Mikroiqtisodiyot mоnоpоliyaga nima?


Download 89.33 Kb.
bet20/33
Sana17.06.2023
Hajmi89.33 Kb.
#1551340
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT (javoblari)

Oʻzgaruvchi xarajat — ishlab chiqarish hajmining oʻzgarish taʼsir etadigan xarajatlar.
O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajatlar, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajatlar. O`zgaruvchan xarajatlar Q ga bog`liq funksiya bo`lib, TVC(Q) ko`rinishida yozilishi mumkin.
163.Umumiy xarajat va o`rtacha xarajatlarning hisoblash usullari farq qiladimi?
Umumiy xarajatlar (TC - Total Costs) - qisqa muddatli orliqda ma′lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning yig`indisiga teng:
TC=TFC+TVC(Q)
Bu yerda: TFC- o`zgarmas xarajatlar, TVC(Q)- o`zgaruvchan xarajatlar.
Umumiy xarajatlar ba′zi hollarda TC o`rniga C bilan ham belgilanadi. Grafik ko`rinishda umumiy xarajat chizig`i o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar chiziqlarini qo`shish bilan hosil qilinadi
O`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC - Average Variable Costs) - bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgaruvchan xarajatlar bo`lib, u o`zgaruvchan xarajat miqdorini ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. O`rtacha xarajatlar firma optimal texnologik razmerga (optimal ishlab chiqarish hajmiga) erishganda o`zining minimal qiymatiga erishadi, ishlab chiqarish hajmi yana oshsa, o`rtacha xarajatlar ham oshib boradi (bu yerda boshqarishning murakkablashuvi, samarali bo`lmagan resurslardan foydalanish, o`zgaruvchan xarajatlarni oshishiga sabab bo`ladi).
O`rtacha umumiy xarajatlarni umumiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlash mumkin
164.Qanday xarajatlarga o`zgarmas xarajatlar deb ataladi?
Doimiy xarajat — ishlab chiqarish hajmiga taʼsir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar.

Download 89.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling