Milliy daromad va unga tasir etuvchi omillar
Download 66 Kb.
|
MILLIY DAROMAD VA UNGA TASIR ETUVCHI OMILLAR
MILLIY DAROMAD VA UNGA TASIR ETUVCHI OMILLAR Reja:
Xiksning daromad haqidagi ta’limoti. Nominal va real daromad. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi. Daromad — keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki pul qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subʼyekt o z faoliyati natijasiga ko`ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum. Daromad pul va moddiy shaklga ega boʻlib, ularning yigʻindisi jami Daromadni hosil qiladi. Milliy daromad jami ijtimoiy mahsulotning, ya’ni yil davomida yaratilgan moddiy ne’matlarning bir qismidir. U xalq xo`jaligining moddiy ishlab ne’matlar yaratiladigan tarmoqlarida: Sanoat; Qishloq xo`jaligi; Qurilish; Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa; Umumiy ovqatlanish; Savdo; Qishloq xo`jalik mahsulotlarini tayyorlash va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratiladi. Statistika milliy daromadlarni o`rganishda quyidagi masalalarni hal qiladi: Statistika milliy daromad jami va tuzilishini aniqlash usullarini, xo`jalikning moddiy ne’matlar yaratiladigan tarmoqlarini aniq ajratib, jami ijtimoiy mahsulot hajmi bilan moddiy xarajatlar hajmini aniqlashning yagona metodologiyasini ishlab chiqadi; Mamlakat iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o`sishi milliy daromad dinamikasini va unga ta’sir etuvchi omillar quvvatini o`zgarishini zarur qilib qo`yadi; Milliy daromad iste’mol va jamg`arishning yagona manbaidir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida daromadlar statistikasining ahamiyati yanada ortadi, chunki quyidagi holatlar daromadlar bilan bevosita bog‘liq: * iqtisodiyotni umumiy holati va aholining turmush darajasi; * ijtimoiy va soliq siyosatini ishlab chiqish; * ichki imkoniyatlarni jalb qilib, investitsion jarayonlarni kengaytirish imkoniyatini baholash. Yangi MHTda Dj.Xiks ta’limotlari asosida daromadning yangi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi va ular taqsimlash jarayonining har xil, lekin o‘zaro bog‘liq jarayonlarini ifodalaydi. Bu tizim quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: - birlamchi daromadlar; - pul formadagi joriy transfertlar; - ixtiyordagi daromadlar; - natural formadagi ijtimoiy transfertlar; - ixtiyordagi tuzatish kiritilgan daromad; - milliy daromad; - ixtiyordagi milliy daromad. Pul formadagi joriy transfertlar qayta taqsimlash to‘lovlari joriy xarakterdagi to‘lovlar bo‘lib, ular joriy va mulkdan olingan daromadlar, davlat bydjetidan ijtimoiy extiyojlar uchun, sug‘urta mukofotlari va o‘rnini to‘ldirish va h.k. sifatida amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning har bir sektori uchun daromadlar va joriy transfertlar qoldig‘i summasi ixtiyordagi daromadni tashkil etadi va u oxirgi iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Jamlash (ixtiyordagi daromadning ikkinchi muhim qismi) ixtiyordagi daromadning oxirgi iste’moldan qolgan qismini bildiradi. SHunday qilib, jamlash va pul massasining va depozitlarning ortishi, shuningdek moliyaviy aktivlar ortishini bir-biridan farq qilishi lozim. Yalpi milliy daromad ko‘rsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi Yalpi milliy daromad (YaMD) bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari va jamg‘armaning yig‘indisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning barcha daromadlari ko‘rinishida bo‘ladi. Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromadni o‘z ichiga oladi. Bu daromad turmush darajasini ifodalamaydi, chunki qancha noz- ne’mat iste’mol etilganligi narx-navoga ham bog‘liq Moddiy farovonlik darajasi real daromad bilan belgilanadi. Real daromad iste’mol tovarlari va xilma-xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadining Harid qobiliyatini bildiradi, turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi. Ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat a’zolarining, tadbirkorlarning, korxonalarning, tashkilotlarning, muassasalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi. Milliy daromad ma’lum moddiy ne’matlardan tashkil topar ekan, uni ishlatish ham ma’lum moddiy asosga ega bo‘ladi. Moddiy ne’matlar joriy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ehtiyojlar uchun ishlatiladi Jamg‘arish iqtisodiyotning barcha sektorlari va tarmoqlari bo‘yicha asosiy vositalarning yalpi jamlanishi, moddiy aylanma mablag’lar o‘sishi va nomoddiy aktivlarga egalik qilish sifatida amalga oshiriladi. Milliy daromaddan oxirgi foydalanish deyilganda faqatgina iste’mol qilish emas, moddiy ne’matlarni jamg‘arish ham tushiniladi Yakuniy iste’mol uy xo‘jaliklari, davlat muassasalari va uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling