Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi


Download 15.78 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi15.78 Kb.
#1100836
Bog'liq
6-mavzu


Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida ajdodlar tomonidan yaratilgan, qoldirilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy boyliklarning yig’indisi milliy boylikni tashkil etadi.
Milliy boylikni 3ta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.
Moddiy – buyumlashgan boylik.
Nomoddiy boylik.
Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik - bu ishlab chiqarishning unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqilgan moddiy va nomoddiy mahsulotlarning iste‘mol qilingan qismidan ortiqcha qismini jamg’arish hisobidan hosil bo’ladi va o’sib boradi.
Milliy boylik inson mehnati bilan yaratiladi, moddiylashadi, qiymat shakliga ega bo’ladi va tarkibiy tuzilishga ega bo’ladi:
Ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
Noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlari);
Aylanma kapital (fondlar);
Moddiy zaharlar tomorqa va yordamchi xo’jaligida jamg’arilgan molk-mulk.
Moddiy–buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
Mehnat unumdorligini o’sishi;
Ishlab chiqarish samaradorligini ortishi;
Milliy daromadda jamg’arish normasining ortishi;
Milliy boylik tarkibiga tabiat ne‘matlari qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va yer resurslari bo’lib, ular ishlab chiqarishda faol qatnashadi. Tabiiy boyliklar jamiyatning potentsial boyligi hisoblanadi, ular inson mehnatining ta‘siri natijasida real boylikka aylanadi. Milliy boylikning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida ham yaratiladi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, aholining turmush darajasini ta‘minlash yaxshilash uchun xizmat qiladi. Bunday boyliklarga ta‘lim, sog’liqi saqlash, fan, madaniyat, sanat, sport sohalarida vujudga keltiriladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi . Tabiiy boylikning . vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog'liq emas , u tabiat qonunlari asosida ro'y beradi . Foydali qazilma boyliklar , o'rmonlar , suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi . Tabiat in'omlari o'zlarining dastlabki ko'rinishida tabiiy boylik bo'lib , shu holatida inson ing natijasi blangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi . Buning ma'nosi shuki , tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi . Ular real boylikka inson mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi . Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi . Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi . Nomoddiy sohalarda ashyoviy - buyum shakl bilan.


bog'liq bo'lmagan alohida turdagi iste'mol qiymatlar hosil qilinadi . Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish uchun zarur bo'ladi . Bunday boyliklarga ta'lim , sog'liqni saqlash , fan , madaniyat , san'at , sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi . Uning tarkibida tarixiy ¸dgorliklar , arxitektura obidalari , no b adabi , t va san'at asarlari alohida o'rin tutadi . Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san'atning rivojlanish darajasi , jamiyat a'zolarining to'plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi , ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi , sog'liqni saqlash , ta'lim va sportning rivojlanish darajasi o'z ifodasini topadi . Moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko'payishining asosi hisoblanadi . Agar fan - texnika taraqqiyoti yuqori sur'atlar bilan rivojlansa madaniyat , san'at , fan kabi nomoddiy sohalar ham o'sib va takomillashib boradi . Shunday qilib , milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo'lib , o'z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi .
Download 15.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling