Миллий иқтисодиётни модернизациялаш шароитида корхоналар моддий-техника таъминоти тизимини такомиллаштириш йўллари


Asosiy vositalarning turkumlanishi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana09.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1181440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Kitob 4926 uzsmart.uz

Asosiy vositalarning turkumlanishi

 
Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr
issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni 
bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr 
uzatish yo`llari, quvur yo`llari, issiqlik va gaz tarmog`i hamda boshqalar) kiradi. 
Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o`z 
navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi: 

А.Vahobov, A.Ibrohimov. Моliyaviy tahlil: Darslik.-Т.: «Sharq» 2002y. 
Asosiy vositalar 
Yer 
Yerni obodonlashtirish 
uchun kapital 
sarflar 
Binolar 
Inshootlar 
Uzatuvchi 
moslamalar 
Mashina va jihozlar 
Transport vositalari 
Asbob- uskunalar 
Ishlab chiqarish
va xo`jalik 
Ish hayvonlari 
va mahsuldor 
chorva 
Ko`p yillik
daraxtlar 
Boshqa
asosiy
vositalar


11 
- kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki 
uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib boradigan boradigan generator-
mashinalar, divigatel mashinalar (qozonxonalar, bug` dvigatellari, turbinalar, kuch 
transformatorlari va boshqalar)dir; 
- ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki 
boshqa yo`sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida 
qo`zg`atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, 
apparatlar, agregatlar)dir; 
- o`lchovga rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari 
foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko`rsatkich)larni o`lchash, ishlab 
chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom ashyo, TMZ lar va tayyor mahsulotlar sifatini 
tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o`lchashda ishlatiladi. 
Ularga monometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar 
kiradi;
- hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta 
ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter 
vositalari kiradi; 
- boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o`tilmagan mashina va jihozlar (o`t 
o`chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi. 
Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni 
tashishga mo`ljallangan harakat vositalaridir. 
Asbob va uskunalar qo`l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini 
kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektro-drellar, 
vibratorlar)dir. 
Ishlab 
chiqarish 
inventarlari 
ishlab 
chiqarish 
jarayonini 
yengillashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar, idishlari 
kiradi. 
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho`kiz, sigir)lar 
bo`lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi. 


12 
Ko`p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog`dagi miqdori va yoshidan 
qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir. 
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy 
vositalar, konservasiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.
1.1.3-rasm 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling