Mikroiqtisodiyot-joriy pdf
Download 44.46 Kb.
|
999mikroiqtisodiyot-joriy anvar
952-21-guruh talabasi Bozorboyev Anvarning Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot fanidan joriy nazorat topshiriqlari Nima sababdan extiyojlar cheksiz buladi? Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol, ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi. Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi. Jamiyat ehtiyojlari kishilar, ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat ehti- yojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat – ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarningehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Resurslarga nimalar kiradi va ularni cheklanganligini kanday tushunasiz? Resurslar (fransuzcha: ressource - yordamchi vosita) - pul mablagʻlari, boylik, zaxira, imkoniyatlar; davlat byudjetida daromad manbalari, tabiiy, iqtisodiy, mehnat, valyuta va boshqa Resurslar boʻlishi mumkin. Keng maʼnoda -jamiyat hayotida ishlab chiqarishni taʼminlashning vositalari, manbalarini ifodalaydigan iqtisodiy Resurslar muxim oʻrinda turadi. Iqtisodiy Resurslar tabiiy (xom ashyo, suv, oʻrmon resurs), mehnat ("inson kapitali"), aylanma mablagʻlar (materiallar), axborot, moliya (pul kapitali) Resurslariga boʻlinadi. Top maʼnoda — iqtisodiy resurs xoʻjalik faoliyatida foydalaniladigan, shu jumladan, yuqorida sanab oʻtilgan Resurslarni ham qamraydigan omillar majmuini bildiradi. Resurslar tiklanadigan, yana qayta hosil qilish mumkin boʻlgan (ish kuchi, jihozuskunalar) va tiklanmaydigan (Mas, xom ashyolar — neft, koʻmir, gaz, rudali konlar) Resurslarga hamda ishlab chiqish va mahsulot isteʼmoli chiqindilari boʻlgan ikkilamchi Resurslarga (dastlabki ishlatishdan keyin ishlab chiqarishda asosiy xom ayosh yoki mahsulot tarzida foydalaniladigan materiallar va buyumlar)ga boʻlinadi. Bunday Resurslar qoʻshimcha moddiytexnika Resurslar manbai hisoblanadi. Valyuta Resurslari, yaʼni erkin almashtiriladigan chet el valyutasi zaxiralari va uning tushum manbalari ham Resurslarga kiritiladi. Resurslar kamyobligi — jamiyat hayotida ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan resurelarning cheklanganligi va tiklanmaydigan resurslarning tobora kamayib borishi. Resurslarning kamyobligi umumiy hodisa boʻlib, inson ehtiyojlarining cheksizligi bilan resurelarining cheklanganligi oʻrtasidagi nomutanosiblik iqtisodiyotning azaliy muammosidir. Ekiladigan yerlarning, yer osti va yer usti boyliklarining, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan boʻlishi, energiya resurelarining yetishmasligi va boshqalarda koʻrinadi. Mac, keyingi 200 yil ichida Yer kurrasida isteʼmolchilar soni 5 marta koʻpaydi, ammo yer sathi, tabiiy boyliklar koʻpaygani yoʻq. Yer kurrasining 72% okeanlardan iborat, ammo quruqlikning talay qismida yashab boʻlmaydi. Resurslar kamyobligi hodisasi ishlab chiqarishda resurslarni tejovchi texnologiyalarni yaratishga turtki beradi, resurelar sarfining eng tejamli usullari tanlanadi, mahsulot birligini yaratish uchun ketadigan resurs sarflari qisqartiriladi, ehtiyojlarni qondirishning oqilona darajasiga amal qilinadi. «Bozor» va «Bozor iktisodi» deganda nimani tushunasiz? Bozor - sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7-10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab - taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi - bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir. Bozorni kanday turlarini bildasiz? Download 44.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling