Mikrooʻgʻitlar


Download 31.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi31.32 Kb.
#1537125
Bog'liq
Mikrooʻgʻitlar - Vikipediya



Mikrooʻgʻitlar
Mikrooʻgʻitlar — tarkibida oʻsimliklar uchun zarur mikroelementlar (bor, mis, kobalt, rux,
molibden, marganets va boshqalar) boʻlgan oʻgʻitlar. M. asosiy oʻgʻitlar (azotli, fosforli va kaliyli)
bilan birga oʻsimliklarning so-gʻlom oʻsishi va hosildorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Tuproqsa oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan mikroelementlar yetishmagan hollarda qoʻllaniladi.
Bulardan tashqari, tarkibida bir necha mikroelementi boʻlgan polimikrooʻgʻitlar ham ishlatiladi.
Bor, marganets, rux qoʻshilgan superfosfatlar, nitrofoskalar, molibden va bor qoʻshilgan
fosforkaliyli oʻgʻitlar, bor, mis, rux va boshqa mikroelementlar qoʻshilgan har xil aralash oʻgʻitlar
makro- va mikroelementlarning eng samarali aralashmasi hisoblanadi. M. sugʻoriladigan
zonalarda ekinlarga kam miqdorda: borli M. gektariga 1 kg, molibdenli M. 0,5– 1 kg, misli M. 1–
2 kg, ruxli M. 2 kg, marganetsli M. 4–6 kg taʼsir etuvchi modda hisobida solinadi. Mas, tuproqqa
borli oʻgʻitlar solinganda 1 ga yerdagi qand lavlagi hosili 20—40 s, sebarga va beda urugʻi 0,5—
1,0 s, zigʻir urugʻi va tolasi 1—2 s, beda pichani hosili 5—7s; marganetsli oʻgʻitlar solinganda
gʻalla, sabzavot hamda rezavor-mevali ekinlar hosili 10% oshadi. M. tuproqqa ekishdan oldin
solish, qoʻshimcha ozikdantirish (mikro-elementlarning 0,1—0,05% eritmasini purkash), urugʻlikka
ekishdan oldin ishlov berish (urugʻlikni ularning 0,02—0,05% eritmalari bilan hoʻllash) usullarida
ishlatiladi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Manbalar

Download 31.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling