Миллатлараро тотувлик миллий ва диний бағрикенглик


Millatlaro totuvlik va bag‘rikyenglikning asoslari


Download 39.37 Kb.
bet4/4
Sana12.03.2023
Hajmi39.37 Kb.
#1263988
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза матни (2)

Millatlaro totuvlik va bag‘rikyenglikning asoslari.


E’tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy


his-tuyg’ulariga dahldor muhim ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo‘yilganiga ishonch hosil qilish mumkin.
Birinchidan, fukarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan.
Ikkinchidan, fuqarolarning diniy, e’tiqodiy farqlaridan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma’naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo‘lsak, mazkur qoidaning hayotiy - amaliy ahamiyati oydinlashadi. Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilikdan g‘ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajavvuzkor millatchilik g’oyalari bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidaparastlik va irkchilik karashlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak, muayyan hollarda ular omuxtalashgan shaklda ham chiqishi mumkin. Axborot globallashuvi kechayotgan bugungi kunda turli g’oyalar xech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.


  1. Milliy diniy bag‘rikenglik g‘oyasi. Uning tarixi va huquqiy asoslari.




Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi.
“Dinlararo bagrikenglik g‘oyasi – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi”. Din qadim-qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib keladi. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ularni
bir - birlari bilan yakin mushtarak maksadlarga ega ekanligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halolik va poklik, mehr-shafqat va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Xozirgi zaminda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal - azaldan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma - yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bulishi, turli millat va dinga mansub kavmlarning o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir.
Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasiga amal qilib yashab kelganlaridan dalolat beradi. Xozirgi kunda mamlakatimizda o‘ndan ziyod konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmokda. Ularning o‘z faoliyatini oshirish va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shart - sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekistan Respublikasining Konstitusiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar yo‘lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
Diniy ong rivojlanib, dinning mohiyatini chuqurroq, anglash bilan diniy bag‘rikenglik ham rivojlana bordi. Bu hozirgi davrda diniy bag‘rikenglikni yanada kuchaytirmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyatlarini o‘zaro teng huquqlilik, hamdo‘stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag‘rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo‘stlik munosabatlariningina nazarda tutmaydi, balki e’tiqodidan kat’iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo‘lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko‘ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko‘ra ham inson eng oliy mavjudotdir. U o‘ziga berilgan umri davomida yashashga, ma’naviy aqliy jihatdan takomillashib, yerdagi hayot sharoitlarini yaxshilash uchun kurashishga, ijod qilishga haqli.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo‘yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va urta Osiyo yeparxiyasi, Yevangel xristian baptistlar cherkovlari Ittifoqi, Rim — katolik cherkovi, Tulik injil xristianlar markazi, O‘zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yahudiylar jamoasi, 7 ta baxoiylar jamoasi, 2 ta Krishnani anglash jamiyati va 13 ta diniy uquv yurti (1ta Islom instituti, 10 Madrasa va 1 ta pravoslav va 1 ta tulik, injil xristianlari seminariyasi) davlat ro‘yxatidan o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida dinning jamiyat hayitida tutgan o‘rni haqida, jumladan, shunday deydi: “Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy kadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan baxramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy
xavf – xatar deb hisoblaymiz".
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, milliy bag‘rikenglik - turli millatga mansub kishilarning bir - birlarining tilini, diniy, turmush tarzi, urf - odat va an’analarini, milliy - madaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha’ni, qadr-qimmatini, or - nomusini kadrlash orqali amalga oshadigan uziga xos ma’naviy kenglikni (bag‘rikenglikni) anglatadi.
Olijanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fizalatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar avloddan - avlodga avaylab o‘tkazib kelinmoqda.
Mustaqillik yillarida millatlararo totuvlik g‘oyasi ilgari surilgani va amalda unga erishilgani O‘zbekiston rivojida qo‘lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir. Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish
chora - tadbirlarini ko‘rdi. Bu borada konstitusiyaviy talablar asosida ish tutildi. Yurtimizning ko‘pmillatli xalqi ongida “O‘zbekiston - yagona Vatan” degan g‘oya asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg‘usini shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 8-moddasida “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, deb aniq, belgilab ko‘yilgan. “O‘zbekiston xalqi” tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Konstitusiyamizda “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari,
urf - odatlari va an’analarini hurmat qilinishini” ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta’kidlangan. Bu borada hayotimizda ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1992-yildayoq milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Baynalmilal madaniyat” markazi tashkil etilgani bunga misol buladi. Ushanda 12 ta milliy - madaniy markaz faoliyatini birlashtirgan bu jamoat tashkiloti bugun 100 dan ortiq markazlar ishini muvofiqlashtirib turibdi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarining o‘z ona tilida o‘qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, oliy o‘quv yurtlari va maktablarda bunga amal qilinayotgani, ko‘plab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, telekursatuv va radioyeshittirishlar olib boralayotgani va boshqa ishlar ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.
Qayerdaki millatlararo totuvlik goyasining ahamiyati anglab yetilmasa, jamiyat xayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi – ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo‘layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.
Millatlararo totuvlik g‘oyasini amalga oshirishga mos bo‘ladigan eng xatarli to‘siq - tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday illat, zararli g‘oya tuzog‘iga tushib qolgan jamiyat tabiiy ravishda halokatga yuz tutadi.
Faqat millatlararo totuvlik g‘oyasiga tayanib, umumiy maqsadlar yo‘lida hamjihat bo‘lib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligidek olijanob maqsadlarga erishish mumkin.
Din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarini o‘ziga xos tarzda aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakllarida biri. U dastlab insonlarning dunyoqarashini ham aks ettirgan.
Din dunyo, inson va boshqa mavjudotlarning yaralishi va kelib chiqishini, hayotning ma’no-mazmuni, insonning yashashdan ko‘zlagan maqsadi kabi masalalarga ilohiy
nuqtai-nazardan javob beruvchi dunyoqarash shaklidir. U bugungi kunda ham shu vazifani ado etib kelmoqda. Din diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni, shuningdek, diniy tuyg‘uni o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini (ilm - fan, falsafa, huquq, axloq kabi) o‘zida mujassamlashtirgan va ularga o‘z ta’sirini o‘tkazgan, qadim-qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham dinning sharofatidandir.
Diniy e’tiqodlarning mohiyati umumiy ekaniga qaramasdan, dinlarning ko‘rinishi xilma-xildir. Dunyoda juda sodda, qadimiy dinlar bilan bir qatorda, umumjahon ahamiyatiga molik, murakkab, jahon dinlari ham mavjud. Ular tarixiy zaruratga qarab, turli davrlarda vujudga kelgan. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr — shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Jahondagi barcha yirik dinlar bu dunyoni foniy, o‘tkinchi hisoblaydi. Ular insonning yashashdan asl maqsadi bu dunyoda xayrli, savobli ishlar qilib, boqiy dunyo sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish, jannat saodatiga sazovor bo‘lish, degan g‘oyani targ‘ib etadi.
Barcha dinlarda inson hayotining mohiyati, mazmuni, kishilar o‘rtasidagi
siyosiy - huquqiy, axloqiy munosabatlarni tenglik va adolat me’zonlari asosida o‘rnatish masalasi ozmi, ko‘pmi o‘z aksini topgan. Shu boisdan ham har bir vatandoshimiz, ayniqsa yoshlar, avvalo, dinlar tarixini, ularni asl mohiyatini chuqur bilishi lozim. Shundagina ularni g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab yurgan kuchlar yo‘ldan chalg‘itolmaydi.
Hozirgi zamonda dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi nafaqat dindorlar, balki
butun jamiyat a’zolarining ezgulik yo‘lidagi hamkorligini nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Murtazayeva P. X. Talaba yoshlarda bag‘rikenglikni shakllantirish - davr talabi. Yoshlarda ijtimoiy tolerantlikni yuksaltirish masalalari. -Toshkent, 2006.-B. 4.


2. Nishanova Z.T va b. Rivojlanish va pedogogik psixologiyasi. -T. O‘zbekiston aylasuflari milliy jamiyati. -515b.



Download 39.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling