“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida ma'lumot


O‘zbekistonda bank sektorining rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish bo‘yicha xulosalar


Download 44 Kb.
bet3/8
Sana15.03.2023
Hajmi44 Kb.
#1268903
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
20221226-Strategiya Rezyume Latin

O‘zbekistonda bank sektorining rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish bo‘yicha xulosalar:


  • yaqin 3-5 yil ichida garovsiz chakana kreditlash banklar rentabelligining drayveriga aylanadi;

  • O‘zbekistonning elektron tijorat bozori jadal o‘sish bosqichida (2015-2020 yillar davomida CAGR + 156%) va raqamli moliyaviy xizmatlar rivojlanishini rag‘batlantirmoqda;

  • mikro kichik va o‘rta biznes segmentida yaqqol namoyon bo‘luvchi kreditlanish yetishmasligi mavjud (IFC tadqiqotiga ko‘ra, 2019 yil yakuniga ko‘ra, 64 foiz mikro kichik va o‘rta biznes sub'ektlarini moliyalashtirishning asosiy manbai o‘z mablag‘laridir, bu kredit mahsulotlariga katta talabdan dalolat beradi);

  • O‘zbekistondagi aksariyat banklarining yirik korporativ segmentga xizmat ko‘rsatishga kuchi hali ham yetmaydi va bu segmentni kreditlashdan yo‘qotilgan foyda juda katta bo‘lib chiqishi mumkin;

  • chakana segment katta o‘sish salohiyatiga ega, chunki bank xizmatlarining kamrov darajasi atigi 37% ni tashkil etadi;

  • Hududlarning internet qamrovi raqamli moliyaviy xizmatlarni joriy qilish tezligiga ta'sir ko‘rsatmoqda (Toshkent shahrida internet qamrovi 188 foiz, hududlarda 48 -79 foiz);

  • Internet tarmog‘ining kirib borishini yaxshilash va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish aholining moliyaviy xizmatlardan foydalana olmaydigan qatlamini bank xizmatlari bilan qamrab olish imkonini beradi;

  • Yangi progressiv ishtirokchilar (Tenge Bank, TBC Bank, Anor Bank) va yirik ishtirokchilarning (Xalq bank, Qishloq qurilish bank) transformasiyasi tufayli bank sohasida raqobat kuchayib bormoqda.

Mikro, kichik va o‘rta biznes segmentini moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va uni rivojlantirishning ahamiyati tahlili quyida keltirilgan:




Kuzatuvga ko‘ra:

O‘zbekiston bank bozori katta salohiyatga ega, chunki mamlakatda hanuzgacha biznes sub'ektlarining moliyaviy xizmatlarga minimal ommaboplik darajasi saqlanib qolinmoqda.


4-5 mln.


fermerlik va dehqon ho‘jaliklari

Mamlakatdagi 96% qishloq ho‘jaligi mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. IFC hisobiga ko‘ra (2019) fermerlik va dehqon ho‘jaliklarining taxminiy Gep kreditlanishi 2,9 mlrd AQSh dollarini tashkil qiladi.





0,75 mln.
Mikro, kichik va o‘rta biznesning
boshqa sub'ektlari
Ularning aksari (0,5 mln.) –yakka tartibdagi tadbirkorlar va mikrokorxonalardir, va ular o‘z faoliyatini norasmiy yuritishadi. Rasmiy faolyat yurgizadigan kichik va o‘rta biznes ni gep kreditlash 2,6 mlrd AQSh dollarini tashkil qiladi.


Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling