Shu tufayli korxonalarning asosiy ishlab chiqarish jarayoni samaradorligiga transport xizmati sifati ta’siri – bu ta’sir transport xarajatlari bilan baholagandagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. - Shu tufayli korxonalarning asosiy ishlab chiqarish jarayoni samaradorligiga transport xizmati sifati ta’siri – bu ta’sir transport xarajatlari bilan baholagandagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
- Yuklarni yetkazib berish sifatini oshirishdan nafaqat ishlab chiqarishning umumiy xarajatlarida transport xizmatiga ketayotgan xarajatlar qismi katta darajada bo‘lgan iste’molchilar, balki ularning barchasi manfaatdor bo‘ladi.
Iste’molchilarning transport xizmati sifatiga qo‘yayotgan talablari kelib chiqishi, ya’ni shakllanishi manbalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: - transport korxonalarining turli funksional bo‘limlari tomonidan yig‘ib borilayotgan statistik axborotlari, ya’ni korxonalarning ichki axborotlari;
- transport xizmati iste’molchilari va notransport manbalarning (ilmiy-tadqiqot va marketing markazlari, davlat tashkilotlari va sh.k.) axborotlari.
Ko‘pchilik iste’molchilar uchun transport xizmati bahosi (narxi) va unga ketayotgan xarajatlar muhim ahamiyat kasb etadi. - Ko‘pchilik iste’molchilar uchun transport xizmati bahosi (narxi) va unga ketayotgan xarajatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
- Chunki yuklarni yetkazib kelish xarajatlari ko‘pchilik korxonalar uchun mahsulot ishlab chiqarish tannarxining asosiy qismini tashkil etadi va olinayotgan foyda darajasini bevosita belgilaydi.
Adabiyotlar va turli ilmiy-tadqiqotlar natijalari yoritilgan nashrlarni tahlil etish asosida yuk va yo‘lovchilarni yetkazish sifat mezonlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - ko‘rsatilayotgan transport xizmatining narx-navosi;
- yuk va yo‘lovchilarni yetkazib berish ishonchliligi;
- yuklarni yetkazib berish texnologiyasi va boshqarilishining turli
- tashish sharoitlari va iste’molchilar talablariga moslashuvchanligi;
- xizmat ko‘rsatishning har tomonlama to‘laligi va ehtiyojni qamrab olishi;
- axborotlashganligi;
- erishish (olish) osonligi (mushkul emasligi).
Do'stlaringiz bilan baham: |