Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1358325
Bog'liq
Makro




Mikroiqtisodiyot . Makroiqtisodiyot
” fanidan Mustaqil ish 
BIA-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon 
10-varint. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlari 
tahlili 


O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlari 
tahlili 
Inflyatsiya mamlakatning iqtisodiy holatini tavsiflovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasini hisoblash iste‘mol narxlari indeksi(INI) ya‘ni 
iste‘molchi o‘rtacha xarid qiladigan tovar va xizmatlarning miqdori ma‘lum davr mobaynida 
o`zgarmas bo`lgan holida, aholining iste`mol xarajatlari umumiy miqdorining o`zgarishini ifodalash 
orqali aniqlanadi. Iste`mol narxlari indeksida, mamlakatning barcha hududlari bo`yicha xilma-xil 
tovar va xizmatlar narxlarining harakati o`rtacha holga keltiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasida iste‘mol narxlari indeksini hisoblash tizimi ilk bor Xalqaro 
Valyuta Fondi (XVF) yordamida 1994- yil yanvar oyidan boshlab amalga oshirila boshladi. INI

Iste`mol narxlari indeksi bo`yicha qo`llanmaga: Nazariya va amaliyot‖ (XVF, Iqtisodiy hamkorlik 
va rivojlanish tashkiloti, Yevrostat, BMT YeIK, Butunjahon banki va XMT, 2007 yil) asosan 
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2012-yil 8-iyundagi 10-sonli qaroriga 
muvofiq Tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari (tariflari) kuzatuvini tashkil etish bo`yicha uslubiy 
nizom shakllantirildi. 
Inflyatsiya darajasini hisoblash uchun xalqaro andozalarga muvofiq o‘rtacha daromad oluvchi 
aholining iste‘mol qiladigan kamida 300ta Tovar va xizmatlardan iborat iste‘mol savati bo‘lishi lozim. 
Agar 1994 yilda respublikamiz iste‘mol savatiga 267ta tovar va xizmatlar kiritilgan bo‘lsa, 2018 yilga 
kelib bu miqdor 386 taga yetdi. (rivojlangan mamlakatlarda– 1000-2000 ta). Bu uch yirik guruhlarga 
– oziq-ovqat (96ta), nooziq-ovqat tovarlari (188ta) hamda xizmatlarga (66ta) bo‘lingan. Ushbu 
iste‘mol savati minimal yashash byudjeti savatidan keskin farq qiladi. 
Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasi 2005-2017-yillarda tahlil qilar ekanmiz, so‘nggi 
yillarda inflyatsiya darajasi keskin oshib ketgani ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilga qadar bo‘lgan 
davrda, pul-kredit va inflyatsiyaga qarshi siyosat o`tkazilishi, milliy valyutani barqarorligini 
ta`minlashi natijasida, iste`mol 
sektorida inflyatsiya darajasini pasayishiga erishilgan edi. Masalan, 2005 yilda tovar va xizmatlar 
narxlari darajasi o`rtacha 7,8%ga o`sgan bo`lsa, 
2015 – 2016 yillarga kelib, yillik o`rtacha narxlarning o`sish darajasi mos ravishda 5,6% va 5,7%ni 
tashkil qildi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2017-yilga kelib eng yuqori darajaga 14,4% ga yetdi. 


2- 
rasm. O’zbekiston Respublikasi bo’yicha iste’mol narxlari indeksi 
dinamikasi
10
O‘zbekiston 2010 yil yakunlari bo`yicha Moldova va MDHning o`nta davlati ichida eng past 
inflyatsiya darajasi bilan birinchi o`rinda egallagan edi, 2016 yil yakunlari bo`yicha esa respublikada 
inflyatsiya darajasi Ozarbayjon, Belarus, Qozog`iston, Tojikiston va Ukraina kabi davlatlarga nisbatan 
past bo`lgan. 
2005, 2010 va 2016 yillar uchun iste‘mol narxlari indeksi taqqoslanganda, ham umumiy 
narxlarning (2005 yildagi 7,8%dan 2016 yilda 5,7% gacha), ham iste‘mol tovarlari narxlarining (2005 
yildagi 6,7%dan 2016 yilda 0,3%gacha) o`sish suratlarini pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 
116
114,4 
114
114,3 
112
110
108
107,8 
107,8 
107,6 
106,8 
107,3 
106
106,8 
106,8 
107,4 
107,0 
106,1 
105,6 
105,7 
104
102
100
2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018


11 
1-jadval. 
MDH davlatlarida iste’mol narxlari indeksi 
11
(dekabr o’tgan yilning dekabriga nisbatan, %) 
O‘zbekiston Respublikasida 2005–2017 yillarda iste`mol narxlari indeksining o`rtacha yillik 
o`sishi sur`ati tahlili, xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari narxlarining o`sish sur`atlari oziq-ovqat 
tovarlari narxlaridagi huddi shunday o`zgarishlarga nisbatan sezilarli darajada ilgarilab ketganligini 
ko`rsatib turibdi. 
2005, 2010, 2016 va 2017 yillar uchun yillik iste`mol narxlari indeksiga ta`sir etuvchi 
omillarning tahlilida, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`sishi yig`ma indeksning o`sishiga ta`siri 
ulushini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, eng kichik ko‘rsatkich 2016-yilda (2%) kuzatilganiga guvoh 
bo‘lamiz. Bunga qarama-qarshi tarzda bu ko‘rsatkich 2017-yilda 48,1%ga yetganini ko‘rishimiz 
mumkin. 
2017-yilda bu vaqtda esa asosiy inflyatsion omil sifatida nooziq-ovqat tovarlarini tahlil etsak, 
muayyan holat 39,6 %ni tashkil etganini (ta`sir ulushining ko`payishi 2005 yildagi 19,0%dan 2016 
yilda 60,4%gacha) hamda xizmatlar narxining ko`tarilishi jihatidan esa 12,3% ga yetganiga guvoh 
bo‘lamiz. 
Bu ko‘rsatkich o‘tgan davrlarga taqqoslaganda sezilarli darajada past ekanligini quyidagi 
diagrammada yaqqol namoyon etilgan: 


12 
3- 
rasm. Iste’mol narxlari indeksiga oziq-ovqat, nooziq-ovqat 
mahsulotlari va xizmatlar narxlari o’zgarishining ta’sir ulushi
12
Dastlab 2005-2016-yillar davomidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishini tahlil qilib 
ko‘rsak, undagi ko‘rsatkich (2005 yildagi 6,7%dan 2016 yilda 0,3%gacha) sezilarli darajada qisqargan 
ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi ma`lumotlarga ko‘ra, tahlil qilinayotgan davr mobaynida 
oziq-ovqat mahsulotlari guruhida birmuncha sezilarli inflyatsion jarayonlar go`sht mahsulotlari, non 
mahsulotlari, yog`-moy va sut mahsulotlarida, shuningdek shakar, choy va boshqa oziq-ovqat 
mahsulotlarida kuzatilgan. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari o`rtacha narxlarining eng yuqori o`sish 
darajasi 2005 yilga to`g`ri kelgan (yillik 6,7%), bu esa go`sht, parranda go`shti va baliq mahsulotlari 
(24,0%ga), non mahsulotlari (12,6%ga), tuxum (9,6%ga) va sut mahsulotlari (6,1%ga) narxlarining 
sezilarli oshishi bilan bog`liq bo`lib, ushbu mahsulotlar ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlar bo`lib 
hisoblanadi va iste`mol narxlari indeksini hisoblash uchun tovar va xizmatlar tuzilmasida o`zining 
ahamiyatli salmog`iga egadir (2005 yil yakunida ularning qiymat ulushi jami yakuniy ko`rsatkichda 
32,9%ni va oziq-ovqat 
Xizmatlar 
2017y 
mahsulotlari 
2016y 
Oziq-ovqat 
mahsulotlari 
2010y 
2005y 
10 
20 
30 
40 
50 
60 
70 


tovarlarida 52,1%ni tashkil etgan). Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`sish sur`atlarining sezilarli 
darajada sekinlashishi 2016 yilda qayd etilgan bo`lib, bunda narxlarning o`sish sur`ati atigi 0,3%ni 
tashkil etgan. Bunda, tuxum narxlari 8,6%ga, sut mahsulotlari narxi 4,2%ga, go`sht mahsulotlari 
narxi 3,8%ga oshdi, non mahsulotlari narxi 1,0%ga pasaydi (guruch narxining 25,6%ga, mosh 
11,9%ga, fasol 4,1%ga pasayishi hisobiga). 
4- 
rasm. Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlaridagi o’zgarishlar
13
Biroq 2016-2017-yillar uchun oziq-ovqat mahsulotlaridagi narxlarning oshishi bo‘yicha 
ko‘rsatkichi qiyoslanganda, 2017-yilga kelib o‘sish sur‘ati jadallab ketganligini ko‘rish mumkin(mos 
ravishda 2% va 48,1%). 
Ayniqsa 2017-yilda inflyatsiya natijasida tuxumning narxi 31,1%ga, go‘sht, parranda va 
baliqning narxi 30%ga, shakar, choy kabi oziq-ovqatlarning narxi 17,8%ga oshgani aholi turmush 
farovonligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi berkirtib bo‘lmaydigan holatdir. 
5- 
rasm. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining naxining ko’tarilishining 2017- yildagi 
holati
14


Yuqoridagi rasmdagi ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, so‘nggi yillarda oziq- ovqat mahsulotlari 
guruhida birmuncha sezilarli inflyatsion jarayonlar go`sht mahsulotlari, non mahsulotlari, yog`-moy 
va sut mahsulotlarida, shuningdek shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatildi. Bunda 
narxlardagi o‘zgarishning yuqori ko‘rsatkichlari tuxum va go‘sht mahsulotlarida qayd etilgan. 2017-
yildagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishi INIga umumiy 6,5% darajada ta‘sir 
ko‘rsatdi. 
2005-2016-yillar oralig‘ida, nooziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol bozoridagi inflyatsion 
jarayonlar dinamikasi sezilarli tebranishlar doirasida tavsiflanadi, xususan, narxlarning maksimal 
o`sishi 2010 yilda (10,0%ga), minimal o`sish sur`ati 2009 yilda (3,1%ga) qayd etilgan. 
6- 
rasm. Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlaridagi indeksi
15


2005 yildan 2016 yilgacha bo`lgan davrda, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`rtacha 
yillik o`sish hisobi 7,3%ni tashkil qilgan. Bunda, tovarlar va xizmatlarning jami tuzilmasida ularning 
ulushlaridagi tebranishlar oralig`i 21%dan 34%gacha tashkil qilgan. 
2005 yildan 2016 yilgacha bo`lgan davrlarda, asosiy nooziq-ovqat mahsulotlar guruhlarida 
o`rtacha yillik narxlarning o`zgarishi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi: 
7- 
rasm. Asosiy nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari guruhlarining o’rtacha 
yillik narxlari o’zgarishi. (foizda)
16
Ko`rib chiqilayotgan davrda, nooziq-ovqat mahsulotlarining kuzatilayotgan guruhlari orasida, 
nisbatan narxlarning sezilarli o`sishi avtomobillar uchun yoqilg`i (o`rtacha yillik o`sish 18,1%), 
shaxsiy transport (o`rtacha yillik o`sish 10,5%) va qurilish mollari (o`rtacha yillik o`sish 7,5%) 
bo`yicha qayd etilgan. Ularning nooziq-ovqat mahsulotlari salmoq tuzilmasidagi jami ulushi 22% 
atrofidani tashkil etadi. 
Ko`rsatib o`tilgan uch guruhdagi mahsulotlar narxlarining indeksi dinamikasining tahlili shuni 
ko`rsatadiki, avtomobillar uchun yoqilg`i narxlari 


2008 yilda (43,8%ga), shaxsiy transport bo`yicha 2015 yilda (21,7%ga) va qurilish mollari narxlari 
2007 yilda (23,8%ga) maksimal sur`atda o`sgani qayd etilgan. 
2017-yilga kelib esa nooziq-ovqat tovarlari 16,1%ga oshdi, bu holat INIning 5,7%ga o‘sishiga 
olib keldi. Quyidagi diagrammada esa batafsil ma‘lumotlarni ko‘rishimiz mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, 2005-2016-yillar mobaynida xizmatlar sohasida tariflarni o`sish 
sur`ati tovarlarning shu kabi ko`rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘lgan edi. 
8- 
rasm. Xizmatlar iste’mol narxlari indeksi
17
Xizmat tariflarining eng yuqori o`sish darajasi 2008 va 2010 yilda qayd etilgan. Bu ikki yilning 
o`ziga xos xususiyatlari, uy-joy kommunal xizmatlari (2008 yilda o`rtacha 42,0% va 2010 yilda 
31,6%ga), maktabgacha ta`lim muassasalari xizmatlari (2008 yilda 2 baravardan ziyodroq va 2010 
yilda 32,0%ga) va ta`lim xizmatlari (2008 yilda 54,0%ga va 2010 yilda 51,3%ga) sohalarida 
tariflarning maksimal darajada o`sganligidan dalolat berdi. 


9- 
rasm. 2005-2017-yillardagi xizmatlarning o’rtacha yillik iste’mol 
narxlar indeksi
18
2017-yilda esa mamlakat aholisiga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha narxlar va tariflar o‘rtacha 
8,6%ga oshdi va INIni umumiy 1,8%darajada o‘sishiga olib keldi. Ushbu sohadagi asosiy inflyatsiya 
omillari aloqa xizmatlari ta‘riflarini 23,9%ga, yuridik va bank xizmatlari 15%ga, maishiy xizmatlar 
8,3%ga, uy-joy kommunal xizmatlari 7,1%ga, yo‘lovchi tashish transport xizmatlari 6,9%ga o‘sib, 
INI ni umumiy o‘sish sur‘atiga 1,45 darajada ta‘sir ko‘rsatdi. 
Inflyatsiya darajasini kelgusidagi prognozi. 2019 yil 26 yanvar kuni Markaziy bank Boshqaruvi 
qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida o‗zgarishsiz qoldirish to‗g‗risida qaror qabul 
qildi.Mazkur qaror pul-kredit siyosatining inflyasiyani jilovlashga qaratilgan yo‗nalishini saqlab 
qolish, real foiz stavkalari ijobiyligini ta'minlash va inflyatsion kutilmalarni pasaytirish maqsadlariga 
asoslangan. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2018 yil yakunlari bo‗yicha inflyatsiya darajasi 
yillik hisobda 14,3 foizni tashkil etdi. Bunda, 2018 yilning dekabr oyida narxlarning oylik o‗sishi 
o‗tgan yilning mos davriga (4,1 foiz) nisbatan pasayib 2,1 foizni tashkil etdi. 


Shuningdek, 2018 yilning II–IV choraklari davomida choraklik inflyatsiya darajasini 
2017 yilning mos davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.Ayni paytda, IV chorakda ichki 
talabning yuqori bo‗lishi, tartibga solinadigan narxlarning oshishi va almashuv kursi 
dinamikasi kabi ham talab ham xarajat omillari ta'sirida iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim 
saqlanib qoldi. 
2018 yil sentyabr oyida qayta moliyalash stavkasining oshirilishi bilan bir qatorda 
prudensial nazorat choralarining kuchaytirilishi kreditlashning narxga bog‗liq hamda narxga 
bog‗liq bo‗lmagan sharoitlarini qat'iylashtirish va yakunda kreditlar o‗sish sur'atini 
maqbullashtirish imkonini berdi. 
Meva va sabzavotlarini saqlash infratuzilmasi yaxshilanishi hisobiga ularning 
narxlaridagi mavsumiy tebranishlar nisbatan past bo‗lganligi hamda hukumat tomonidan 
bozorlarni asosiy iste'mol mahsulotlari bilan to‗ldirish bo‗yicha ko‗rilgan choralar, oziq-
ovqat tovarlari inflyatsiyasini keskin o‗sishining oldini olishga yordam berdi. Noyabr oyida 
energiya resurslar narxlari oshirilishining 2018 yilgi inflyatsiya darajasiga ikkilamchi ta'siri 
prognoz qilingan ko‗rsatkichlardan past darajada bo‗ldi. Bu, o‗z navbatida, 2019 yilda ishlab 
chiqarish xarajatlarining oshishi hisobiga inflyasiyani tezlashishiga ta'sir ko‗rsatishi mumkin. 
Shuningdek, 2019 yilning yanvar oyidan narxlarning soliq tizimidagi o‗zgarishlarga (asosan 
QQS bazasining kengaytirilishi) oldindan moslashishishi amalga oshmadi, bu biznes 
vakillarida soliq tizimidagi o‗zgarishlar ularning moliyaviy faoliyati va ishlab chiqarish 
xarajatlariga ta'siri xususida noaniqliklar saqlanib turganligi bilan izohlanadi.Natijada, yillik 
inflyatsiya darajasi (14,3 foiz) sentyabr oyidagi prognoz ko‗rsatkichga (16-17 foiz) nisbatan 
past bo‗ldi. 2018 yilning oktyabr-noyabr oylarida aholi va biznes vakillarining qisqa va o‗rta 
muddatli inflyasion kutilmalari tartibga solinadigan narxlar o‗sishi sharoitida oshib bordi. 
Dekabr oyida respondentlar tomonidan yangi yil bayramidan so‗ng savdo faolligining 
susayishi taxmin qilinganligi qisqa muddatli kutilmalarni tushishiga sabab bo‗ldi. O‗rta 
muddatli inflyasion kutilmalarda ham biroz pasayish kuzatilgan bo‗lsada, noyabr oyidagi 
energiya resurslarning qimmatlashishi hisobiga inflyasion kutilmalar yuqori darajada saqlanib 
qoldi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling