Millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash


Download 17.16 Kb.
bet4/4
Sana14.05.2023
Hajmi17.16 Kb.
#1461182
1   2   3   4
Bog'liq
Millatlararo totuvlik va diniy bag 28.03

Tolerantlik nima? Tolerantlik – lotincha so`zdan olingan bo`lib, sabr-toqat, bag`rikenglik, o`zgalarning turmush tarzi, fikr-mulohazalari, g`oya va e`tiqodlariga nisbatan toqatli bo`lish, degan ma`noni ifodalaydi. Hozirgi dunyoda tolerantlik oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikasiyalarning tez rivojlanishi, integrasiya va o`zaro bag`rikenglik, keng miqyosli migrasiya va aholining ko`chib yurishi, boshqa jamiyatda ushbu tamoyilning ahamiyatini kuchaytiradi. Bag`rikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga ko`ra, har kim o`z e`tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog`i lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. Tolerantlikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. Uni har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida YuNESKO 1995 yil "Bag`rikenglik tamoyillari deklarasiyasi"ni qabul qilgan. Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning o`ziga xos xususiyatlariga nisbatan tolerantlik munosabatini yurtimiz misolida koʻrish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar o`rtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik tamoyili ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. 
Xulosa sifatida aytish lozimki, mamlakatimizning tinchligi qadriga etib, turli salbiy illatlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashish har bir fuqaroning insoniy burchi hisoblanadi. Bunga esa faqat o`zida kuch topa olishi, sabr va toqat bilan engishi mumkin. 

Download 17.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling