Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

AMIRLIK VA HUKMDORLIK 

MARTABALARI TUZUKI 

 

Eng yaqin navkarlarimdan uch yuz o‘n uch kishiga amirlik mansabi berishni buyurdim, chunki ular asli toza, aql-



farosatli,  bahodir,  dovyurak,  tadbirkor,  sergak,  ehtiyotkor,  oldi-ketini  o‘ylab  ish  tutadigan  kishilardir.  Ularning  har 

biriga  o‘rinbosar  tayinladim.  Agar  amirlardan  birontasi  vafot  etsa,  u  holda,  o‘rinbosari  uning  o‘rniga  o‘tiradi  va  uni 

«amirlikka  nomzod»  deb  ataydilar.  Mening  bu  uch  yuz  o‘n  uch  amirimning  barisi  aql-hush  egalari,  bazmu  jang 

sherlari, mahoratli sarkardalar, lashkar to‘pini buzib, uni mag‘lub etuvchi kishilardandurlar. 

233

  Saljuq sultoni Malikshoh davrida «qaysar» iborasi faqat Vizantiya imperatoriga nisbatan ishlatilgan. Bu sultonning imperatorga asir 



bo‘lgani tarixiy manbalarda tasdikdanmaydi. (–

А.А.) 


 

                                                 




Tajribamdan  sinab  bildimki,  jangning  sir-asrorini,  g‘anim  askarlarini  sindirish  yo‘lini  bilgan,  urush  qiziganda 

o‘zini  yo‘qotmasdan,  qo‘l-oyog‘i  bo‘shashmasdan,  lashkar  favjlarini  jangga  boshlay  oladigan,  agar  qo‘shin  safiga 

raxna tushsa, uni tezda tuzata oladigan kishigina amirlik va hukmronlikka loyiq hisoblanadi. 

Shunday  kishi  amir  ul-umaro  bo‘la  oladiki,  men  yo‘g‘imda,  tinchligu  savashda  o‘rinbosarim  bo‘lib,  shon-

shavkat va mahobat bilan butun sipohga buyruq berib, unga qarshilik qilganlarni jazolay oladigan bo‘lsin. 

Uch  yuz  o‘n  uch  kishidan  to‘rt  nafarini  beglarbegi  etib,  bir  kishini  amir  ul-umaro  qilib  tayinlashni  buyurdimki, 

uning  hukmi  yurishlarda,  urushlarda  amirlar  va  butun  sipoh  tomonidan  so‘zsiz  ijro  etilsin.  U  o‘zim  borimda 

yo‘ldoshim, yo‘g‘imda esa o‘rinbosarimdir. 

G‘ayratli, or-nomusli bo‘lgan yana o‘n ikki kishiga ushbu tartibda amirlik darajasini berdim. 

Birinchi amirni ming kishiga buyruq berish huquqi bilan amir etib tayinladim. Ikkinchi amirni ikki ming kishiga 

buyruq  berish  huquqi  bilan  ikki  ming  askarga  amir  etib  qo‘ydim.  Shunga  o‘xshash,  uchinchi  amirni–uch  ming, 

to‘rtinchisini–to‘rt  ming,  beshinchisini–besh  ming  va  shu  tartibda  o‘n  ikkinchi  amirgacha  ko‘paytirib  borib,  olti 

mingdan  o‘n  ikki  minggacha  askarga  amir  qilib  belgiladim.  Amirlik  tartibiga  qarab,  birini  ikkinchisiga  noib  etdim. 

Masalan,  birinchi amirni ikkinchi  amirning  noibi,  ikkinchi  amirni  uchinchi  amirning  noibi,  shu  tartibda  o‘n  birinchi 

amirni o‘n ikkinchi amirning noibi qilib belgiladim. O‘n ikkinchi amir esa amir ul-umaroning noibi bo‘ldi. Amir ul-

umaro esa mening noibim hisoblanadi. Qaysi bir amirga biror korhol bo‘lsa, o‘rniga noibi o‘tirsin. 

Yana buyurdimki, o‘sha uch yuz o‘n uch kishidan yuztasi–o‘nboshi, yuztasi–yuzboshi, yuztasi–mingboshi bo‘lsin. 

Jang  paytida  amir  ul-umaro–amirlarga,  amirlar–mingboshilarga,  mingboshilar–yuzboshilarga,  yuzboshilar–

o‘nboshilarga  boshliq,  deb  buyruq  berdim.  Shuningdek,  o‘nboshining  ishini–yuzboshiga,  yuzboshining  ishini–

mingboshiga,  mingboshining  ishini–amirga,  amirning  ishini–amir  ul-umaroga  buyurmasinlar.  O‘nboshi  bilan 

bitadigan ishni yuzboshiga, yuzboshi bitirsa bo‘ladigan ishni mingboshiga yuklamasinlar. Amirlardan qaysi biri o‘zi 

qiziqib ish so‘rar ekan, unga buyursa bo‘lur. 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling