pozitiv tahlil markaziy o`rin egallaydi. Benzinga yangi hukumat darajasida soliq belgilash ko`rib chiqilyapti, deb faraz qilaylik. Yangi soliq kiritilishi bilan benzin narxi o`zgaradi, bu benzinni kam sarflaydigan avtomashinalarga bo`lgan talabni, shuningdek bu mashinalardan kundalik hayotda foydalanilishi va boshqa narsalarni o`zgartirib yuboradi. O`z faoliyatini oqilona rejalashtirish uchun neft va avtomobilsozlik kompaniyalari davlat soliq siyosatining turli oqibatlari qanday bo`lishini aniqlashlari kerak bo`ladi. Bu ishni avtomobil uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar, sayohat bilan shug’ullanuvchi firmalar ham bajarishi kerak. Avtomobil kompaniyalari soliq qabul qilingandan keyingi maksimal foydani, katta va kichik litrajli avtomobillar ishlab chiqarish hajmini aniqlashni, tejamli avtomobillarni ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan kapital qo`yilmalar miqdorini belgilashni xohlaydilar. Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi. Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. Benzin solig’i maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq optimal miqdori qanday bo`ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil ko`pincha baho berish xususidagi mulohazalar bilan to`ldiriladi. Masalan, benzinga soliqni import qilinadigan neft uchun qo`yilgan boj bilan taqqoslab shunday xulosaga kelish mumkin, garchi neft solig’ini boshqarish yengil bo`lsa-da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha ko`proq ta’sir o`tkazishi mumkin. Bunday vaqtda jamiyat ijtimoiy adolatni iqtisodiy samaradorlik bilan qiyoslab ko`rishi zarur bo`ladi. Baho berish xususidagi mulohazalar qo`llanilgan paytda mikroiqtisodiy siyosatning eng yaxshi variantayo`li nimadan iborat, degan savolga javob berishga qodir bo`lmaydi. Ammo mikroiqtisodiyot omillarning o`zaro ta’sirini ko`rsata biladi va bu bilan bahsli munozara oydinlashishiga yordam beradi.
1.3.Mikroiqtisodiyotning ahamiyati
Mikroiqtisodiyotning ahamiyati alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy
xo`jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida zarur.
Amalda bizning asosiy mahsadlarimizdan biri xo`jalikka oid qarorlarga kelinganda qanday qilib mikroiqtisodiyot tamoyillari qo`llanishini ko`rsatishdan iboratdir. Mikroiqtisodiyotning amalda qo`llanishini ko`rsatuvchi jahon amaliyotida yuz bergan misolni keltiramiz.


Korporatsiya darajasida bir qarorga kelish. 1985 yilning oxirida «Ford» oldingi g’ildiraklari tortadigan va samarali aerodinamik shaklga ega bo`lgan «Tauras» nomli yangi avtomobil modelini bozorga taqdim etdi. Mashina katta muvaffaqiyatga ega bo`ldi va 1987 yilga kelib «Ford» foydasini deyarli 2 marta ko`paytirdi. Bu mashinaning dizayni va samarali ishlab chiqarilishi muhandislik tafakkurining eng yangi yutuqlarini qo`llash bilan bog’liq edi, u ancha-muncha iqtisodiy masalalarga ham daxldor bo`ldi. Firma menejerlari yangi dizayn xaridorlar tomonidan naqadar ma’qullanishini tushunib yetishlari kerak edi. Iste’molchilarni mashinaning texnik tavsiflari va tashqi ko`rinishi qoniqtiradimi? Dastlabki talab qancha bo`ladi, u vaqt o`tishi bilan qanday o`zgaradi va bunga avtomobilning narxi qanday ta’sir etadi? Iste’molchilarning talab-ehgiyojini o`rganish, yangi mashinaga bo`lgan talabni prognozlash, mashina narxi o`zgarganda unga talabning o`zgarishi «Tauras» dasturining muhim qismini tashkil etdi. So`ng «Ford» model qiymatini belgilashi kerak edi: ishlab chiqarish xarajatlari va ularning yiliga qancha mashina chiqarilishiga qarab o`zgarishini aniqlash zarur edi. Shuningdek, kasaba uyushmasi bilan ish haqining miqdori to`g’risidagi muzokaralar natijasi, po`lat va boshqa xom ashyolar narxi ham hisobga olinishi kerak edi. Ishlab chiqarishda tajriba ko`paygan sari ishlab chiqarish xarajatlarining pasayish miqdori va tezligini ham tahlil etishga to`g’ri keldi. Bu ma’lumotlar maksimal foydani qanday olish mumkin, buning uchun yiliga qanday miqdorda mashina chiqarishni rejalashtirish kerak, degan savollarga javob topish uchun talab qilinar edi. «Ford» narx shakllantirish strategiyasini ishlab chiqishi kerak edi, bundan tashqari raqobatchilarning bu strategiyaga qanday javob berishini ham chamalab ko`rishiga to`g’ri kelar edi. Masalan, mashinaning dastlabki «yengillashtirilgan» modeliga past narx, lekin uning gidravlik boshqarish tizimi bor, havo konditsioneri mavjud individual modelga esa yuqori narx qo`yish kerakmi? Yoki mashinalarni «standart» qilib ishlab chiqarish va ularning jamiga ancha yuqori narx belgilash yanada qulay bo`ladimi? Bunga GM («General motors) va «Kraysler» kabi raqobatchilar «Ford» qo`ygan narxdan qatiy nazar, qanday javob qaytaradilar? GM va «Kraysler» o`z mashinalari narxini tushirish orqali «Ford»ni ham narxni tushirishga majbur etadimi? «Ford»ning ham narxni pasaytirishga harakat qilishi xavfi GM va «Kraysler»ning narxlarni pasaytirishdan tiyib tura oladimi? «Tauras» dasturi yangi ishlab chiqarish uskunalariga katta kapital qo`yishni talab qilgan, kompaniya esa bu bilan bog’liq riskka va uning kutilayotgan oqibatlariga baho berishi zarur edi. Riskning bir qismi benzinning bo`lg’usi narxi aniq bo`lmasligi bilan (benzinning yuqori narxi kam litrajli mashinalarga talabni oshirib yuboradi), riskning boshqa qismi esa firma ishchilariga beriladigan ish haqi miqdorining aniq bo`lmasligi bilan bog’liq edi. Agar neftning jahon bozoridagi narxi 2—3 marta oshsa yoki hukumat benzinga yangi soliq joriy etsa nima bo`ladi? Kasaba uyushmalari ish haqi to`g’risidagi muzokaralarda naqadar kuchlilik qiladi va bu ish haqi miqdoriga qanday ta’sir etadi? Kapital qo`yish haqida qarorga kelinganda bu savollarga javoblarning noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford» birlashgan firma bo`lib ma’lum tashkiliy muammolarni ham hal etishi kerak edi, chunki uning bir bo`linmasi mashina ayrim qismlarini ishlab chiqaradi, boshqalari esa yig’ish bilan shug’ullanadi. Turli bo`linmalar menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak. Avtomobilni yig’uvchi bo`linmalar boshqa bo`linmalardan oladigan dvigatellarga qanday narx qo`yishi lozim. Hamma detal va qismlarni o`z zavodlaridan olish kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat, «Ford» o`z faoliyatida hukumat va qonun chiqaruvchi idoralarning talablarini hisobga olishi kerak. Masalan, avtomobilning yangi modeli tashqi muhitga chiqaradigan gazlar federal me’yor, eng ko`p deganda, yo`l qo`yilgan darajadagi kontsentratsiya talabiga javob berishi zarur bo`ladi, mashinalarni uzluksiz yig’ib borish esa xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qonunlariga mos kelishi kerak edi. Mazkur qoida va me’yorlar vaqt o`tishi bilan o`zgarishining eng ko`p ehgimoli qanday? Bular kompaniyaning xarajatlari va daromadlariga qanday ta’sir eta oladi?
1.4. Bozor va uning vazifasi
Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng keladigan muqobil variantning yo`qligini isbotladi.
Birinchidan, bozor ishlab chiqarish va iste’molning o`zaro bog’liqligini ta’minlaydi. Bu funktsiyani u taklifni to`lov qobiliyatli talab hajmiga muvofiqligini o`rnatish orqali amalga oshiradi.
Ikkinchidan, xolis ishlab chiqaruvchilar mehnatining natijalarini ijtimoiy baholashni kafolatlaydi. Bunday baholash mexanizmi oddiy, samarali va ob’ektivdir. U bir narsadan: oldi-sotdi bo`lidimi yoki yo`qligidan iborat. Uchinchidan, bozor ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi uchun sharoit yaratadi. Bunga qoloqlarni ilg’orlardan «ajratuvchi» raqobat yordam beradi. «Sof» bozor hech qachon mavjud bo`lmagan, bu hayoliy tizim - «mukammal raqobat» deb ataluvchi «hayoliy» modeldir. Erkin bozor yoki «mukammal raqobat» ishi qator majburiy shartlar, institutlar mavjudligi bilan aniqlanadi:
xususiy mulkchilik; tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi sifatida; raqobat; bozor narxlari tizimiga tayanish; davlat rolining cheklanganligi.
Bu barcha institutlar xo`jalik faoliyatini rivojlantirish asosi sifatida iqtisodiy rag’batlantirish tizimini vujudga keltiradi.
Xususiy mulkchilik- bu fuqaro yoki firmani iqtisodiy ne’matga egalik qilish,
foydalanish, taqsimlash huquqidir. Agar mulkchilik huquqlari yaqqol aniqlangan va ishonchli himoyalangan bo`lsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik erkinligi har qanday inson tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkinligini: resurslarni sotib olish va o`z tanloviga ko`ra har qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni bozorda sotish, pullarni bankka qo`yish va boshqalarni ko`zda tutadi.
Tanlash erkinligi resurs egalarini ularni o`z hohishiga qarab foydalanish: xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan shug’ullanish, iste’molchilar uchun o`z pul daromadlariga tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini ko`zda tutadi. Tanlovning to`g’riligi va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot to`la hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi.
Shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi rag’bat, xo`jalik faoliyati sababidir. Bozorda faoliyat ko`rsatayotgan barcha sub’ektlar o`zining shaxsiy manfaatini ko`zlaydi, ularni Adam Smit ta’biricha «ko`rinmas qo`l» boshqaradi. U bozorning barcha qatnashchilarini barcha uchun farovonlikni oshishini ta’minlovchi yo`nalishda harakat qilishga undaydi. Har bir odamnm boylikka intilishi umuman butun jamiyatning boyligiga olib keladi.
Raqobat – cheklangan resurslarning ko`proq miqdoriga, ulardan eng ko`p qaytim olish maqsadida ularni o`z ihtiyoriga olish uchun xo`jalik sub’ektlari o`rtasidagi musobaqadir.
Odatda, raqobat odamlarni cheklangan resurslarni olish va ishlatishning eng oqilona yo`llarini izlashga uyg’otib, ijobiy rol o`ynaydi.
Bozor narxlari tizimiga tayanish. Narx bozorda iqtisodiy vaziyat ko`rsatkichi bo`lib xizmat qiladi va uchta funktsiyani bajaradi: xaridor va sotuvchilar harakatini yo`naltiruvchi axborotni beradi; ishlab chiqarishning samaraliroq yo`llarini rag’batlantiradi; bozor sub’ektlari o`rtasida daromadlarni taqsimlaydi.
Narxlar bu uchta funktsiyani bajarishi uchun, ularga erkin harakatlanishni ta’minlash zarur bo`ladi.
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida yechiladi:
  • optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;


  • muqobil xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish yo`nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali. Iqtisodiy sub’ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko`ra o`z maqsadlariga erishishi uchun xo`jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy sub’ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.


Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo`lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo`jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi mumkin darajada o`zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo`lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko`rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.


Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:


  1. ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;


  2. iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;


  3. ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo`yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.


Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1-chizma). 1-chizma. Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi


Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi o`zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen o`zgaruvchilar tashqi o`zgaruvchilar bo`lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen o`zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo`linadi: uy xo`jaliklari va firmalar. Uy xo`jaliklari o`z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o`zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xo`jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.
Ko`rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xo`jaliklari hal qiladi. Uy
xo`jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo`lishi kerak. Firmalar, o`z navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo`jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo`yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak bo`ladi.
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo`jaliklari sektori
o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldisotdi bo`yicha o`zaro munosabatda bo`lsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi bo`yicha o`zaro munosabatda bo`lsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.
Har bir bozor o`zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo`jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo`lib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning o`zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to`g’risida signal bo`lsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash to`g’risida muhim axborot bo`lib xizmat qiladi.
Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog’liq xarajatlarga transaktsion xarajatlar deyiladi.
Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qarorlarini vaqt bo`yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari to`g’risida tasavvurga ega bo`lishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi to`g’risida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko`ra, o`zlarining joriy xo`jalik rejalarini qayta ko`rib chiqadilar va o`zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar. Tayanch so`z va iboralar: mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, ehtiyoj, resurs, muqobil qiymat, ijtimoy ne’mat, bozor, optimallashtirish.


Download 49.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling