Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida


Download 20.52 Kb.
bet1/7
Sana18.10.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1708403
  1   2   3   4   5   6   7

Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 2007-yil 21-iyuldagi 20/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 24-sentabrda 1719-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Barcha nobank kredit tashkilotlari o‘z pul mablag‘larini banklarda saqlashlari shart.

  • Barcha nobank kredit tashkilotlari o‘z pul mablag‘larini banklarda saqlashlari shart.
  • Nobank kredit tashkilotlari va yuridik shaxslar o‘rtasida hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda banklar orqali amalga oshiriladi.
  • Nobank kredit tashkilotlari tomonidan banklardan olingan naqd pullar ular qanday maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, faqat o‘sha maqsad uchungina sarflanadi.
  • Nobank kredit tashkilotlari o‘z kassasida naqd pullarni kassadagi naqd pul qoldig‘ining belgilangan limiti doirasida saqlashlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig‘i limitlari ularning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan ushbu nobank kredit tashkilotlari rahbarlari bilan har yili kelishilgan tartibda belgilanadi. Zarur bo‘lgan hollarda ko‘rsatilgan limitlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Kassasidagi naqd pullar nobank kredit tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi.

  • Kassasidagi naqd pullar nobank kredit tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
  • Nobank kredit tashkilotlari kassadagi naqd pul qoldig‘ining belgilangan limitidan ortiqcha bo‘lgan qismini bankdagi hisobvaraqlariga kiritish uchun inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda bank kassalariga topshiradilar.
  • Nobank kredit tashkilotlari o‘z kassalarida belgilangan limitlardan ortiqcha naqd pulni faqat ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lash uchun, bankdan olingan kunni qo‘shib hisoblagan holda 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga egalar.
  • Kassir pullarni faqat chiqim kassa orderida yoki ishonchnomada ko‘rsatilgan shaxsga beradi. Ishonchnoma bo‘yicha naqd pullarni faqat ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiya va nafaqalar to‘lovi berishga ruxsat etiladi
  • Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun belgilangan muddat tugagandan keyin kassir quyidagilarni amalga oshirishi shart: to‘lov qaydnomasida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash amalga oshirilmagan shaxslarning familiyasi qarshisiga “Deponentlandi” degan shtamp qo‘yishi yoki qo‘lda yozib qo‘yishi;
  • deponentlangan summalar reestrini tuzishi;
  • qaydnoma oxirida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalda to‘langan summasi hamda ularning olinmagan summasi, deponentga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summani yozib qo‘yishi, ushbu summalarni to‘lov qaydnomasi bo‘yicha jami summa bilan solishtirishi va yozuvni o‘z imzosi bilan tasdiqlashi;
  • kassa daftariga amalda to‘langan summani yozishi va qaydnomaga “….-sonli chiqim kassa orderi” shtampini qo‘yishi shart.

Nobank kredit tashkilotlari kassasiga kimlar kirishga haqli?

Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling