Moslashuvchanlik. - Moslashuvchanlik – bu firmaning iste’molchilar tomonidan shartnomalarga kiritiladigan muhim o‘zgartirishlarni qabul qila olishi va ularni amalga oshiria olishi qobiliyatidir. Bu xususiyat tizimning yuk yetkazib berish sharoiti va talablariga jadallik bilan moslasha olishini ifodalaydi va quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
- yuklarni yetkazib berish sharoitida yuz berayotgan o‘zgarishlarga moslasha olishi;
- sharoitga mos ravishda turli darajada xizmat ko‘rsata olishi;
- moliyaviy to‘lovlarni amalga oshirish sharoitida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar (to‘lovlarni orqaga surish, kredit berish, narxini pasaytirish va sh.k) ga tayyorligi.
Xizmat to‘laqonligi. - Yuklarni yetkazib berishning barcha bosqichlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, mos ravishda xizmat darajasini ham shunchalik yuqori, deyish mumkin. Transport xizmati sifatini belgilovchi parametrlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- tashishga buyurtma olingandan bajarilguncha o‘tgan vaqt;
- buyurtmani bajarish ishonchliligi va bir martalik talab bo‘yicha yukni yetkazib berish mumkinligi;
- yetarli darajada zaxiralar xajmini ta’minlash va yetkazib berishning doimiyligi;
- buyurtmani to‘laqonli bajarish mumkinligi;
- tariflarning qulayligi va sarflanayotgan xarajatlar xaqida doimiy ravishda axborot berib turilishi;
- kredit berish mumkinligi;
- omborxonalarda yuklarni qayta ishlash samaradorligi;
- yuklarni o‘rab-chirmash sifati va tashishni paket va konteynerlarda amalga oshirish mumkinligi.
Erishish osonligi. - Yuklarni yetkazib berish tizimi xizmatiga erishish osonligi ikki omil ta’sirida shakllanadi:
- 1) xizmat ko‘rsatishning qulayligi va
- 2) yetkazib berishga tayyorligi.
Xizmat ko‘rsatishning qulayligi iste’molchi uchun buyurtmalarning qabul qilinishi va yuklarni jo‘natishga topshirishning osonligida, hujjatlarni rasmiylashtirish yengilligida namoyon bo‘ladi va ular yukni yetkazib berish tizimining eng muhim sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Mazkur operatsiyalarni bajarish buyurtmani bajarish umumiy muddatining 50-70 % ni tashkil etadi. - Xizmat ko‘rsatishning qulayligi iste’molchi uchun buyurtmalarning qabul qilinishi va yuklarni jo‘natishga topshirishning osonligida, hujjatlarni rasmiylashtirish yengilligida namoyon bo‘ladi va ular yukni yetkazib berish tizimining eng muhim sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Mazkur operatsiyalarni bajarish buyurtmani bajarish umumiy muddatining 50-70 % ni tashkil etadi.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |