Mikroiqtisodiyot” o`quv fani bo`yicha Mavzu: loyiha, investitsiya va investitsiyalash kurs ishi
Investitsiya (kapital qo`yilma) lar ko`lamini kengaytirish va samaradorligini oshirish yo`llari
Download 43.57 Kb.
|
LOYIHA, INVESTITSIYA VA INVESTITSIYALASH111111111
5. Investitsiya (kapital qo`yilma) lar ko`lamini kengaytirish va samaradorligini oshirish yo`llariKelajakda qishloq xo`jaligining moddiy-texnika bazasini talab darajasida barpo etish, mehnat resurslarining bilimlarini, malakalarini, tajribalarini oshirish uchun investitsiya (kapital qo`yilma) lar sarflashni davom ettirish kerak. Qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy byudjetlardan ajratilayotgan investitsion mablag`larni o`z vaqtida olishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, korxonalar iqtisodiyotini yuksaltirish natijasida ularning faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko`proq mablag` ajratilishini ta`minlashga alohida e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlarning mablag`larini ham oqilona sarflashga harakat qilish kerak. Chunki ular investitsiyalar ko`lamini kengaytirishning real manbalari hisobanadi. Qishloq xo`jaligiga talabni qondiradigan darajada investitsiya (kapital qo`yilma) lar sarflanishini kelajakda ishonchli ta`minlash uchun investitsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar ko`lamini kengaytirish talab etiladi. Bunday shaxslar respublika yoki chet davlatlardan bo`lishi mumkin. Bunda, hozirgi davrda qishloq xo`jaligidagi investitsion jarayonni shakllantirishda sust qatnashayotgan investorlarni intensivroq jalb etishga alohida e`tibor berish lozim. Hozirgi davrdagi cheklangan miqdordagi banklarning ko`lamini kengaytirishga erishish lozim. Buning uchun ularga huquqiy, iqtisodiy shart- sharoitlar yaratib berish zarur. Shu bilan birga qishloq xo`jaligiga ko`maklashayotgan moliya-kredit institutlarini, jumladan, qishloq kredit uyushmalari yoki kooperativlarini tashkil etish, ularning faoliyatini rivojlantirish kerak.
«Oziq-ovqat muammosini hal etish»; «Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini rivojlantirish»; «Qishloq faunasini, florasini hamda ekologiyasini yaxshilash»; «Yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish, ishsizlikni yumshatish»; «Qishloqda malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida «Bilimi-malaka» dasturini tuzish»; «Qishloqda ijtimoiy sohani rivojlantirish» va boshqalar. Download 43.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling