Milliy axborot resurslari bilan ishlash
Download 32.29 Kb.
|
Milliy axborot resurslari bilan ishlash-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot resurslarining elektron shakllari
- Bibliografik mahsulotlar
Milliy axborot resurslari bilan ishlash MILLIY AXBOROT RESURSLARI BILAN ISHLASH Reja: Kirish
Axborot- resurslari haqida umumiy tushuncha Bibliografik mahsulotlar Axborot resurslarining elektron shakllariXulosa
Kirish Axborot resurslari maqsadga mos axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisidir. Kutubxonabibliografiya resurslari — kutubxonalar oldida turgan vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, moddiy-texnik va xodimlar bazasi. Axborot-bibliografiya resurslari jamiyatning va axborot iste’molchilarining talablarini qondirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil manbalar bo‘lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida saqlanayotgan an’anaviy va mashinada o‘qiladigan axborot tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma’lumotlar banki va bazasi hamda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat. Bu resurslarning eng muhim axborot mahsuloti axborot tizimlarining harakati natijasida yuzaga kelgan hujjatlar, axborot massivi, ma’lumotlar bazasi va axborot xizmatidir. Bibliografik mahsulot — axborot mahsulotining bibliografik axborot, ya’ni bibliografik yozuvlar bilan ta’minlangan turi. Bibliografik mahsulotlarRasmiy hujjatli bibliografik axborot bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uni tayyorlash jarayonining natijasi va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vositasidir. Bibliografik mahsulot tushunchasi negizida minglab bibliografik yozuvlarni aks ettiruvchi bibliografik qo‘llanmalar yotadi. Bibliografik mahsulotlar tizimini yaratish va bibliografik so‘roqlarni bajarish kutubxonalar faoliyatining an’anaviy yo‘nalishlaridan biri. Bibliografik qo‘llanmalarning turlari bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar va bibliografik sharhlardir. Bibliografik xizmat ko‘rsatish kundalik va retrospektiv ko‘rsatkichlar, referativ jurnallar, bibliografik va axborot ma’lumotlar bazasi, monografiya va dissertatsiyalarga tuzilayotgan adabiyotlar ro‘yxatlariga asoslanadi. Download 32.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling