Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Makro
“ Mikroiqtisodiyot . Makroiqtisodiyot ” fanidan Mustaqil ish BIA-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon 10-varint. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlari tahlili O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlari tahlili Inflyatsiya mamlakatning iqtisodiy holatini tavsiflovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasini hisoblash iste‘mol narxlari indeksi(INI) ya‘ni iste‘molchi o‘rtacha xarid qiladigan tovar va xizmatlarning miqdori ma‘lum davr mobaynida o`zgarmas bo`lgan holida, aholining iste`mol xarajatlari umumiy miqdorining o`zgarishini ifodalash orqali aniqlanadi. Iste`mol narxlari indeksida, mamlakatning barcha hududlari bo`yicha xilma-xil tovar va xizmatlar narxlarining harakati o`rtacha holga keltiriladi. O‘zbekiston Respublikasida iste‘mol narxlari indeksini hisoblash tizimi ilk bor Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) yordamida 1994- yil yanvar oyidan boshlab amalga oshirila boshladi. INI ― Iste`mol narxlari indeksi bo`yicha qo`llanmaga: Nazariya va amaliyot‖ (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Yevrostat, BMT YeIK, Butunjahon banki va XMT, 2007 yil) asosan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2012-yil 8-iyundagi 10-sonli qaroriga muvofiq Tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari (tariflari) kuzatuvini tashkil etish bo`yicha uslubiy nizom shakllantirildi. Inflyatsiya darajasini hisoblash uchun xalqaro andozalarga muvofiq o‘rtacha daromad oluvchi aholining iste‘mol qiladigan kamida 300ta Tovar va xizmatlardan iborat iste‘mol savati bo‘lishi lozim. Agar 1994 yilda respublikamiz iste‘mol savatiga 267ta tovar va xizmatlar kiritilgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu miqdor 386 taga yetdi. (rivojlangan mamlakatlarda– 1000-2000 ta). Bu uch yirik guruhlarga – oziq-ovqat (96ta), nooziq-ovqat tovarlari (188ta) hamda xizmatlarga (66ta) bo‘lingan. Ushbu iste‘mol savati minimal yashash byudjeti savatidan keskin farq qiladi. Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasi 2005-2017-yillarda tahlil qilar ekanmiz, so‘nggi yillarda inflyatsiya darajasi keskin oshib ketgani ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilga qadar bo‘lgan davrda, pul-kredit va inflyatsiyaga qarshi siyosat o`tkazilishi, milliy valyutani barqarorligini ta`minlashi natijasida, iste`mol sektorida inflyatsiya darajasini pasayishiga erishilgan edi. Masalan, 2005 yilda tovar va xizmatlar narxlari darajasi o`rtacha 7,8%ga o`sgan bo`lsa, 2015 – 2016 yillarga kelib, yillik o`rtacha narxlarning o`sish darajasi mos ravishda 5,6% va 5,7%ni tashkil qildi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2017-yilga kelib eng yuqori darajaga 14,4% ga yetdi. 2- rasm. O’zbekiston Respublikasi bo’yicha iste’mol narxlari indeksi dinamikasi 10 O‘zbekiston 2010 yil yakunlari bo`yicha Moldova va MDHning o`nta davlati ichida eng past inflyatsiya darajasi bilan birinchi o`rinda egallagan edi, 2016 yil yakunlari bo`yicha esa respublikada inflyatsiya darajasi Ozarbayjon, Belarus, Qozog`iston, Tojikiston va Ukraina kabi davlatlarga nisbatan past bo`lgan. 2005, 2010 va 2016 yillar uchun iste‘mol narxlari indeksi taqqoslanganda, ham umumiy narxlarning (2005 yildagi 7,8%dan 2016 yilda 5,7% gacha), ham iste‘mol tovarlari narxlarining (2005 yildagi 6,7%dan 2016 yilda 0,3%gacha) o`sish suratlarini pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 116 114,4 114 114,3 112 110 108 107,8 107,8 107,6 106,8 107,3 106 106,8 106,8 107,4 107,0 106,1 105,6 105,7 104 102 100 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 11 1-jadval. MDH davlatlarida iste’mol narxlari indeksi 11 (dekabr o’tgan yilning dekabriga nisbatan, %) O‘zbekiston Respublikasida 2005–2017 yillarda iste`mol narxlari indeksining o`rtacha yillik o`sishi sur`ati tahlili, xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari narxlarining o`sish sur`atlari oziq-ovqat tovarlari narxlaridagi huddi shunday o`zgarishlarga nisbatan sezilarli darajada ilgarilab ketganligini ko`rsatib turibdi. 2005, 2010, 2016 va 2017 yillar uchun yillik iste`mol narxlari indeksiga ta`sir etuvchi omillarning tahlilida, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`sishi yig`ma indeksning o`sishiga ta`siri ulushini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, eng kichik ko‘rsatkich 2016-yilda (2%) kuzatilganiga guvoh bo‘lamiz. Bunga qarama-qarshi tarzda bu ko‘rsatkich 2017-yilda 48,1%ga yetganini ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilda bu vaqtda esa asosiy inflyatsion omil sifatida nooziq-ovqat tovarlarini tahlil etsak, muayyan holat 39,6 %ni tashkil etganini (ta`sir ulushining ko`payishi 2005 yildagi 19,0%dan 2016 yilda 60,4%gacha) hamda xizmatlar narxining ko`tarilishi jihatidan esa 12,3% ga yetganiga guvoh bo‘lamiz. Bu ko‘rsatkich o‘tgan davrlarga taqqoslaganda sezilarli darajada past ekanligini quyidagi diagrammada yaqqol namoyon etilgan: 12 3- rasm. Iste’mol narxlari indeksiga oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari o’zgarishining ta’sir ulushi 12 Dastlab 2005-2016-yillar davomidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishini tahlil qilib ko‘rsak, undagi ko‘rsatkich (2005 yildagi 6,7%dan 2016 yilda 0,3%gacha) sezilarli darajada qisqargan ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi ma`lumotlarga ko‘ra, tahlil qilinayotgan davr mobaynida oziq-ovqat mahsulotlari guruhida birmuncha sezilarli inflyatsion jarayonlar go`sht mahsulotlari, non mahsulotlari, yog`-moy va sut mahsulotlarida, shuningdek shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatilgan. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari o`rtacha narxlarining eng yuqori o`sish darajasi 2005 yilga to`g`ri kelgan (yillik 6,7%), bu esa go`sht, parranda go`shti va baliq mahsulotlari (24,0%ga), non mahsulotlari (12,6%ga), tuxum (9,6%ga) va sut mahsulotlari (6,1%ga) narxlarining sezilarli oshishi bilan bog`liq bo`lib, ushbu mahsulotlar ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlar bo`lib hisoblanadi va iste`mol narxlari indeksini hisoblash uchun tovar va xizmatlar tuzilmasida o`zining ahamiyatli salmog`iga egadir (2005 yil yakunida ularning qiymat ulushi jami yakuniy ko`rsatkichda 32,9%ni va oziq-ovqat Xizmatlar 2017y mahsulotlari 2016y Oziq-ovqat mahsulotlari 2010y 2005y 10 20 30 40 50 60 70 tovarlarida 52,1%ni tashkil etgan). Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`sish sur`atlarining sezilarli darajada sekinlashishi 2016 yilda qayd etilgan bo`lib, bunda narxlarning o`sish sur`ati atigi 0,3%ni tashkil etgan. Bunda, tuxum narxlari 8,6%ga, sut mahsulotlari narxi 4,2%ga, go`sht mahsulotlari narxi 3,8%ga oshdi, non mahsulotlari narxi 1,0%ga pasaydi (guruch narxining 25,6%ga, mosh 11,9%ga, fasol 4,1%ga pasayishi hisobiga). 4- rasm. Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlaridagi o’zgarishlar 13 Biroq 2016-2017-yillar uchun oziq-ovqat mahsulotlaridagi narxlarning oshishi bo‘yicha ko‘rsatkichi qiyoslanganda, 2017-yilga kelib o‘sish sur‘ati jadallab ketganligini ko‘rish mumkin(mos ravishda 2% va 48,1%). Ayniqsa 2017-yilda inflyatsiya natijasida tuxumning narxi 31,1%ga, go‘sht, parranda va baliqning narxi 30%ga, shakar, choy kabi oziq-ovqatlarning narxi 17,8%ga oshgani aholi turmush farovonligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi berkirtib bo‘lmaydigan holatdir. 5- rasm. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining naxining ko’tarilishining 2017- yildagi holati 14 Yuqoridagi rasmdagi ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, so‘nggi yillarda oziq- ovqat mahsulotlari guruhida birmuncha sezilarli inflyatsion jarayonlar go`sht mahsulotlari, non mahsulotlari, yog`-moy va sut mahsulotlarida, shuningdek shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatildi. Bunda narxlardagi o‘zgarishning yuqori ko‘rsatkichlari tuxum va go‘sht mahsulotlarida qayd etilgan. 2017- yildagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishi INIga umumiy 6,5% darajada ta‘sir ko‘rsatdi. 2005-2016-yillar oralig‘ida, nooziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol bozoridagi inflyatsion jarayonlar dinamikasi sezilarli tebranishlar doirasida tavsiflanadi, xususan, narxlarning maksimal o`sishi 2010 yilda (10,0%ga), minimal o`sish sur`ati 2009 yilda (3,1%ga) qayd etilgan. 6- rasm. Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlaridagi indeksi 15 2005 yildan 2016 yilgacha bo`lgan davrda, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`rtacha yillik o`sish hisobi 7,3%ni tashkil qilgan. Bunda, tovarlar va xizmatlarning jami tuzilmasida ularning ulushlaridagi tebranishlar oralig`i 21%dan 34%gacha tashkil qilgan. 2005 yildan 2016 yilgacha bo`lgan davrlarda, asosiy nooziq-ovqat mahsulotlar guruhlarida o`rtacha yillik narxlarning o`zgarishi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi: 7- rasm. Asosiy nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari guruhlarining o’rtacha yillik narxlari o’zgarishi. (foizda) 16 Ko`rib chiqilayotgan davrda, nooziq-ovqat mahsulotlarining kuzatilayotgan guruhlari orasida, nisbatan narxlarning sezilarli o`sishi avtomobillar uchun yoqilg`i (o`rtacha yillik o`sish 18,1%), shaxsiy transport (o`rtacha yillik o`sish 10,5%) va qurilish mollari (o`rtacha yillik o`sish 7,5%) bo`yicha qayd etilgan. Ularning nooziq-ovqat mahsulotlari salmoq tuzilmasidagi jami ulushi 22% atrofidani tashkil etadi. Ko`rsatib o`tilgan uch guruhdagi mahsulotlar narxlarining indeksi dinamikasining tahlili shuni ko`rsatadiki, avtomobillar uchun yoqilg`i narxlari 2008 yilda (43,8%ga), shaxsiy transport bo`yicha 2015 yilda (21,7%ga) va qurilish mollari narxlari 2007 yilda (23,8%ga) maksimal sur`atda o`sgani qayd etilgan. 2017-yilga kelib esa nooziq-ovqat tovarlari 16,1%ga oshdi, bu holat INIning 5,7%ga o‘sishiga olib keldi. Quyidagi diagrammada esa batafsil ma‘lumotlarni ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, 2005-2016-yillar mobaynida xizmatlar sohasida tariflarni o`sish sur`ati tovarlarning shu kabi ko`rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘lgan edi. 8- rasm. Xizmatlar iste’mol narxlari indeksi 17 Xizmat tariflarining eng yuqori o`sish darajasi 2008 va 2010 yilda qayd etilgan. Bu ikki yilning o`ziga xos xususiyatlari, uy-joy kommunal xizmatlari (2008 yilda o`rtacha 42,0% va 2010 yilda 31,6%ga), maktabgacha ta`lim muassasalari xizmatlari (2008 yilda 2 baravardan ziyodroq va 2010 yilda 32,0%ga) va ta`lim xizmatlari (2008 yilda 54,0%ga va 2010 yilda 51,3%ga) sohalarida tariflarning maksimal darajada o`sganligidan dalolat berdi. 9- rasm. 2005-2017-yillardagi xizmatlarning o’rtacha yillik iste’mol narxlar indeksi 18 2017-yilda esa mamlakat aholisiga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha narxlar va tariflar o‘rtacha 8,6%ga oshdi va INIni umumiy 1,8%darajada o‘sishiga olib keldi. Ushbu sohadagi asosiy inflyatsiya omillari aloqa xizmatlari ta‘riflarini 23,9%ga, yuridik va bank xizmatlari 15%ga, maishiy xizmatlar 8,3%ga, uy-joy kommunal xizmatlari 7,1%ga, yo‘lovchi tashish transport xizmatlari 6,9%ga o‘sib, INI ni umumiy o‘sish sur‘atiga 1,45 darajada ta‘sir ko‘rsatdi. Inflyatsiya darajasini kelgusidagi prognozi. 2019 yil 26 yanvar kuni Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida o‗zgarishsiz qoldirish to‗g‗risida qaror qabul qildi.Mazkur qaror pul-kredit siyosatining inflyasiyani jilovlashga qaratilgan yo‗nalishini saqlab qolish, real foiz stavkalari ijobiyligini ta'minlash va inflyatsion kutilmalarni pasaytirish maqsadlariga asoslangan. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2018 yil yakunlari bo‗yicha inflyatsiya darajasi yillik hisobda 14,3 foizni tashkil etdi. Bunda, 2018 yilning dekabr oyida narxlarning oylik o‗sishi o‗tgan yilning mos davriga (4,1 foiz) nisbatan pasayib 2,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 2018 yilning II–IV choraklari davomida choraklik inflyatsiya darajasini 2017 yilning mos davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.Ayni paytda, IV chorakda ichki talabning yuqori bo‗lishi, tartibga solinadigan narxlarning oshishi va almashuv kursi dinamikasi kabi ham talab ham xarajat omillari ta'sirida iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qoldi. 2018 yil sentyabr oyida qayta moliyalash stavkasining oshirilishi bilan bir qatorda prudensial nazorat choralarining kuchaytirilishi kreditlashning narxga bog‗liq hamda narxga bog‗liq bo‗lmagan sharoitlarini qat'iylashtirish va yakunda kreditlar o‗sish sur'atini maqbullashtirish imkonini berdi. Meva va sabzavotlarini saqlash infratuzilmasi yaxshilanishi hisobiga ularning narxlaridagi mavsumiy tebranishlar nisbatan past bo‗lganligi hamda hukumat tomonidan bozorlarni asosiy iste'mol mahsulotlari bilan to‗ldirish bo‗yicha ko‗rilgan choralar, oziq- ovqat tovarlari inflyatsiyasini keskin o‗sishining oldini olishga yordam berdi. Noyabr oyida energiya resurslar narxlari oshirilishining 2018 yilgi inflyatsiya darajasiga ikkilamchi ta'siri prognoz qilingan ko‗rsatkichlardan past darajada bo‗ldi. Bu, o‗z navbatida, 2019 yilda ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi hisobiga inflyasiyani tezlashishiga ta'sir ko‗rsatishi mumkin. Shuningdek, 2019 yilning yanvar oyidan narxlarning soliq tizimidagi o‗zgarishlarga (asosan QQS bazasining kengaytirilishi) oldindan moslashishishi amalga oshmadi, bu biznes vakillarida soliq tizimidagi o‗zgarishlar ularning moliyaviy faoliyati va ishlab chiqarish xarajatlariga ta'siri xususida noaniqliklar saqlanib turganligi bilan izohlanadi.Natijada, yillik inflyatsiya darajasi (14,3 foiz) sentyabr oyidagi prognoz ko‗rsatkichga (16-17 foiz) nisbatan past bo‗ldi. 2018 yilning oktyabr-noyabr oylarida aholi va biznes vakillarining qisqa va o‗rta muddatli inflyasion kutilmalari tartibga solinadigan narxlar o‗sishi sharoitida oshib bordi. Dekabr oyida respondentlar tomonidan yangi yil bayramidan so‗ng savdo faolligining susayishi taxmin qilinganligi qisqa muddatli kutilmalarni tushishiga sabab bo‗ldi. O‗rta muddatli inflyasion kutilmalarda ham biroz pasayish kuzatilgan bo‗lsada, noyabr oyidagi energiya resurslarning qimmatlashishi hisobiga inflyasion kutilmalar yuqori darajada saqlanib qoldi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling