Mikroorganizmlarning morfologiyasi, hujayra tuzilishi va sistematikasi
Download 291.63 Kb.
|
Mikrobiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. — Gracilicutes` bo`limi
- I. Scotobacteria sinfi
MIKROORGANIZMLAR SISTEMATIKASI
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o`rganib, ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqazo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologo — biokimyoviy xususiyatlari, mikroorganizmlarini yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo`lib ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi: 1. SHakli va o`lchami; 2. Harakati (xivchinlarining bor — yo`qligi va joylanishi); 3. Kapsulasi; 4. Endospora hosil qilishi; 5. Gram usulida bo`yalishi; 6. Modda almashishi; 7. Energiya olish; 8. Tashqi muhtni o`zgartirishi; 9. Tashqi muhtning mikroorganizmga ta`siri. Bergi Procariotae dunyosini to`rtta bo`limga ajratadi. I. — Gracilicutes` bo`limi Bu bo`limga grammanfiy hujayra devoriga ega, sharsimon, ipsimon yoki tayoqchasimon bakteriyalar kiritilgan bo`lib ular harakatchan yoki harakatsiz: endospora hosil qilmaydi. Lekin, meva tanalar hosil tayoqcha miksobakteriyalar miksosporalar hosil taqsim Ko`ayishi kurtaklanish yoki binar bo`linib sodir bo`ladi.. Bo`limga 3 sinf kiradi. I. Scotobacteria sinfi Bu sinf eng katta sinf bo`lib 10 guruhni o`z ichiga oladi. 1 — guruhga Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kiradi. Saprofit, odam va hayvonlarda yukumli kasallik ko`zgatadigan vakillari bor. 2 — guruhga Spirillaceae oilasi kirib, qattiq, spiralsimon buralgan tayoqcha shakliga ega. Saprofit va parazit vakillari bor. Bdelvibrio degan vakili bakteriyalarda parazitlik tayoqcha mayda, bir hujayrali mikroorganizmdir. 3 — guruhga Pseudomonaceae (vakillari tayoqchasimon shaklga ega), Azotobacteriaceae {vakillari oval, tayoqchasimon), Rhizobiaceae (vakillari tayoqchasimon), Methylcoccaceae (vakillari tayoqcha va sharsimon) va boshqa oilalarini o`z ichiga olib, vakillari azot o`zlashtirish jarayonida qatnashadi yoki o`simliklarda har xil kasalliklar yuzaga keltiradi va hokazo. 4 - rypyh Entherobacteriaceae va Vibrionaceae oilalaridan tashkil topgan bo`lib Esherihia, Salmonella, Shigeila, Ervinia koida Vibrio, Protobacterium. va boshqa avlodlarni o`z ichiga olib, ba`zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik ko`zgatsa, ba`zilari tuproqda, suvda yoki epifat mikroflora shaklida uchraydi. Tayoqchasimon bakteriyalar Bo`linganda ular buyiga o`sadi va ikkiga bo`lina boshlaydi. Tayoqcha o`rtasidan sal torayadi va ikkiga bo`linadi. Agar hujayra ikki bir xil bulaklarga bo`linsa, bunga izomorf bo`linish deyiladi. Ko`p ncha geteromorf bo`linish ko`zatiladi. Agar xivchinli hujayra bo`linsa,qiz hujayra ko`pincha xivchin bo`lmaydi,ona hujayra qoladi. Qiz hujayradan esa keyinchalik xivchin o`sadi . Demak, ona hujayra birlamchi hujayra devori, fimbriylar, xivchinlarga ega bo`ladi.. Spiroxetlar, riketsiylar, ba`zi achitqilar zambruglar, sodda hayvonlar (protistlar) ko`ndalangiga bo`linib ko`payadi. Miksobakteriyalar "tortilib" ko`payadi. Avval hujayra bo`linadigan joyidan torayadi va so`ngra hujayra devori ikki tomonidan hujayraning ikki tomoniga qarab burtadi va oxirida ikkiga bo`linadi. Qiz hujayra o`zi sitoplazmatik membranasi bo`lgani holda, hujayra devorini vaqtincha saqlab qoladi. Ba`zi bakteriyalarda jinsiy jarayon ham ko`zatilib, unga kon`yugatsiya deyiladi. Bu xil ko`payish haqida «Bakteriyalar genetikasi» mavzusida axborot beriladi. Shunday qilib, o`sish va ko`payish natijasida mikroorganizmlar koloniyasi hosil bo`ladi.. Ularning ko`ayishi juda katta tezlikda amalga oshadi. Generatsiya vaqti mikroorganizm turi, yoshi, tashqi muhit (oziqa muhit tarkibiga, temperaturaga, rN) ga og`liq ; Generatsiya vaqtini eng optimal muddati 20—30 minut bo`lsa, 2 soatda 6 ta generatsiya olish mumkin. Odamning shuncha avlodini olish uchun esa 120 yil vaqt lozim. Ammo bakteriyalar uzok vaqt 20 minutlik generatsiya yuli bilan ko`paya olmaydi. Agar ular bir xil jadallikda ko`p ayganda edi, bir dona ye. coli 24 soatdan so`ng 272 yoki 1022 avlod qoldirgan bular edi, bu esa 10 minglab tonnani tashkil qiladi va yana 24 soatdan so`ng, bakteriyani o`sishi shu tarzda davom etsa, tuplangan massani yer shari massasidan bir necha marta ogir bo`lib chiqar edi. Ammo, amalda bunday bulmaydi, chunki ozuqa moddalarning yetishmasligi, hosil bo`lgan mahsulotlar bakteriyaning ko`payishini cheklaydi. Adabiyotlar: 1. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, «O`qituvchi», 1975. 2. Vahobov A., Inog`omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000. 3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979. 4. Mustakimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. «O`qituvchi». T. 1995. 5. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966. 6. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent. «O`qituvchi», 1966. 7. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent, 1983. 8. www.ziyonet.uz Download 291.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling