- Milliy boylik nomoliyaviy aktivlar va tashqi dunyoga sof talablarni ifodalab, milliy daromadni ishlab chiqarishda qatnashadi. O’z navbatida milliy daromadning bir qismi ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan, eskirib va boshqa sabablarga ko’ra oborotdan chiqib ketgan kapital o’rnini qoplash uchun asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
BMT va Jahon bankini Milliy boylikning tarkibi, hajmi, strukturasi va dinamikasini hisoblash borasidagi yangicha yondoshuvlari - Milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash, ularni yagona kontseptsiyalar asosida qiymatini, tarkibi, dinamikasi hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy-statistik tahlil qilish maqsadida, BMT statistika komissiyasi huzurida va Jahon banki qoshida Dj. Dikson (AQSh) va K. Xamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruh tuzilgan. Ushbu guruh milliy boylikning elementlari bo’yicha qiymati, tarkibi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan darajasi hamda indeksini hisoblaydi. K. Xamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda, ko’pgina mamlakatlarda (aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM darajasi jahon darajasidan past bo’lganlarida) umumiy kapital hajmining o’sish sur’ati aholi sonining o’sish sur’atidan pastdir.
Jahonning ayrim mamlakatlarida milliy boylikning hajmi
mamlakatlar
|
Umumiy
Trln.dollar
|
hajmi
Aqshga nisbatan % da
|
Aholi jon
Ming dollar
|
boshiga
AQSHga nisbatan %da
|
AQSH
|
123,6
|
100
|
461.5
|
100
|
Rossiya
|
58,8
|
47
|
400.0
|
87
|
Yaponiya
|
53,3
|
48
|
423.4
|
92
|
Xitoy
|
35,5
|
29
|
28.6
|
6
|
Germaniya
|
30,8
|
25
|
375.1
|
81
|
Fransiya
|
21,1
|
17
|
359.6
|
78
|
Angliya
|
20,8
|
17
|
353.0
|
76
|
Italiya
|
17,0
|
14
|
295.8
|
64
|
Braziliya
|
14,2
|
11
|
89.0
|
19
|
Indoneziya
|
12,1
|
10
|
60.0
|
13
|
Do'stlaringiz bilan baham: |