Shu sababli 1991, 1996-yilda Jizzaxning Forish tumanida, 1998-yilda Termizda bo‘lib o‘tgan «Xalq o‘yinlari, milliy sport turlarini qaytadan tiklash va aholini jismoniy tarbiyalashda ulardan keng foydalanish usullari»ga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida yuqorida qayd etilgan masalalar haqida batafsil va atroflicha muhokama qilingan, ma’lumotlar berilgan. Xalq milliy o'yinlari bir necha yo'nalishlarga ega bo'lib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda ko'p janrlardagi san’at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan meros bo'lib kelayotgan qator harakatli o'yinlar va sportga xos o'yinlar ham juda ko'p. Ulami quyidagi asosiy guruhlaiga ajratish mumkin, ya’ni: - Shu sababli 1991, 1996-yilda Jizzaxning Forish tumanida, 1998-yilda Termizda bo‘lib o‘tgan «Xalq o‘yinlari, milliy sport turlarini qaytadan tiklash va aholini jismoniy tarbiyalashda ulardan keng foydalanish usullari»ga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida yuqorida qayd etilgan masalalar haqida batafsil va atroflicha muhokama qilingan, ma’lumotlar berilgan. Xalq milliy o'yinlari bir necha yo'nalishlarga ega bo'lib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda ko'p janrlardagi san’at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan meros bo'lib kelayotgan qator harakatli o'yinlar va sportga xos o'yinlar ham juda ko'p. Ulami quyidagi asosiy guruhlaiga ajratish mumkin, ya’ni:
- 1. Kurashchilar (Buxoroga, Farg'onaga, Xorazmga va h.k.).'
- 2. Ot o'yinlari (ko'pkari-uloq, poyga (yayov), qiz quvmoq, otdan ag'darish, chovg'on va h.k.).
- 3. Dorboz (dor ustidagi mashqlar, hazil va aytishuvlar).
- 4. Tosh (gir) ko'tarish.
- 5. Arqon tortishish.
- 6. Bilak kuchini sinash.
- 7. Harakatli o'yinlar (quloq cho'zma, eshak mindi, yelkada kurash, xo'rozlar jangi, chillik, poda to'p va h.k.).
Oʻzbek milliy sport turlari — Oʻzbek xalqining oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosida rivojlangan sport turlari boʻlib, ularga kurash (belbogʻli kurash), turon, oʻzbek jang sanʼati, uloq (ko'pkari) va boshqalar kiradi. - Oʻzbek milliy sport turlari — Oʻzbek xalqining oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosida rivojlangan sport turlari boʻlib, ularga kurash (belbogʻli kurash), turon, oʻzbek jang sanʼati, uloq (ko'pkari) va boshqalar kiradi.
- Kurash — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |