Mikroiqtisodiyot” o`quv fani bo`yicha Mavzu: loyiha, investitsiya va investitsiyalash kurs ishi


Investitsiya (kapital qo`yilma) lar ko`lamini kengaytirish va samaradorligini oshirish yo`llari


Download 43.57 Kb.
bet7/9
Sana05.01.2022
Hajmi43.57 Kb.
#207033
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LOYIHA, INVESTITSIYA VA INVESTITSIYALASH111111111

5. Investitsiya (kapital qo`yilma) lar ko`lamini kengaytirish va samaradorligini oshirish yo`llari


Kelajakda qishloq xo`jaligining moddiy-texnika bazasini talab darajasida barpo etish, mehnat resurslarining bilimlarini, malakalarini, tajribalarini oshirish uchun investitsiya (kapital qo`yilma) lar sarflashni davom ettirish kerak. Qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy byudjetlardan ajratilayotgan investitsion mablag`larni o`z vaqtida olishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, korxonalar iqtisodiyotini yuksaltirish natijasida ularning faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko`proq mablag` ajratilishini ta`minlashga alohida e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlarning mablag`larini ham oqilona sarflashga harakat qilish kerak. Chunki ular investitsiyalar ko`lamini kengaytirishning real manbalari hisobanadi.

Qishloq xo`jaligiga talabni qondiradigan darajada investitsiya (kapital qo`yilma) lar sarflanishini kelajakda ishonchli ta`minlash uchun investitsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar ko`lamini kengaytirish talab etiladi. Bunday shaxslar respublika yoki chet davlatlardan bo`lishi mumkin. Bunda, hozirgi davrda qishloq xo`jaligidagi investitsion jarayonni shakllantirishda sust qatnashayotgan investorlarni intensivroq jalb etishga alohida e`tibor berish lozim.

Hozirgi davrdagi cheklangan miqdordagi banklarning ko`lamini kengaytirishga erishish lozim. Buning uchun ularga huquqiy, iqtisodiy shart- sharoitlar yaratib berish zarur. Shu bilan birga qishloq xo`jaligiga ko`maklashayotgan moliya-kredit institutlarini, jumladan, qishloq kredit uyushmalari yoki kooperativlarini tashkil etish, ularning faoliyatini rivojlantirish kerak.
Majlisining ikkinchi chaqiriq IX sessiyasida (2002 yil, avgust) «Kredit uyushmalari to`g`risida»gi qonun qabul qilingan. Shunga asoslangan holda, Qishloq kredit uyushmalari yoki kooperativlarini tashkil etish va ularning faoliyatini rivojlantirish orqali qishloq xo`jaligiga investitsiya oqimini ko`paytirishga erishish mumkin. Ular nodavlat, notijorat kredit instituti bo`lgani ma`qul. Shuning uchun ularga davlatning imtiyozli iqtisodiy yordami zarur. Bu yordamni davlatning qishloq xo`jaligini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi dasturlari asosida amalga oshirish mumkin:


    • «Oziq-ovqat muammosini hal etish»;

    • «Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini rivojlantirish»;

    • «Qishloq faunasini, florasini hamda ekologiyasini yaxshilash»;

    • «Yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish, ishsizlikni yumshatish»;

    • «Qishloqda malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida «Bilimi-malaka» dasturini tuzish»;

    • «Qishloqda ijtimoiy sohani rivojlantirish» va boshqalar.



Download 43.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling