Mikrooʻgʻitlar
Download 31.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Mikrooʻgʻitlar - Vikipediya
Mikrooʻgʻitlar Mikrooʻgʻitlar — tarkibida oʻsimliklar uchun zarur mikroelementlar (bor, mis, kobalt, rux, molibden, marganets va boshqalar) boʻlgan oʻgʻitlar. M. asosiy oʻgʻitlar (azotli, fosforli va kaliyli) bilan birga oʻsimliklarning so-gʻlom oʻsishi va hosildorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Tuproqsa oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan mikroelementlar yetishmagan hollarda qoʻllaniladi. Bulardan tashqari, tarkibida bir necha mikroelementi boʻlgan polimikrooʻgʻitlar ham ishlatiladi. Bor, marganets, rux qoʻshilgan superfosfatlar, nitrofoskalar, molibden va bor qoʻshilgan fosforkaliyli oʻgʻitlar, bor, mis, rux va boshqa mikroelementlar qoʻshilgan har xil aralash oʻgʻitlar makro- va mikroelementlarning eng samarali aralashmasi hisoblanadi. M. sugʻoriladigan zonalarda ekinlarga kam miqdorda: borli M. gektariga 1 kg, molibdenli M. 0,5– 1 kg, misli M. 1– 2 kg, ruxli M. 2 kg, marganetsli M. 4–6 kg taʼsir etuvchi modda hisobida solinadi. Mas, tuproqqa borli oʻgʻitlar solinganda 1 ga yerdagi qand lavlagi hosili 20—40 s, sebarga va beda urugʻi 0,5— 1,0 s, zigʻir urugʻi va tolasi 1—2 s, beda pichani hosili 5—7s; marganetsli oʻgʻitlar solinganda gʻalla, sabzavot hamda rezavor-mevali ekinlar hosili 10% oshadi. M. tuproqqa ekishdan oldin solish, qoʻshimcha ozikdantirish (mikro-elementlarning 0,1—0,05% eritmasini purkash), urugʻlikka ekishdan oldin ishlov berish (urugʻlikni ularning 0,02—0,05% eritmalari bilan hoʻllash) usullarida ishlatiladi. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Manbalar Download 31.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling