Mikroprotsessor mp
Download 154.33 Kb.
|
ampv atrabotka
Mikroprotsessor deb axborotni qayta ishlashga mơljallangan, programma blan boshqariladigan va konstruktiv jixatdan bir yoki bir nechta katta integral sxemalarga asoslangan qurilmaga aytiladi.
Mikroprotsessor komplektlarining klassifikatsiyasi. Sanoatda turli xil soxalarda qơllanilishga mơljallangan kơp turdagi MPlar va MP komplektlari(MPK) ishlab chiqarilishi yơlga qơyilgan. MPli boshqarish sistemalarini loyixalashda kerakli MPni tanlash uchun uni bir qator kơrsatkichlar bơyicha baxolash zarur. Bunday kơrsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: belgilangan vazifasi; razryadlari soni va ularni kengaytirish imkoniyati; komandalar sistemasi; ishlab chiqarish texnalogiyasi; tezkorligi; zarur tok, kuchlanish, quvvat kơrsatkichlari; tơg’ridantơg’ri adreslash mumkin bơlgan xotira xajmi; tashqi ta`sirlarga chidamliligi; konstruktiv nuqtai nazardan korpusining turi va boshqalar. Sanab ơtilgan kơrsatkichlar bơyicha MP va MPK larining sinflarga bơlinishini 1.3-rasmdagi graf asosida kơrib chiqamiz. MP va MPKlar vazifasiga kơra universal (580,581,1801,1810,1816, Intel: 8080,286,386,486, Pentium protsessorlari, AVR mikrokontrollerlari va x.k.) va maxsus (1813,1815,1823, va x.k.) turlarga bơlinadi. Arxitekturasi bơyicha esa seksiyali (589,1804,1808) va bir kristalli MPlarga (580,588,1801,1810, Intel: 8080,286,386,486,Pentium va x.k.), xamda bir kristalli mikro-EHMlarga (1816,1813,1815,1823 seriyalardagi MPlar, AVR mikrokontrollerlari va x.k.) bơlinadi. Seksiyali va bir kristalli MPlarning asosiy farqi quyidagilardan iborat: 1. Operasion qism va boshqarish qismi seksiyali MPlarda aloxida-aloxida kristallarda, bir kristalli MP va mikro-EHMlarda esa bitta kristalda joylashgan. 2. Komandalar sistemasi bir kristalli MPlarda cheklangan songa ega, seksiyali MPlarda esa loyxalovchi tomonidan tuziladi. 3. Protsessorning razryadlari soni bir kristalli MP va mikro-EHMlarda cheklangan, seksiyali MPlarda esa markaziy protsessor elementlardan ibort seksiyalarni parallel ulash orqali kerakli razryaddagi protsessorlarni loyixalash mumkin. MP va MPKlar ishlab chiqarish texnalogiyalarining bir qator turlari mavjud bơlib, ularning xar biri ơz yutuq va kamchiliklariga ega. Masalan: a) unipolyar tranzistorlarga asoslangan texnalogiyalar (n-MOP, p-MOP, KMOP) - kristalda joylashgan elementlar zichligining yuqoriligi, kam quvvat talabligi, narxining arzonligi bilan xarkterlanadi, lekin tashqi tasirlarga ơta ta`sirchan, nisbatan tezkorligi past; b) bipolyar texnologiyadagi (TTL, TTLSh, ESL) MPlar ơta tezkorligi va ishonchli ishlashi bilan xarakterlanadi, lekin elementlar zichlgi kam va kơp energiya talab qilinadi, tan narxi qimmat; v) injeksion texnologiyadagi MPlar avvalgi ikki texnologiya orasidagi kơrsatkichlarga ega. Komandalar formati bir kristalli MP va mikro-EHMlarda belgilangan bơladi, seksiyali MPlarda esa mikrokomanda formatini va komandalar sonini loyixalovchi shakillantiradi. Download 154.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling