213. Monopoliyaning jamiyat uchun foydali va zararli tomonlarini izohlab bering.
214. Monopol narxga soliq qanday ta`sir ko`rsatadi?
Monopol bozorda soliq qo`yilganda, mahsulot narxi soliq miqdoridan ko`proq miqdorga ham oshishi mumkin.
215. Lernerning monopol ko`rsatkichi qanday aniqlanadi?.
bu yerda: L- monopol hokimiyatning Lerner indeksi; Pm - monopol narx; MC - chekli xarajat; Edp - talabning narxga ko`ra elastikligi.
Monopol hokimiyat ko`rsatkichi. Raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo`lishi, maksimal foyda olishning zaruriy sharti edi. Monopol bozorda narx chekli xarajatdan yuqori belgilanadi (P>MC).
Ana shu farq (MC-P), ya`ni foydani maksimallashtiradigan narx bilan chekli xarajat o`rtasidagi farq monopol hokimiyatni o`lchash usuli bo`lishi mumkin. Monopol hokimiyatni xuddi ushbu usulda aniqlashni 1934 yilda iqtisodchi olim Abba Lerner tomonidan taklif qilinganligi uchun, bu ko`rsatgich Lernerning monopol ko`rsatkichi degan nomni olgan.
216. Xerfendal-Xirshman indeksi nimani ifodalaydi.
Monopol hokimiyatni xarakterlash uchun bozorni markazlashuv darajasi ko`rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko`rsatkich birinchi bo`lib Xerfindal-Xirshman tomonidan tavsiya etilgani uchun, u Xerfindal- Xirshman indeksi deb yuritiladi.
Bu indeks korxonalarning bozordagi ulushlari yig`indisi sifatida qaraladi va qaysi firmaning bozordagi ulushi yuqori bo`lsa, u firma bozorda monopol hokimiyatiga ega bo`lishi mumkin yoki shunday imkoniyat mavjud deb qaraladi.
Firmalar bozordagi ulushiga ko`ra tartiblashtiriladi.
I - Xerfindal- Xirshman indeksi;
- bozorda eng katta ulushga ega bo`lgan firma; -undan keyingi kattalikdagi ulushga ega firma va hokazo; -eng kichik ulushga ega bo`lgan firma.
217. Monopol sharoitda narx qanday aniqlanadi?
218. Monopsoniya bozorining xususiyatlari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |