Milliy boylik elementlarini joriy va
Download 104 Kb.
|
319 sttistika
3.Tabiiy boyliklar.
Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita aloqador, ya’ni uning xomashyo va energetika bazasini tashkil etadi. Eng muhim tabiiy boyliklardan biri — bu yerosti boyliklari (mineral va yoqilg‘ilar). Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda foydalaniladi. O‘zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo‘lgan mamlakatdir. Ammo mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji to‘xtovsiz ortib bormoqda. Hozirda tabiiy boyliklaming yarmiga yaqinidan foydalanilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, tabiiy boyliklar zaxirasidan tejab foydalanishimiz zarur. Chunki yerosti boyliklari tugaydigan va tiklanmaydigan boylikdir. Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanishning asosiy shartlari: konlardan qazilmalami to‘liq qazib olish; atrof-muhitning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik; barcha qimmatli moddalardan majmuali-mukammal foydalanish; geologik qidiruv ishlarini tadrijiy davom ettirish; mahsulot birligiga sarf bo‘ladigan xomashyo va yoqilg‘ini tejaydigan texnika va texnologiyani qo‘llash. Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanish kerak. Toki kelajak avlod ham bu boyliklardan bahramand bo‘lsin. Eng muhim tabiiy boyliklardan yana biri — suv. Qishloq xo‘jaligida ko‘p miqdorda suv sarflanadi. Sanoat korxonalari uchun ham ko‘p suv talab qilinadi. Korxonalar eng katta shaharlar aholisi iste’mol qiladigan suvdan ko‘proq suvni «ichib» qo‘ymoqda. Suv — tiklanadigan tabiiy boylikdir. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan unumdor tuproq (yer), aholi ehtiyoji uchun zarur o‘simlik va hayvonot dunyosi (baliq, yovvoyi hayvonlar), inson hayoti uchun zarur bo‘lgan havo ham tugaydigan va tiklanadigan tabiiy boylikka mansubdi XULOSA Iqtisodiyot har bir sektorning ma’lum momentga nisbatan iqtisodiy ahvoli, uning o‘zining хususiy kapitali хajmi bilan baholanadi va u sektorning aktiv va passivlar balansining balanslashtiruvchi moddasida o‘z aksini topadi. Balans ikki yoqlama jadvalga o‘хshatib tuziladi, uning chap tomonida sektorning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy), o‘ng tomonida esa uning moliyaviy majburiyatlari va o‘z kapitalining sof qiymati keltiriladi. Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling