Milliy davlat boshqaruvi tizimi mustaqil o'zbekistonda hokimiyatlar bo'linish prinsiplari rеjа


Download 37.33 Kb.
bet2/2
Sana21.01.2023
Hajmi37.33 Kb.
#1106268
1   2
[2]. Bu holat esa mamlakatimizning taraqqiyot modelining ustunligini yana bir bor isbotladi.
Alohida ta’kidlashga loyiq masalalardan yana biri bu - O‘zbekistonning chetdan tiqishtirilgan, “shok terapiyasi” deb atalgan usullardan, “bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi” qabilidagi soxta qarashlardan avvalboshdanoq voz kechib, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lini tanlaganligidir. Ayniqsa, “YAngi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy shiorlar negizida yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etish yo‘lida qanday yutuqlarga erishayotganimizni bugun har sohada ko‘rishimiz va xulosa chiqarishimiz mumkin.
Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rmoqda.
O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil qadam tashlab bormoqda. SHu maqsadlar yo‘lida o‘zligimizni anglash, yurt ravnaqi, inson manfaati, erkinligi va farovonligini ta’minlash talabi aniq va ravshan belgilab olingan. Ushbu vazifalarni bajarish avvalo islohotlar jarayonini izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga bog‘liq. Prezident Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat — engilmas kuch” asarida ta’kidlangani kabi: “Jamiyat hayotida shunday davrlar bo‘ladiki, ... barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi”.
O‘tgan davrni YUrtboshimizning “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” asari asosida tahlil qilish uni ikki davrga bo‘lish mumkinligidan dalolat beradi. O‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich — 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega davr bo‘ldi.
2001 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi boskich — faol demokratik o‘zgarishlar, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilk bosqich (1991-2000 yillarda) jamiyatda kechayotgan muayyan o‘zgarishlarning murakkabligi va sur’atiga muvofiq ravishda shakllanib bordi. Siyosiy islohotlarning mazkur bosqichida asosiy vazifalar tashkiliy-huquqiy tavsif kasb etib, ular quyidagi maqsadlarni qamrab olgan edi: yangicha siyosiy tizim rivoji uchun huquqiy asos yaratish; siyosiy boshqaruv va siyosiy rejimning shakliga muvofiq keladigan mustahkam siyosiy institutlar (vakolatli hukumat organlari, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlari, saylov tizimi va hokazolar)­ni tashkil etish; siyosiy munosabatlar, siyosiy kuchlar muvozanatining o‘zaro aloqalar va bordi-keldilari tizimini shakllantirish; siyosiy mafkura, yangi qadriyatlar, nazariya va qarashlarni shakllantirish va rivojlantirish.
Mazkur davrning muvaqqat chegaralari qilib belgilangan sana ko‘rsatkichlari quyidagi voqelar bilan bog‘liq: birinchidan, 1991 yil mamlakat o‘z mustaqilligini e’lon qildi, shu yilning 29 dekabr kuni respublikaning davlat mustaqilligi haqidagi masala yuzasidan referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Xalq O‘zbekiston xalqi mamlakatning mustaqillik yo‘lidan borishini xohlab ovoz berdi. Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qilib saylandi. 1995 yilga kelib esa totalitar siyosiy tizimning ishdan chiqqan tuzilmalari o‘rniga zarur bo‘lgan milliy siyosiy institutlar shakllantirildi va respublikaning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan asosiy tamoyillar ishlab chiqildi; ikkinchidan, 1995 yilning mart oyi oxirida o‘tkazilgan umumxalq referendumi jamiyatda bo‘lib o‘tayotgan o‘zgarishlar xalq manfaatlariga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Referendum mamlakat Parlamenti va Prezidentining vakolat muddatlariga muvofiqlik, qonunchilik va ijro hokimiyatlari faoliyatida yakdillik o‘rnatdi.
Mazkur bosqich vazifalari quyidagilardan iborat edi:
1. Demokratiya, plyuralizm va ko‘ppartiyaviylik tamoyillari asosida, shuningdek, tashqi siyosiy muassasalar va shunga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi asosida yangi siyosiy tizim rivojining huquqiy va institutsional negizini yaratish.
2. Demokratiya tamoyillarini mustahkamlash, xalq hokimiyatini ta’minlovchi tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni rivojlantirish.
3. Milliy davlatchilik asoslarini o‘rnatish (hokimiyatni qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlariga ajratish). Prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirish. Huquqiy davlat negizlarini shakllantirish.
4. Respublikada barcha fuqarolar teng huquqliligi va milliy yakdillik asosida milliy tafakkurning rivojlanishini ta’minlash.
5. YAkka mafkura hukmronligidan voz kechish.
6. Ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish.
7. Ijtimoiy-siyosiy qurilishlarni rivojlantirish va ularning tamoyillari, qonun-qoidalarini xohish-irodani erkin izhor etish, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, shuningdek, ularning jamiyatni va davlatni boshqarishda teng ishtirok etishlari, asosiy davlat organlarining saylab qo‘yilishi, ularning o‘z saylovchilari oldida hisobdorligi, saylovoldi muassasalarida tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining hisobdorligini va hokazolarni o‘zlashtirish.
8. Boshqaruv vazifalarini belgilashda jamoatchilik boshqaruv organlariga ustuvorlik beriladigan fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
9. Fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, xususan, siyosiy partiyalar, birlashmalar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va hokazolarda ishtirok etishlari uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish. Partiya fraksiyalarining Oliy Majlisdagi faoliyatlarini qonuniylashtirish.
Bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar milliy qonunchilikning barpo bo‘lishi hamda takomillashishi jarayoni bilan baravar kechdi. 1992 yil qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi taniqli mutaxassislarning e’tirof qilishlaricha, etakchi mamlakatlarning qonunchilik tajribalaridagi eng afzal jihatlarni o‘ziga singdirib olgan bo‘lib, ular inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni o‘zida aks ettiradi, ijtimoiy taraqqiyotning demokratik talablariga to‘la javob beradi. Keyinchalik esa, asosiy qonunimiz qabul qilingan Konstitutsiya tamoyillaridan tug‘ilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plamining shakllanishi uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining tashkil topishi ham qonunchiligimiz takomillashuvi yo‘lida ko‘maklashdi.
Sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimining krizis sharoitida barham topishi, eng avvalo, samarali faoliyat ko‘rsatadigan huquqni himoya qilish organlari tizimlarining shakllanishini taqozo etdi. Mustaqillikning dast­labki besh yilligida avval mavjud bo‘lmagan milliy xarakterdagi kuch tuzilmalari — Ichki ishlar Vazirligi, Mudofaa Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura va hokazo tashkilotlar tuzildi.
Siyosiy modernizatsiyaning birinchi bosqichi davlat boshqaruv tizimini isloh qilishni, uning samarali ishlashini faollashtirishni ham ko‘zda tutdi. YOsh mustaqil davlat faoliyatida hokimiyatlarni taqsimlash tamoyilining joriy etilishi eng murakkab siyosiy tadbirlarning biri bo‘ldi. Milliy parlament — Oliy Majlisning tashkil topishi — ijro hokimiyati qonunchilik hokimiyatidan ajratilganligining amaldagi isboti edi.
Mamlakatda Prezidentlik instituti joriy qilindi va jo‘shqin faoliyat yurita boshladi; yangi ko‘rinishdagi hukumat — Vazirlar Mahkamasi shakllandi va ishlay boshladi.
Hukumat bu — davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, shuningdek, davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi.
Turli mamlakatlarda hukumat turli nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan Vazirlar Kengashi, Kabinet, Ministrlar Kabineti, Davlat kengashi, Ma’muriy Kengash, Federal Hukumat, Hukumat va hokazo.
Bizda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunga binoan, u O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Respublikada ijro etuvchi hokimiyatning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qoida hukumat maqomi, uning alohida huquqlarini, tarkibini, qonun chiqaruvchi organlari, ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlari tarkibini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat Prezident, Oliy Majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lish asosida davlat hokimiyatini amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatini hisobga olish prinsipiga asoslanadi. Respublikada yashovchi barcha millatlar manfaatlarini hisobga olish uchun o‘z faoliyatini oshkoralik, insonparvarlik va qonuniylik asosida olib boradi.
Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo‘yilgan o‘z tarkibiga ega bo‘lib, uning tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar.
Vazirlar Mahkamasining tarkibini tuzish borasida mamlakat Prezidentiga juda katta vakolatlar berilgan. Ushbu vakolatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-, 93-, 98-moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ikki palatali parlament tuzish zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyalari XXI asr boshlarida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasining tarkibiy qismi sifatida milliy davlatchilik institutlarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga asos qilib olindi. Davlat hokimiyati organlarining ishini zamon talablariga muvofiq ravishda tubdan yaxshilamay turib islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyat turmushining barcha sohalarini erkinlashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etib bo‘lmaydi. Xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kuchli va adolatli hokimiyat, demokratik fuqarolik jamiyatini, kelajagi buyuk davlatni barpo etishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan Referendumda O‘zbekiston xalqi mamlakatda ikki palatali parlament tuzishni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan etti yil qilib uzaytirishni yoqlab ovoz berdi. Ushbu qarorlar ijtimoiy-siyosiy turmushni demokratlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish bilan bog‘liq.
Referendum qarorlarini hayotga tatbiq etish uchun, eng avvalo umumxalq ovoz berishi natijalarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida aks ettirish lozim bo‘ldi. Referendum yakunlari fuqarolik jamiyati institutlari to‘g‘risidagi, davlat hokimiyatini tashkil etish tizimini, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va sud hokimiyatining konstitutsiyaviy maqomini tartibga soluvchi yangi qonunlarni ishlab chiqish va amaldagi qonunlarini takomillashtirishni taqozo etdi.
YUqoridagilarga asoslangan holda 2003 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni qabul qilindi hamda ushbu qonunni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga binoan amalga kiritilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan belgilab qo‘yildi.
2002 yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan Konstitutsiyani 89-moddasining “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi” degan so‘zlardan iborat bo‘lgan ikkinchi xatboshisi olib tashlandi. Demak, qonun kuchga kirgandan so‘ng, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasiga saylov va O‘zbekiston Respublikasining Senatini shakllantirish yakunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanmaydi.
Konstitutsiyaning 98-moddasi hamda yangi tahrirdagi qonunning 15-moddasiga ko‘ra, Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, boshqacha qilib aytganda Vazirlar Mahkamasi Raisi funksiyalarining barchasini amalga oshiradi. Qonunchilikda “Vazirlar Mahkamasining Raisi” degan ibora o‘rnini “Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri” degan ibora egallaydi deb belgilangan edi.
2. Hokimiyatni demokratlashtirishning yanada chuqurlashtirilishi.
Oliy Majlisning Qonunchilik Palatasi va Senatning 2010 yil 12 noyabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlisida I.A.Karimov davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarni yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaning 98-moddasini yangi tahrirda bayon etishni taklif qildi. Bu takliflarga ko‘ra,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif ­etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz ­berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
YAngi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi[3].
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilayotgan ushbu o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati shundan iboratki, ularga ko‘ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod ko‘rsatish va uni tasdiqlashning yanada demokratik prinsiplarini ifodalaydigan yangi tartibi o‘rnatilmoqda. SHuningdek, Konstitutsiyaga kiritilayotgan bu o‘zgartishlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqi berilmoqda. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari doirasidan chiqarilmoqda.
Taklif etilayotgan yana bir muhim o‘zgartish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga taalluqlidir.
Mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko‘ra o‘z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlicha talqin etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uning yangi tahririni quyidagi mazmunda bayon etish taklif qilinadi:
Download 37.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling